Temirbeton - beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) Temirbetonni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yongʻindan asraydi. Temirbetondan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va boshqa tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |