Nazorat turlari
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma hamda malakalarini tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy tarzda bo‘lishi mumkin. Yozma tekshirish va mustaqil ishlar bilimlarni tekshirishning asosiy shakllari hisoblanadi.
Yozma tekshirish o‘quvchilarning bilimlari sifatini: to‘g‘riligi, aniqligi, anglab olingani, amalda tatbiq etilishi to‘g‘risida bir fikrga kelish va qisqa vaqt ichida guruhdagi barcha o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Yozma tekshirish, asosan, yozma yoki grafik ishlarni bajarish bilan amalga oshiriladi. Yozma tekshirish ishlari ikki xil bo‘lishi mumkin: mavzu bo‘yicha va yakuniy tekshirish ishlari. Mavzu bo‘yicha yozma tekshirish ishlari guruh mavzuni o‘rganib bo‘lgandan keyin, yakuniy tekshirish bir necha mavzu o‘tib bo‘lgandan keyin o‘tkaziladi.
O‘quvchilardan yakka tartibda so‘rash — bilimlarni mavzuga doir yakuniy tekshirishning keng tarqalgan shakllaridan biridir.
Yakka tartibda so‘rash chog‘ida o‘quvchi doska oldida javob beradi. Uning javobini butun guruh eshitib turadi. O‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan hatolarni to‘g‘rilaydilar, qo‘shimchalar va izohlarni kiritadilar.
O‘quvchilarning bilimlarini bunday tekshirishni tashkil etishda o‘quv materialini bilib olishning asosiy markazi uy ishiga ko‘chadi. Bu anchagina vaqtni talab etadi. Yakka tartibda so‘rashda darsning ham ko‘p vaqti ketadi. Bunda guruhdagi o‘quvchilarning bilish faolligi susayadi. Ammo undan butunlay voz kechish ham yaramaydi, yakka tartibda so‘rashning ahamiyati o‘quvchilarning nutqini, xotirasi va tafakkurini rivojlantirishdadir. O‘quvchi og‘zaki javob berishda mulohaza yuritish, solishtirish, xulosalar chiqarish, asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, tushunchalarni ta’riflashni o‘rganadi. Yakka tartibda so‘rash paytida barcha o‘quvchilarning faolligini oshirish kerak. O‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini nazorat qilish, ularning o‘zlashtirishini hisobga olish, o‘quv jarayonining eng muhim qisimlardanlaridan biridir. O‘quvchilarning o‘rganilayotganlarni qanchalik idrok etayotganligi, tushunayotganligi va eslab qolayotganligi, o‘z bilimlaridan amaliy masalalarni yechishda qanday foydalanayotganligi hisobga olinmasa, o‘qitish jarayoni mukammal bo‘la olmaydi. Nazoratning eng asosiy vazifasi o‘quvchilarning nimani va qanday o‘zlashtirayotganligini, o‘quv jarayoniga qanday munosabatda ekanligini aniqlash hamda baholashdan iborat.Bu yerda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlarini qayd qilish bilangina cheklanmaydi, bunda u nazorat natijalariga tayanib, o‘quvchilarning bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishlari - uchun zarur bo‘lgan vazifalar belgilaydi va o‘tkazadi. Nazorat tufayli o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida o‘ziga xos «Qayta aloqa» o‘rnatiladi, bu aloqa o‘qish davomida o‘quvchilarning aqliy va amaliy ishlarini boshqarishga imkon beradi. «qayta aloqa» qanchalik tuliq bo‘lsa, shunchalik ko‘p o‘quvchi nazorat qilinadi va uning uzluksizligi qanchalik uzoq vaqt ta’minlansa, o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyati shunchalik keng bo‘ladi. Bir tomondan, «qayta aloqa»ning takrorligini oshirish zarurligi, ikkinchi tomondan, buning uchun ajratilgan vaqtning cheklanganligi o‘quvchilar bilim, uquv va malakalarini nazorat qilish hamda o‘zlashtirishini hisobga olish forma, metod va vositalarini takomillashtirish zaruratini tug‘diradi.
O‘MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
Ichki nazorat — O‘MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
O‘qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan «Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida»gi Nizom asosida reyting-nazorat shaklida o‘tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Joriy nazorat — og‘zaki so‘rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni o‘qituvchi o‘z amaliyotida qo‘llaydigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi.
Oraliq nazorat - fannining ma’lum bir qismi bo‘yro‘g‘i yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Baholashda V.F. Shatalov o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkoraligi, ikki bahoning yo‘qligi, past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi.
Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat, uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.
O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yhat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy e’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi, o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
Bilimlarni nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ta’lim beruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quv jarayonining bu elementlarini amalga oshirib, O‘quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, diqqat be’tibori hamda irodasining kuchli va bo‘sh tomonlarini aniqlaydi. U o‘quvchilarning qiziqishi, mayli, qobiliyati va layoqatini o‘rganadi, har bir o‘quvchi shaxsining rivojlanishi va ijobiy fazilatlar hosil bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malakalarini nazorat qilishning eng muhim vazifasi ularni o‘quv mashg‘ulotlarini mas’uliyat va halollik bilan bajaradigan qilib tarbiyalashdan iborat. Tajribali o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘quv ishidagi muvaffaqiyatlarini shunday nazorat qiladilarki, natijada o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishi ortadi, bilim, o‘quv hamda malakalari.chuqurlashadi, muntazam ravishda mehnat qilish va intizomli bo‘lishga o‘rganadilar, bilish faoliyatlari kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |