3-bosqich 620-19 guruh talabasi Jurayev Fayruzning O'quv reja, baxo va baxolash



Download 90,24 Kb.
bet3/6
Sana20.07.2022
Hajmi90,24 Kb.
#829932
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish o‘quv reja

2 (qoniqarsiz) talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda. 
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash 
natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi 
mumkin. 
YaNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha 
“2” (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan 
akademik qarzdor talabaga nazorat turlari ON va YaN)ni qayta topshirish uchun 1 
oy muddat beriladi. 
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda 
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi 
qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholash natijalarini qayd qilish. Fandan talabalar bilimini baholash shu 
kunning o‘zida (yozma ish shaklida amalga oshirlgan hollarda 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda) akademguruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli, sabablarsiz qatnashmagan hollarda akadem guruh jurnaliga “0” belgisi yozib qo‘yiladi. 

Bilimlarni nazorat qilishning vazifalari
O‘qituvchi darsni o‘quvchilar o‘rganayotgan materialni anglabgina qolmay, uni aniq, takrorlab bera oladigan, bilimlarni kelgusi o‘quv ishlarida va amalda qo‘llay oladigan yo‘sinda tashkil etishi kerak.
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishda o‘quvchilar ularni qanday o‘zlashtirishgan bo‘lsalar, xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik, mukammallik kiritishlari lozim. Ta’limiy ishning ana shu bosqichida yangi o‘quv materiali bilan ilgari o‘zlashtirilgan materiallarni o‘zaro chambarchas, o‘quvchilar yaqqol tushunadigan yo‘sinda bog‘lash ularning fandan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi.
O‘qitish davrida o‘rganilayotgan material mazmuniga karab bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo‘lish mumkin. O‘qitishning dastlabki bosqichlarida, shuningdek, tasviriy materialni o‘rganishda bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish reproduktiv harakterga ega bo‘lib, bunda o‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi bergan namuna asosida bajaradilar, bilimlarni dastlab kanday idrok etgan bo‘lsalar, ana shunday tatbiq qiladilar. Shundan keyin o‘quvchilar topshiriqlarga ijodiy yondoshadilar va o‘ziga xos yo‘llar bilan bajaradilar, muammolarni hal qilishning yangi usullarini topadilar. Lekin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni qo‘llash tajribasi bo‘lishini, sabab-natija bog‘lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni biror kishining yordamisiz yechadilar. O‘qituvchi mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tuzadi, ularni bajarish tartibini rejalashtiradi, vaqt-vaqti bilan topshiriqlarni murakkablik va muammolik darajasini o‘zgartirib turadi, ish vaqtida o‘quvchilarni kuzatib, zarur hollarda ularga yordam beradi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirishni to‘g‘ri yulga qo‘yish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, darsga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan, texnik fikrlashni rivojlantiradi.
Texnik fikrlashning xususiyatlari o‘quv ishining metodik usullarini, xususan, bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish tizimini belgilaydi. Bu tizim har xil mashqlarni bajarish, o‘rganilgan materialni o‘quv mashg‘ulotlarida takrorlash va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdan iboratdir.

Download 90,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish