Biosfyeraning chegaralari. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan bo‘lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kratyerlari mustasno. V.I. Vyernadskiy o‘z vaqtida hayot biosfyeraning barcha yerida mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Uning fikricha, tirik organizmlar turli muhitga moslasha oladigan bo‘lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o‘zlashtira boradilar. Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo‘lib, keyinchalik u quruqlik va havo muhitiga ham tarqaldi. Lekin u bu bilan to‘xtab qolmadi. Hozirgacha fanga tirik organizmlar 1800S gacha issiqlik muhitida yashay olishlari ma’lum edi. YAngi ma’lumotlarga ko‘ra ular 10010S issiqlikkacha chiday olishlari bashorat qilinmoqda.
Tirik organizmlarning bosimga chiday olish diapazoni ham keng. Ular vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz muhitda ham, bosimi minglab atmosfyeraga teng bo‘lgan muhitda ham o‘z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Ba’zi baktyeriyalar hatto 12 ming atmosfyera bosimiga ham chiday olishlari aniqlangan.
Tirik organizmlar, shuningdek, muhitning ximizmiga ham chidamlidir. Biosfyeraning dastlabki organizmlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaganlar. Ba’zi organizmlar (masalan, nematodlar) hozir ham anayerob sharoitida yashaydilar. Ba’zi mikroorganizmlar turli tuzlar va kislotalarning yeritmasida ham yashayoladilar (masalan, oltingugurt va azot baktyeriyalari). Ayrim organizmlar radioaktiv nurlanishga o‘ta chidamlidirlar. Masalan, ko‘pchilik infuzoriyalar radiatsiyaning Yer yuzidagi o‘rtacha fonidan 3 mln. baravar yuqori bo‘lgan sharoitda ham yashay oladilar. Ba’zi baktyeriyalarning hatto yadro reaktorlari ichida ham topilishi biosfyerada hayot chegaralarining nihoyatda keng ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ammo, boshqa barcha hodisalar singari hayotning ham belgilangan chegarasi bor. Biosfyeraning chegarasi shartli ravishda quyidagicha qabul qilingan: pastki chegara – quruqlikda 3-4 km, dengiz va okeanlar joylashgan hududlarda 10-11 km chuqurlikkacha bo‘lib, yerning bu qatlamlarida qaynash haroratidagi tyermal suvlar joylashgan. Bu qatlam ba’zi joylarda 10-15 ming metr chuqurlikkacha bo‘lib, unda ayrim baktyeriyalar yashay olishi aniqlangan; yuqori chegara – yerdan 25-35 km. balandlikda joylashagan ozon pardasi hisoblanadi. Undan yuqorida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siridan organizmlar yashay olmaydi (kosmonavt va astronavtlar bundan mustasno).
Tirik organizmlar biosfyerada keng tarqalgan bo‘lsalarda, ularning zichligi barcha joyda bir xil emas. Ular Yer sirtining yaqinida ya’ni tuproqning yuza qatlami hamda atmosfyeraning pastki qatlamida nisbatan zich joylashganlar. Lekin ular Yer sirtining barcha joyida ham bir xil zichlikda joylashmaganlar. Organizmlarning zichligi yer ustining yashash sharoiti qulay bo‘lgan joylarida, dengiz va okeanlar suvining o‘rta va ustki qatlamlarida, shuningdek suvlik, quruqlik va havo muhiti to‘qnash kelgan joylar hisoblanmish dengiz va okeanlarning litoral zonalarida (qirg‘oqqa yaqin yerlar), ko‘rfazlarda hamda estuariyalarda (daryolarning qo‘yilish joyi) yuqori bo‘ladi. Sahrolarda, tundrada, okean tubida va baland tog‘larda esa ularning zichligi nisbatan past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |