Tabiatning tabiiy kuchlari (Quyosh, havo, suv)jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo boʻladi, ayrim organlar va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari oshadi (koʻproq kislorod yutiladi, modda almashinuvi kuchayadi va hokazo). Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish, uning yuqori va past haroratga moslashuv qobiliyatini oshirish uchun foydalaniladi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi meteorologik omillarning xilma-xil oʻzgarishlariga oʻz vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Bunda tabiatning tabiiy kuchlarini jismoniy mashqlar bilan birga qoʻshib olib borish chiniqish samaradorligini oshiradi. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Suv terini kirdan tozalash, kishi tanasiga mexanik ta’sir etish uchun qoʻllaniladi. Oʻrmon, bogʻlar, xiyobonlardagi shifobaxsh moddalar (fitonsidlar)ga boy havo mikroblarni yoʻqotishga yordam beradi, qonni kislorodga toʻyintiradi, kishi organizmiga yaxshi ta’sir qiladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni oʻldiradi va kishini turli kasalliklardan (raxit va boshqalardan) saqlaydi. Organizmga har tomonlama ta’sir koʻrsatish uchun tabiatning barcha tabiiy kuchlarini qoʻllash, ularni oqilona tarzda birga qoʻshib olib borish zarur.
Jismoniy mashqlar. Jismoniy aqliy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy oʻziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy aqliy tarbiyaning sogʻlomlashtirish, ta’limiy va aqliy tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat aqliy tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, koʻplab kasalliklarni davolashda vosita hisoblanadi.
Musiqa joʻrligidagi raqs mashqlari organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezkorlik va boshqalar)ni rivojlantiradi, shuningdek, harakatlar nafis, erkin, ifodali boʻlib boradi, ijobiy emotsiyalar paydo qiladi, toʻgʻri qomatni shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun raqs va oʻyinlarning xilma-xil elementlari (oyoqlarni yonma-yon qoʻyish kabilar) jismoniy aqliy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi. Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm chizish, va narsa yasash boshqalar)ga kiruvchi harakatlar, agar qomatni toʻgʻri tu- tishiga rioya qilinsa, shuningdek, jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sogʻligʻining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta’sir etishi mumkin.
Massaj (silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish) teriga ta’sir qilib kishining butun organizmiga ta’sir etadi. Teri analizatorlarining oʻtkazuvchi yoʻllari bola tugʻilguncha yuzaga keladi, shuning uchun yangi tugʻilgan chaqloq teri retseptorlari orqali boʻladigan tashqi ta’sirni koʻproq qabul qiladi (bolalarda 6 oygacha teri yuzasidagi retseptorlar nisbatan koʻp boʻladi). Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida asab kuchlari ta’siriga javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapillarlar kengayadi, qon aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. Shu ma’noda massaj organizmni issiq havodan, qizib ketishidan saqlaydi. Massaj ta’sirida yogʻ va teri bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, muskullarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuchayadi va ularning qisqarish qobiliyati ortadi. Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi. Bola hayotining birinchi kunlaridanoq namoyon boʻladigan shartsiz (tugʻma) reflekslar uning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Agar bola qorni bilan yotqizilsa, u boshini koʻtaradi va buradi, chalqancha yotganda oldinga oladi. Oʻngga yonboshlatilganda chapga, chapga yonboshlatilganda oʻng tomonga buriladi. Bolaning oyoq terisiga qoʻl tekkazilsa emaklay boshlaydi, orqa terisiga tekkizilsa qayisha boshlaydi. Shunday qilib, shartsiz refkkslar muskullar qisqarishini yuzaga keltiradi va ulardan bola hayotining birinchi haftasida, hali jismoniy mashqlarni qoʻllash mumkin boʻlmagan (qoʻl va oyoqlarni bukuvchi muskullar gipertoniyasi tufayli) paytda rivojlantirish va umuman organizmga ta’sir etishda foydalanish mumkin. Sogʻlomlashtirish ta’limiy, aqliy tarbiyaviy vazifalarni toʻla hal etishning majburiy sharti: jismoniy aqliy tarbiyaning yuqorida sanab oʻtilgan barcha vositalaridan umumiy tarzda foydalanish hisoblanadi. Turli yosh bosqichlarda koʻrsatib oʻtilgan vazifalarning amalga oshirish samaradorligi asosiy va qoʻshimcha vositalarni toʻgʻri qoʻshib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki uch oyligida gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari, shartsiz reflekslar katta ahamiyatga ega boʻladi. Bola bir yoshga toʻlganida mas- saj, sust, sust-faol mashqlar, asosiy harakatlar (emaklash va boshqalar) dan foydalaniladi. Yoshi katta boʻlgan sari gigiyenik omillar, tabiat tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga, ozroq vaqt sarflanadi va bir- muncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolani maktab talimiga tayyorlashda kun tartibiga qay darajada amal qilishlarini aniqlash hamda bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻiylgan talablar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish maqsadida aniqlovchi va shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari olib borildi.
Aniqlovchi tajriba sinov ishining vazifalari:
1. Bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va ularga ota-onalar tomonidan rioya qilinishi pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining mazmunini ishlab chiqish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
4. Ota-onalar hamda aqliy tarbiyachilar uchun bolani maktabga tayyorlashda kun tartibi va rioya qilish usullari boʻyicha usulik tavsiyalar tayyorlash.
Kurs ishining ishida Qumqorg’on tumani “2-son” maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhiga qatnovchi 20 ta bolaning ota-onalari bilan izlanishlar olib boriladi. Ota-onalar uchun anketa savollari ishlab chiqildi va shu asosda ota-onalarning kun tartibiga rioya qilish darajalari aniqlandi.
Ota-onalar uchun anketa savollari
1. Farzandingiz uchun kun tartibi tuzib chiqilganmi?
2. Kun tartibini tuzishda qanday tavsiyalardan foydalangansiz?
3. Siz tuzgan kun tartibi bilan Tashkilotdan kun tartibi oʻrtasida farq bormi
4. “Shanba va Yakshanba” kunlari farzandingiz kun tartibiga rioya qiladimi?
5. Kun tartibiga rioya qilinmaganda bolangizda qanday oʻzgarishlar boʻladi.
6. Yuolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish ahamiyatli deb oʻylaysizmi?
7. Farzandingizni maktabga tayyorgarlik darajasini bilish qiziqib koʻrganmisiz.
8. Bolani maktabga tayyorlik darajasini aniqlovchi testlar, soʻrovnomalarni bilasizmi?
Bolalar uchun anketa savollari.
1. Kun tartibi rioya qilish deganda nimani tushunasan?
2. Bir kunlik kun tartibini aytib bera olasanmi?
3. Ertalab badan aqliy tarbiya bilan shugʻullanasanmi?
4. Shanba va Yakshanba kunlari kun tartibiga amal qilasanmi?
5. maktabga borish va “oʻquvchi” boʻlish uchun nimalarni bilish kerak db oʻylaysan?
Ota –onalardan berilgan savollarga quyidagicha javoblar olindi:
4 kishi 8 ta savoldan barchasiga qoniqarli javob berdi (20%) 6 kishi 8 ta savoldan 4 tasiga qoniqarli javob topa olishdi 30%, qolgan ota –onalardan savollarga qoniqarli javob olinmadi (30%).
Ota – ona soni
|
Bilim darajasi
|
I
|
II
|
III
|
20 ta
|
50%
|
30%
|
20%
|
Tayyorlov guruhi bolalari bilan oʻtkazilgan soʻrovnmalardan ma’lum boʻldiki, bolalar kun tartibi, unga rioya qilish usullari haqida ma’lumotga egadilar. Faqatgina bolalar oilada shanba va yakshanba kunlari kun tartibiga rioya qilmasliklari aniqlandi.
Bolalar soni
|
Bilim darajasi
|
I
|
II
|
III
|
20 ta
|
50%
|
30%
|
20%
|
Shakllantiruvchi tajriba -sinov ishining vazifalari:
1. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilishni izchillik tarzda olib borish;
2. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish jarayonining mazmui maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalariga muvofiq tarzda tanlash;
3. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish usullarini toʻgʻri tanlab foydalanish.
4. Oilada bolani kun tartibi ilmiy-nazariy va usulik jihatdan asosli tarzda tashkil etish va maktabga tayyorlash samaradorligi oshirish.
Shakllantiruvchi tajriba sinov ishining vazifalaridan kelib chiqqan holda ota-onalar uchun faoliyat ishlanmalari va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oilada ota-onalar biz tavsiya qilgan ishlanmalardan foydalanishlari natijasida bolalar aqliy tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi va bolani maktabga tayyorlashda katta natijalarga erishishlari mumkinligi isbotlandi. Shakllantiruvchi tajriba-sinov yakunida ota-onalar bilan qayta soʻrovnomalar oʻtkazildi va ijobiy natijalarga erishildi.
Ota – ona soni
|
Bilim darajasi
|
I
|
II
|
III
|
20 ta
|
60%
|
20%
|
20%
|
Ammo ba’zi oila va tashkilotda maktabga tayyor boʻlmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan oʻtishadi va mutaxassis haqida xulosa chiqaradi. Bolaning maktabga tayyormaslik xususiyatlaridan bu oʻyin qarorligi mustaqil boʻla olmasligi va ijtimoiy rivojlanishining past darajasidir
Do'stlaringiz bilan baham: |