3 – Mavzu: Biosfyera uning vazifalari. Tabiatda moddalarning aylanma harakati Mavzuga doir tayanch iboralar



Download 42,65 Kb.
bet1/8
Sana13.12.2022
Hajmi42,65 Kb.
#884851
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Мавзу


3 – Mavzu: Biosfyera uning vazifalari. Tabiatda moddalarning aylanma harakati


Mavzuga doir tayanch iboralar
Biosfyera, E.Zyuss-1875 y., kos, biogen, biokos, litosfyera, atmosfyera, gidrosfyera, iyerarxik tartib, yuqori chegara, pastki chegara, geologik, biologik, biogenez, noogenez, antropik, texnosfyera, bioindikatsiya, ekologik monitoring.


Mavzuning rejasi
1.Biosfyera va uning tarkibiy qismlari
2. Biosfyerada moddalar aylanishi
3.Biosfyerada insonning faoliyati. Noosfyera.
4.Biosfyerani saqlab qolishning dolzarb masalalari
1. Biosfyera va uning tarkibiy qismlari
Biosfyera (gr. bios – hayot, spaira – shar) – Yer sharining tirik organizmlar ta’sirida bo‘lgan qismi bo‘lib, uning tarkibi va enyergetikasi shu organizmlar faoliyatiga bog‘liq. Biosfyera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida atama sifatida fanga birinchi marta 1875 y. avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfyera – bu yerning tirik organizmlar yashaydigan yupqa po‘stlog‘idir.
Yerning tiriklik muhiti ekanligi to‘g‘risidagi o‘zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I. Vyernadskiy 1926 y. biosfyera to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Bu ta’limotga ko‘ra biosfyera uch asosiy tarkibiy qismdan iborat:
1) tirik organizmlar;
2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan minyeral moddalar;
3) tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.
Tirik organizmlar tabiatda son jihatdan ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o‘zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning faolligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o‘zgarishlar yasashga qodirlar.
Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vyernadskiy fikricha tirik moddalar bo‘lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va enyergiya yotadi. Bu moddalarni Vyernadskiy uch guruhga bo‘ladi:
kos (o‘lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi;
biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o‘zlashtiriladi. Bunga toshko‘mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi;
biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, ularning holati tirik organizmlarga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda biosfyeraga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o‘rniga ko‘ra uch tarkibiy qismdan tashkil topgan.
1.Litosfyera – (gr. “litos” - tosh) Yerning sirtki po‘stlog‘i bo‘lib, u g‘ovak modda ya’ni tuproqdan iborat. Yer mag‘zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi.
Tuproq va uning kelib chiqishini birinchi bo‘lib rus olimi V.V. Dokuchaev o‘rgangan. Uning fikricha tuproq tog‘ jinslarining quyosh enyergiyasi, namlik va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo‘ladi.
Tuproq biosfyeraning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda yuqori zichlikka (o‘rtacha 2,7 g/sm3) ega bo‘lib, u to‘rtta tarkibiy qismdan iborat. Bular – qattik zarrachalar, tuproq namligi, tuproq havosi va mikroorganizmlar. Tuproqda yashovchi organizmlar edafobiontlar yoki geobiontlar deb nomlangan bo‘lib, ularda tuproqning zichligi, harorati, yorug‘lik va ximizmiga nisbatan qator moslanishlar mavjud.
2. Gidrosfyera – dunyodagi barcha suvliklar bo‘lib, ular Yer yuzi maydonining 70,8% ni egallagan. Gidrosfyeraning umumiy maydoni 1,37 mlrd.km2 ga teng bo‘lib, uning katta qismi (98,3 %) dengiz va okeanlar bilan band. Qolgani esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo va ko‘llardir.
Suvda zichlik, yopishqoqlik, bosim va issiqlik sig‘imining kattaligi, uning turli tuzlar va gazlarni yeritib olganligi hamda yorug‘likni yomon o‘tkazishi bu muhitdagi hayot sharoitini belgilaydi. SHuning uchun ham suvda yashaydigan organizmlarda o‘sha muhitga nisbatan qator moslanishlar mavjud. Suvda yashaydigan organizmlar gidrobiontlar deb aytiladi va ular o‘zlaridagi ekologik moslanishlar yordamida suvning barcha qavatlarini egallab olganlar.
3.Atmosfyera – Yer sharini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi Yer og‘irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining har bir santimetr kvadrat maydoniga 1,32 kg dan to‘g‘ri keladi. Ana shu miqdordagi havoning teng yarmi 6 km balandlikkacha bo‘lgan qavatda joylashgan. Qolgan yarmining 99% 30 km balandlikkacha bo‘lgan qavatda va 1 % -3000 km balandlikkacha bo‘lgan qavatida joylashgan. Bu balandlik atmosfyeraning yuqori chegarasi bo‘lib, bu yerda atmosfyera havosining zichligi sayyoralararo bo‘shliq havosining zichligiga tenglashadi. Yerdan balandga ko‘tarilgan sari havoning siyraklashayotganini barcha organizmlar, shuningdek odam organizmi ham bosim pasayishidan yaqqol sezadi. Havo zarrachalarining zich joylashgan qatlami troposfyera bo‘lib, u biosfyera tarkibiga kiradi. Hozirgacha fanda havoda yashovchilar – atmobiontlar ma’lum emas. Ammo ko‘pgina organizmlar bor-ki, ular havoda harakatlanish va oziqlanishga moslashib olganlar.
SHunday qilib, biosfyera tirik va tirik bo‘lmagan tarkibiy qismlardan iborat murakkab ekotizim bo‘lib, u iyerarxik (o‘zaro tobe’lik) tartibda joylashgan individ, populyasiya, biotsenoz va biogeotsenozlardan tashkil topgan. Bu ekotizimda barcha organizmlar bir-birlari bilan va ayni vaqtda abiotik muhit omillari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar. Organik va noorganik dunyodagi bunday bog‘lanishlar biosfyerani azaldan o‘zgartirib kelmoqda. Bu o‘zgarishlar davomida atmosfyeraning pastki qatlamida yerkin kislorod, yuqorirog‘ida esa ozon gazlari paydo bo‘ldi, organizmlar tomonidan suv va havodan olingan uglyerod oksidi toshko‘mir va ohaktosh holida qazilmalarda to‘plandi.
Hozirgi kunda biosfyeraning o‘zgarishi qudratli kuchlar ta’sirida yanada tezlashgan. Bu qudratli kuch inson omili bo‘lib, insonning o‘zgartiruvchi faoliyati tabiatning barcha burchaklarida favqulodda texnogen hodisalar va tabiiy ofatlarni keltirib chiqarmoqda.

Download 42,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish