II. Bob. Burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat. Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida.
II.1. Ota-onaning farzand oldidagi
Farzandning burchi va mas’uliyati masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlrda ham o`z ifodasini topgan. O`zini xalq oldida burchli, mas’uliyatli deb bilib, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo`lmaydi. Umuman inson zoti vatanga, jamiyatga, xalqiga, hurmat ota-onaga bo`lgan hurmatdan boshlanadi. Ota-onaga hurmatsizlik iymonsizlikning belgisidi r. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida shaxsning obro`-e’tibori o`z ota-onasiga munosabati bilan belgilanib kelingan. Ota-onani qarovsiz qoldirgan, ularga azob berib haqoratlaganlar “oqpadar” deyilgan. O`zbeklarda “oqpadar” degan so`z juda og`ir haqoratdir, jamiyatning nafratiga duch kelishning ifodasidir. Oqpadarlardan ota-onagina emas, balki barcha qarindosh-urug`lar, butun jamoatchilik yuz o`giradi.
Imom al-Buxoriy Rasuli Akramning farzandlik burchi haqida quyidagi fikrlarini keltiradi: “Qaysi bir musulmon farzandi ertalab savob umidi bilan ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi. Agar ularning birini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Olloh Taolo undan rozi bo`lmaydi”.
Ota-ona dunyodan ko`z yumayotganida bizdan rozi bo`lganini aytishadi. Lekin biz hamma vaqt ham ota-ona oldidagi burchimizni to`la bajara olmaganimizdan afsuslanamiz. Ota-onani xursand qilish uchun qo`limizdan nima kelsa qilamizki, qandaydir armonlar yuragimizda qolib ketadi. Bu ham inson qalbida chuqur o`rin olgan iymon va vijdonnig sadosidir. Ota-ona mehri shunchalik cheksizki, noqobil farzandlaridan ko`p azob-uqubat ko`rgan ota-onalar ham o`lar chog`ida “Men sendan roziman, bolam”, deyishadi. Bunday cheksiz mehrning ma’naviy ildizlarini o`zimiz ota-ona bo`lganimizdan keyin chuqurroq tushunamiz.
Ota-onaga yaxshi munosabat farzandlarimiz uchun katta tarbiya maktabidir.
Rasuli Akramning quyidagi fikrlari ibratli: “uch toifa odamlarning duosi hech shubhasiz Olloh Taolo oldida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning (farzandga qilgan) duosi”.
Ba’zi yoshlar qarigan ota-onalarini keksalar uyiga olib borib qo`yadilar. Bunday hol o`zbeklar orasida avval bo`lmagan bo`lsa hm hozir uchrayapti. Odamlar bunday ishlardan oldin nafratlansa, hozir biroz ko`nikib qolganga o`xshaydi. Ba’zilar keksalar uyida yashash ancha tinch, u erda shifokorlar tez-tez xabar olib turishadi, deyishadi. Bu fikrlar milliy ma’naviyatimizga, diniy qadriyatlarimizga butunlay ziddir. Keksaygan odamga yaxshi kiyim, etarli oziq-ovqat emas, dardi uchun farzandlarning mehr-oqibati kerak. Keksalarning dardi uchun farzandlarning shirin so`zi-yu, nabiralarning kulgusidan, sho`xligidan ortiqroq shifo bo`lmasa kerak. Odam keksaygan chog`ida o`zini yakkalangan, jamoat e’tiboridan chetda qolgan kishi sifatida his qila boshlaydi. Ular ko`proq e’tiborga, shirin so`zga, mehr-oqibatga ehtiyojmand bo`ladilar.
To`g`ri hayotda hamma ota-ona bir xil emas. SHundaylar ham borki, ular hayotni besh kunlik maishat, rohat-farog`t deb tushunadilar. Bundaylar farzand ko`rsalar ham ularni boqish va tarbiyalashni o`zlari uchun og`ir yuk deb o`ylaydilar. Ular ota-ona emas, balki qalbida shafqat tuyg`usi, mehr-oqibat bo`lmagan odamsifat mahluqlardir.
Farzandlar-chi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go`dak doim onasini, o`z onasini kutadi. Bu mehr urug`i go`dak qalbiga ilohiy qudrat ikritgan kuchdir. Onasiz qolgan go`daklarga boshqa ayollar qancha mehribonlik ko`rsatsalar ham bu hech vaqt tuqqan ona mehri o`rnini bosaolmaydi. Etimlik drdini etim bo`lib, ona-onaning mga tashna bo`lganlar yaxshi biladi. Farzandlar ota-onadan yomonlik ko`rishi mumkin. Lekin bu yomonlikka yomonlik bilan javob berish shart emas. Kechirimlilik tuyg`usi farzandlarga xos bo`lishi darkor. Bu ham oddiy burch emas, balki inson qalbidagi tug`ma ma’naviyatdir.
Farzandlarning jamiyat va xalq oldidagi burchi to`g`risida ko`p kitoblar yozilgan. Lekin ularning ichida ota-ona oldidagi burch to`g`risida yozilgan asarlar kam. Jamiyatni o`ylab, ota-onani unutish ham o`zbekona ma’naviyat mezonlariga to`g`ri kelmaydi. Ota-onani rozi qilgan farzandlardangina el rozi bo`ladi.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`ytomosha berish, nlm va kasbhunar o`rgatishdan iboratdir».
