3- mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni



Download 24,52 Kb.
bet9/10
Sana03.09.2021
Hajmi24,52 Kb.
#163431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5217961213928933623

Hamkorlik deb, ma’lum bir murakkab mahsulotni birgalashib tayyorlaydigan maxsus ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining o‘rnatilishiga aytiladi. Odatda, hamkorlik bo‘yicha yarim fabrikatlar, detallar va komplekt buyum yetkazib beriladi. Korxonaning ixtisoslashtirish darajasi qanchalik tor bo‘lsa, uning boshqa korxonalar bilan ishlab chiqarish aloqalari shunchalik keng bo‘ladi.

Ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirish mahsulot ishlab chiqaruvchi bosh korxonalar va ularga kerakli narsalarni yetkazib beruvchi korxonalartomonidan tuzilgan hamma xo‘jalik shartnomalarini to‘la - to‘kis jiddiy ravishda bajarishga bog’liqdir.

Ishlab chiqarishhamkorligining quyidagi turlari mavjud:


  • buyum hamkorligi, bunda bir korxona boshqa korxonaga, tayyor mahsulotni, masalan: samolyot yig’ish uchun akkumulyator, radiator, ovoznigor (priyomnik) yetkazib beradi;

  • detal bo‘yicha hamkorlik, bunda bosh korxonaga boshqa korxonalar alohida detallarni, yig’ish birikmalirini yetkazib beradilar;

  • texnologik hamkorlikda bitta korxona boshqa korxonalar uchun alohida texnologik jarayonni bajaradi yoki tanovar (quyma, upakovka, shtampovka) larni yetkazib beradi.

  • tarmoqlararo hamkorlik. Bunda har xil sanoat tarmog’iga tegishli ikkita korxona hamkorlik qiladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi ovoznigor korxonasi bilan hamkorlik qiladi.

  • tarmoq ichidagi hamkorlik. Bunda bir sanoat tarmog’iga tegishli ikkita korxona o‘rtasida hamkorlik o‘tkaziladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi samolyotga motor ishlab beruvchi korxona bilan hamkorlikda bo‘ladi.

  • rayonlararo hamkorlik. Bunda har xil iqtisodiy rayonlarda joylashgan korxonalar o‘zaro hamkorlikda bo‘ladilar.

  • rayon ichidagi hamkorlik. Bunda bitta rayonda joylashgan ikkita korxona orasida hamkorlik o‘rnatiladi.

Ishlab chiqarishning hamkorlik qilish darajasi sotib olingan detallar, yarim fabrikatlar vabutlovchi buyumlarning korxona mahsuloti to‘la tannarxiga nisbati shu korxona bilan hamkorlik qilayotgan korxonalar soni bilan tavsiflanadi. Bu ikkala ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog’liq, chunki korxona qancha ko‘p korxonalar bilan hamkorlik qilsa, uning ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxida tayyor holda sotib olinayotgan detallarva yarim fabrikatlar nisbati shunchalik ko‘payadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga va sifatining oshishiga olib keladi.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirishvakombinatsiyalashtirish.

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb, bir necha turdagi ishlab chiqarishlarni bir yirik korxonada jamlashga aytiladi.Yiriklashgan korxonalarda asosiy ishlab chiqarish bilan birgalikda yordamchi ishlab chiqarish ham mavjuddir.

Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarish uchun bo‘lgan asbob - uskuna, energiya turlari bilan, zarur bo‘lganda dastgohlarni ta’mirlash va tuzatish uchun xizmat qiladi. Masalan: asbobsozlik, moslama, energiya ishlab chiqarish sexlari hamda mexanik ta’mirlash sexlari kiradi. Ishlab chiqarishni yiriklashtirishning asosiy maqsadi murakkab, juda katta hajmga ega bo‘lgan va ishlab chiqarishda uzoq davr hukm surmaydigan mahsulotlarni yetkazib berishdan iborat. Masalan: samolyotsozlik, kemasozlik va h.k.

Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari:


  • ishlab chiqarish jarayonlarining birgalikda ishlashi bunday korxonalarda har qanday murakkab mahsulotning qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;

  • mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlari samarali ishlatiladi. Chunki katta mehnat hajmi ishlab chiqarishda ishni bir kecha-kunduzda bir necha smenada tashkil qilinishiga shart-sharoit yaratadi;

  • asosiy materiallar samarali ishlatiladi, chunki asosiy ishlab chiqarishning chiqindisidan xalq uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratiladi.

Ishlab chiqarish yiriklashtirilgani sari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish sohasidagi umumiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga nisbatan kamroq darajada ortadi, bu ularni tejab qolishga olib keladi.

Kamchiliglari:



  • yirik korxonalarni loyihalash, qurish, ishga tushirish juda ko‘p vaqt talab qiladi;

  • bunday korxonalarni qurishga va uni ishga tushirishga sarflanadigan mablag’lar uzoq vaqtdan keyin o‘zini qoplaydi.


Download 24,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish