Oqimli - qo’shilgan usul
. Bunda hamma ishlar
oldindan tuzilgan grafik
bo‘yicha, hamma qurilish-montaj idoralari va buyurtmachi bilan kelishilgan holda
bajariladi. Avvaliga texnologik jihoz o‘rnatiladigan poydevor va maydonchalar
taxlanadi, ustun va boshqa konstruksiyalar qo‘yiladi. Keyin jihozlar loyiha joyiga
o‘rnatiladi va undan keyin bino devorlari quriladi. Bu usul bilan, ko‘pincha, katta
hajm va vaznga ega bo‘lgan jihozlar (buglatuvchi apparatlar,
pechlar va idish
yuvuvchi mashinalar, quritgichlar, un saqlanadigan siloslar va b.) montaj qilinadi.
Bu usul boshqalariga nisbatan progressiv va effektiv hisoblanadi.
Ketma-ketlik usuli.
Bu usulda avval hamma qurilish ishlari bajariladi va undan keyin jihozlar montaj
qilinadi. Bu usulda kompressor va nasos stansiyalari jihozlari,
metall kesuvchi
stanoklar va boshqalar montaj qilinadi.
Yirik blokli usul.
Bu usul bilan zavod tayyorlovchidan komplekt bloklar tarzida keltiriladigan
jihozlar montaj qilinadi. Bu uslda "nolinchi belgida", ya’ni montaj maydonchasida
dastlabki yigish ishlari, hamma chilangarlik va payvandlash
ishlari bajariladi va
undan keyin jihozni loyiha holatiga o‘rnatadilar. (DKVR tipidagi qozonlar,
devorda o‘rnatiladigan sovutish batareyalari va b.).
Oqim-agregat yoki oqim-tugunli usul.
Bu usul bilan zavod tayyorgarligi judayam past darajaga ega bo‘lgan jihozlar
o‘rnatiladi. (osiluvchi konveyerlar, noriya va b.). Bu usulda yiriklashtiruvchi yigish
va montaj jarayonlari birga qo‘shib olib boriladi.
Podkladkasiz usul jihozni o‘rnatishni
podklatka ishlatmasdan turib, maxsus
vintli yoki boshqa xil holatni rostlovchi qurilmalar yordamida olib borishni
ta’minlaydi.
Montaj ishlarini rejalash.
O‘rnatish ishlarini amalga oshirish uchun uni to‘gri rejalab bilish kerak.
Rejalashda hamma ishlarni turiga qarab bo‘ladilar,
uni bajarish ketma-ketligi,
hajmini va bajarish vaqtini aniq lab oladilar.
Yangi qurilayotgan korxonalarda qurilish-o‘rnatish ishlarining kalendar grafigi
tuziladi. U davom etish vaqtiga qarab 4 ga bo‘linadi: yigma-umumqurilish, kvartal,
oylik va hafta-kunlik grafiklar.
Yigma- umumqurilish grafigida boshlangich ishlardan tortib, to ob’ektni
ishga
tushirishgacha bo‘lgan hamma ishlar, ularning hajmi, bajarish vaqtining normasi,
mehnat ogirligi, brigadalar tarkibi, ishni bajarish ketma-ketligi ko‘rsatiladi.
Kvartal va oylik grafigi qurilish montaj korxonalari uchun tuziladi va unda 1
kvartal va 1 oyda bajariladigan ishlar ko‘rsatiladi.
Hafta-kunlik grafiklari kompleks brigadalar uchun o‘rnatish ishlarini operativ
rejalash va kuzatib tekshirish maqsadida tuziladi. Ishlayotgan korxonalarda bu
grafikni bosh mexanik tuzadi, bosh muxandis tasdiqlaydi.
Kerak bo‘lganda haftalik ish hajmini sutkalarga bo‘ladilar.
To‘rli rejalash qurilish ishlarida ko‘p ishlatiladi. Bu rejalashning asosiy qismini
to‘rli grafik tashkil qiladi. Uni ko‘rsatgich (strelka)
va aylanachalar yordamida
quradilar.
Aylanacha bilan qilinadigan ish- "voqea" belgilanadi. Aylanani 4 ta sektorga
bo‘ladilar. Yuqorigi sektorda ishning "voqea" raqami 01,02,03 va hokazo
ko‘rsatiladi; chapdagi sektorda ishni bajarishning minimal vaqti (4 kun), o‘ngdagi
sektorda shu ishni bajarishning maksimal vaqti (6 kun),
pastdagi sektorda vaqt
rezervi (6-4=2 kun) ko‘rsatiladi.
O‘rnatish ishlari 3 ta yo‘l (uslub) bilan amalga oshiriladi: pudrat, xo‘jalik va
aralash uslublar.
Jihozlarni o‘z muddatida o‘rnatish uchun montaj ishlari 2 ga bo‘linadi: tayyorlov
ishlari va bevosita montaj ishlari.
Montaj ishlarni boshlashdan oldin, avval tashkiliy ishlar (loyihasi) bilan, birinchi
navbatda montaj loyihasi, ishchi va o‘rnatish chizmalari,
spetsifikatsiyalar va
smetalar bilan tanishish kerak.
Montajga tayyorgarlik borasida olib boriladigan ishlar quyidagilar:
1) Asbob, uskunalarni, materiallarni, jihozlarni saqlash va yigish uchun ombor,
ayvon, maydon tayyorlash;
2) montaj ko‘targichlarini tayyorlash;
3) vaqtinchalik ustaxonalarni tayyorlash;
4) montaj maydonchasiga elektr tokini olib kelish;
5) montaj kalendar rejasini tuzish.
Nazorat uchun savollar.
1. Ketma-ketlik usuli haqida gapiring?
2. Montaj ishlarini rejalashtirish nima?
3. Yirik blokli usul haqida nima bilasiz?