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarida ham ota-ona burchi haqida shunday deyiladi:
«O`g`il, qiz tug`ilsa yaxshi bilki bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla albatta, o`g`il, qiz pok o`sar, yomondan chetda.
O`g`il, qizga o`rgat, bilim ham odob, baxtga yor bo`lur u, bo`lmag`ay xarob, o`g`ilga xotin, qizni erga ber, qayg`u g`amsiz yana, ayo qutli er. O`g`il topsin san’at hunarda kamol. Bu hunar bilan u tera berar mol, o`g`ilni tergab tur: bo`sh qo`yma zinhor. Benaf, bebosh bo`lar, yugurar bekor».
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama etuk farzand tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldndagi burchi hisoblanadi. Farzand elyurt oldida otgona obro`sn, qadrqimmatinn ko`tarishi lozim.
Farzand, anniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q», - deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo`q ekan. Bordiyu, shunday qilsa va bundan ota ko`ngli og`risa, bu farzandnn ota nomidan Olloh oq qilar ekan.
SHuningdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo`yi onasini elkasida ko`tarib yursa ham uzolmas ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi!
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Abu RayhonBeruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg`oniy, imom al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari va shart-sharoitlari nimalardan iborat? Ularning faqat ayrimlarini sanab o`tamiz:
1. Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg`udan mahrum bo`lgan kishi o`z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo`lmaydi, odamlarga yaxshilik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a’zolarining bir-biriga e’tiborliligi va g`amxo`rligi bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi, bolaning his-tuyg`ulari namoyon bo`lishi, uning ma’naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o`z ishlari bilan band bo`lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning alohida bir guruhiga mansub bo`lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o`z individualligini, takrorlanmasligini, o`zining alohida xususiyatini, o`z an’analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.
2.Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg`on so`zlamasligi kerak. Bola har kanday yolg`on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o`tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab
sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g`arq bo`ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo`lmasa, u holda bemani gapni o`ylab topib, so`ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg`on so`zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko`ra hamma vaqt yaxshisi to`g`ri javob berishdan
kochish yoki bolaga bildirishning ma’lum bir chegarasidan nariga o`tmaslik lozim. Hech qachon «Buni bilishga yoshlik qilasan» yoki «Buni sen baribir tushunmaysan», demaslik kerak.Bunday javoblar bolaning yuragidagi kiziquvchanlik va xudbinlikni ko`zlaydi. YAxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma’lum bir sirlarni o`zida saqlashga majburdir, o`zgalarning siriga aralashib hadeb so`raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb javob bergan ma’kul. Bu bilan to`g`rilik va samimiyatga ziyon etmaydi, burch, intizom va odoblilikdan anik saboq beriladi.
3. Tushuntirish. So`z bilan ta’sir ko`rsatish. So`z bilan garbiyalash uchun so`z tarbiyalanuvchining fikrida va kalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so`zlarning ma’nosiga tushunib etishni o`rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta’sir kilishga umid qilishimiz mumkin. Tarbiyachi anik faktlar, vokealar, hodisalardan umumiy hakikatlarni, xulq-atvor printsiplarini ochib berishga o`z vaqtida o`tishi kerak. O`smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog`atga etmaganligini ta’kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o`z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko`pincha ularning mulohazalarini bo`lishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali o`smirlar ma’naviy-ahloqiy tushunchalarni anglab oladilar.
4.Bolaning ko`z o`ngida mehnat bilan shug`ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o`yinda amalga oshirishga harakat kila boshlaydi, so`ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi, va, nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.
5. Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari
mazaxo`rlik, alkogol singari holatlarni istisno kilish zarur.
6. Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishish- dan ehtiyot qilish zarur. Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o`z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to`lgandan keyin o`z ahloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. SHu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o`zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo`lmaslik uchun o`zlarining har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
7. Ota-onalar oilaviy munosabatlarning sofligiga e’tiborni qaratishlari zarur.
Demak, oila bir kancha funktsiyalarni bajaradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Bu funktsiyalar ichida muayyan bir mafkura doirasida mustahkamlangan g`oyalar, qadriyatlar, g`oyalar tizimi asosida dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi ham bor.
Qadriyat tushunchasi – juda keng tushuncha. Uning bir qismi – ma’naviy qadriyatlardir. Milliy ma’naviy qadriyatlar – «milliylik», «ma’naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
«Milliy ma’naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Muayyan millat, shu millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma’naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g`oyalar va me’yorlar milliy ma’naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e’zozli, qimmatli bo`lgan ma’naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu-Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi.
Milliy ma’naviy qadriyatlarda xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o`z ifodasini topadi. Bularda millatning ruhiy olami va tafakkur tarzi, orzu-umidlari va ideallari, vijdoni va or-nomusi aks etadi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.
Ma’naviyat, milliy qadriyatlar va istiqlol g`oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining ma’lum davrlarida ma’naviyat va milliy g`oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydonga chiqadi.
Milliy o`zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo`lishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |