1.2. Sharq mutafakkirlari va pedagog olimlarning bola aqliy tarbiyasi toʻgʻrisidagi qarashlari.
Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim aqliy tarbiya masalalari muhim oʻrin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand aqliy tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola aqliy tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yoʻllari koʻrsatib berilgan. Abu Nasr Farobiyning fikricha bola aqliy tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmogʻi va u aqliy va axloqiy aqliy tarbiya birligidan iborat boʻlmogʻi lozim degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim aqliy tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini koʻrishimiz mumkin. Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli oʻyinlar uyushtirishlari, ular bilan oʻzaro suhbatlar oʻtkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish toʻgʻrisidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik gʻoyasi yotadi. U har bir ota-ona oʻz farzandlariga ana shu gʻoyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan toʻgʻri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar oʻz farzandlariga oʻqtirishlari lozim. Bola aqliy tarbiyasi masalalari boʻyicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni aqliy tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga toʻxtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga oʻrgatish borasida muxim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino aqliy tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng oʻrin berilgan. Oilada farzand aqliy tarbiyasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishning asosiy vositasi uning manaviy olamida etiqodni shakllantirish deb xisoblagan edi olim.
Yusuf Xos Xojib “Qtudgʻu bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. Ota-onalar nazoratda boʻlgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola aqliy tarbiyasida ota-onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan toʻgʻri yoʻl farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir. Mirzo ulugʻbekning qarashlarida bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi havasini oshirishda u aqliy tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida oʻz farzanding sening haqingda qanday boʻlishini iishlasang, sen ham ota-ona haqida shunday boʻlgʻil deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli boʻlishga da’vat etadi. Bola aqliy tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib oʻrin egallaydi. U oʻzining qator asarlarida ta’lim-aqliy tarbiya masalalari umuminsoniygʻoya ekanligini ta’kidlaydi.
Ya.A.Komenskiy oʻzining “Onalar maktabi” kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni koʻrsatadi:
1. Bolalarda maktabga borganda oʻz tengdoshlari bilan oʻqigan va oʻynagan xursandchilik hissini tugʻdirish;
2. Bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tunishtirish;
3. Bolalar boʻlajak oʻqituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.
Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon boʻlishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bogʻliqdir. Bolalar oʻz temperamenti xususiyatlariga koʻra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:
- xushchaqchaq, sergap, quvnoq, xayotning oʻzgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar sangvennik tipreramentga mansub;
- qoʻshimcha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgan, sust bolalar –melanxolik temperamentga kiradilar;
- xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar –flegmatik;
- jaxldor, betoqat, serzarda, xarakatchan bolalar –xolerik hisoblanadilar.
Bolalar kattalarning yordamiga muxto boʻlishiga ham qarab bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti- harakatni bajarishni bir necha marta koʻrsatish, tushuntirish kerak. Bolalar oʻzlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal boʻlib rivojlangan boʻlishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, oʻylaymizki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson boʻlib yetishadilar. Demak, aqliy tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his –tuygʻularni aqliy tarbiyalash uchun hamma vosita va usullarni qullasa, yaxshi xulq namunalarini oʻrgatish ancha oson kechadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim aqliy tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim aqliy tarbiya mazmunining asosiy yoʻnalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minimal talablar berilgan boʻlib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim aqliy tarbiyasiga qoʻyiladigan Davlat talablarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga, mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi uchun barkamol inson boʻlib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Bolani maktabga tayyorlashda oilani oʻrni juda kattadir. Bola aqliy tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan bolalarga nisbatan toʻgʻri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.
Bolani maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat aqliy tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy aqliy tarbiyani bolaga oʻtmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va faravonligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, qadriyat va an’analarimizni oʻrgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy aqliy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, boshqa hyech qaysi aqliy tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Kelajak avlodga estetik aqliy tarbiya berishda ham oilaning muhim oʻrni bor. Oila davrasida qoʻshiqlar kulanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida oʻqish, birga spektakl va kino koʻrish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik aqliy tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir.
Ota -onalar voyaga yetayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga oʻta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan aqliy tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, toʻgʻri va vataminlashgan ovqat berish, dam olishni, uyquni toʻgʻri tashkil etish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida shifokor nazoratidan oʻtkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat aqliy tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saramjom- sarishtalikni aqliy tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, odatda sogʻlom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida oʻzida joʻsh oʻrib turgan gʻayratlarini tiyib jim oʻtirishga tezroq koʻrinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining harakteri, maishiy marosimi, bolalarning soni va shu kabilarga oʻz yashash sharoitini bolalarning soni va shu kabilarga oʻz yashash tartibini oʻrnatadi. Biroq bir narsani, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolaning nonushtasi va tushligi oʻrtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik vak kechki ovqat oʻrtasidagi oraliq bir oz kattaroq (6 – 7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish kechki choy boʻlishi kerakligini unutmaslik kerak. Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola tushlikdan soʻng 1 -1.5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin.Bola miriqib uxlasin desangiz,quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollatish; bolani uxlashga yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qoʻlini, oyogʻini yuvishga odatlantirish bolaga oʻrinda nonushta qilishga aslo yoʻl qoʻymaslik. Bolaning me’yorida rivojlanish uchun u toza xavoda koʻp harakat qilish kerak. Bola ochiq havoda qish oylarida 4 soatdan kam boʻlmasligi, yozda deyarli butun kunni ochiq havoda oʻtkazish lozim. Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozim. Bola kun tartibini bajarashi majburiyligiga va hyech qanday va iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi kerak. Shu bilan birga kun tartibining zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim.
Masalan:
- ertalabki badanaqliy tarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun boʻyi tetik yurasan;
- barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan menga ancha yordaming tegdi;
- oʻz vaqtida ovqatlansak, piyoz oʻsagan hamda kasalga chalinmaysan;
-kun tartibining qimmat bola faoliyatining har xil turlarining almashinib turishini ta’minlashdir, bu esa yosh oʻsuvchi organizmni char chashdan saqlaydi, bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan: bola rasm solishga qiziqib ketib, stoldan 40 minut davomida turmadi, lekin u faol harakat qilishi, chopishi kerak. Shuning uchun u oʻynab boʻlganidan keyingina unga tinch oʻyin yoki faoliyatni tavsiya qilish mumkin. Bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada boʻlmasin asta-sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab kun tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻnikishda katta ahamiyatga egadir. 5 -6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan Tashkilot aqliy tarbiyachilar soʻrovlari shuni koʻsratdiki, koʻpchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qoʻyishmoqda. Ta’lim aqliy tarbiyaviy -ishni bolaning tafakkuri, nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yoʻnaltirilib, pedagoglar bolani tabiat va jamoat toʻgʻrisida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. Qanday qilib olimlar maktabgacha tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va tarbyai jarayoniga qirib, uning mazmuni muvaffaqiyatli oʻzlashtirib olishga yoʻl qoʻyadigan shaxsning umumiy rivojlanganligi deb koʻrsatilgan, aqliy va estetik rivojlanishida egallashi kerak boʻlgan sifat va jihatlarning yaxlit bir sistemasi deb koʻrsatilgan. Maktabgacha tayyorgarlik darajasini bolaning aqliy, jismoniy vazifalarni bajara oladigan butun organizm va asab sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini aniqlaydi. Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan oddiy bilimlar xulqning ijtimoiy va axloq irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega.7 yosh bu bola yangi sharotiga tez oʻrganadigan va oʻqish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning yettinchi yilibu bekorchilikda buzilib kengmaslik uchun maktabda oʻqishni boshlaydigan vaqt hisoblangan. Bolani ona maktabida 5 -6 yil ta’lim aqliy tarbiya olishini, u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan. Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sogʻligini umumiy holati va asosiy antronometrik koʻrsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. Bunda boʻyoi (7 yoshga 110 smdan kam boʻlmasligi kerak) vazn (20kg), koʻkrak aylanasi (nafas chiqqanda 55 smdan kam boʻlmasligi kerak), tanadagi oʻzgarishlari suyaklarni oʻsishi. Bola mustaqil oʻzi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarni toza va tartibli sayalashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat qilish kerak. Tashkilot aqliy tarbiyachilari har bir bolani maktabga tayyorgarligini toʻgʻri aniqlashda yetarli pedagogik va texnologik bilim va tajribalarga ega boʻlishi kerak, bunda ular “maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim aqliy tarbiyachiga qoʻyiladigan davlat talablari” talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan boʻlsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hyech qanday kuchli ta’sirlar boʻlmagan boʻlsa, unda bola yetti yoshda ta’lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba’zi oila va Tashkilotda maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va mutaxassis haqida xulosa chiqaradi. Bolaning maktabga tayyormaslik xususiyatlaridan bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla olmasligi va ijtimoiy rivojlanishining past darajasidir.
Tuman psixologik-pedagogik konsultatsiyalarida bolaning maktabga tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta’lim aqliy tarbiyadagi profilaktik va korreksion usullarni tavsiya etadilar. Eng tanilgan va keng tarqalgan psixologik diagnostika vositalari:
- A.Kernning maktabga tayyorgarlik testlari.
- A.Effektning “Reversiv test”.
- Maktabga tayyorgarlikni tekshiradigan Topningen tekshiruvi.
Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga boʻlish mumkin: oʻqish jarayonida ishtirok etadigan alohida psixologik tomonlarni shakllangan darajasini aniqlaydigan testlar; maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. Konsultasiya xodimlari bolani tekshiriuvini ota -onalar oldida oʻtkazadilar. Soʻngra tekshiruvlar natijalari asosida qoʻyidagi choralarni maslahat beradilar:
a) umum ta’lim maktabning 1-sinfga yozish;
b) oʻqishni 1 yilga qoldirish;
v) bolani tashkilotga yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish;
g) bolani maxsus maktabga yozdirish.
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? Deganda kattalar orasida ota-ona va aqliy tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1 sinfga bir yil qolganda tayyorlashni kuchaytirish kerak. Maktab xayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Tashkilot aqliy tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun Tashkilot davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan shuni amalga oshiriladi. Hozirgi zamon ota-onalar bolalani maktabga qanday tayyorlashmoqda. Biz shuni koʻrsatib utgan edikki, ota-onalarning maktabda yaxshi oʻqishning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning uchun faoliyatlarda bilim, nutq, xotirasini rivojlantirishga xarakat qiladilar. Bola mustaqil oʻzi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarni toza va tartibli sayalashni oʻrganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat qilish kerak. Tashkilotda aqliy tarbiyachilari har bir bolani maktabga tayyorgarligini toʻgʻri aniqlashda yetarli pedagogik va texnologik bilim va tajribalarga ega boʻlishi kerak, bunda ular “maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim aqliy tarbiyachiga qoʻyiladigan davlat talablari” talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan boʻlsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hyech qanday kuchli ta’sirlar boʻlmagan boʻlsa, unda bola yetti yoshda ta’lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba’zi oila va tashkilotda maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va mutaxassis haqida xulosa chiqaradi. Bolaning maktabga tayyormaslik xususiyatlaridan bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla olmasligi va ijtimoiy rivojlanishining past darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |