Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda
uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga
bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi.
Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq
(komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys.
Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur
tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.
Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:
•so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert
tizimidan o‘z xatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
•muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so‘ng, u qanday
olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani yechishdagi har bir qadamini
tushuntirib berishi kerak.
To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish
interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni, u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar
tug‘dirmaydi.
Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy
bog‘liqlikni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda
nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit
bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xatti-harakat.
Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga
qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning)
malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar
yordamida ifodalanishi mumkin.
Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda
qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga
olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga
ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar
bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni
paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga
olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan
ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |