Ishlab chiqarish jarayoni sanoat mahsulotini tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo‘linadi.
Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi.Bunday jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichsida – cho‘yanni vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda – u mexanizmga asoslangan yoki issiqlik yo‘li bilan detallarga o‘ziga xos xususiyat, o‘lchov va sirtqi tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda – detallarni bir tugunga (uzelga) yig‘ish yoki tamomlangan buyumlar – mashina va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipnik, elektromotor, asboblar) yig‘ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |