3 – Mavzu: Bilish nazariyasi. Reja



Download 48,45 Kb.
bet4/16
Sana29.11.2022
Hajmi48,45 Kb.
#874241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3 – Mavzu Bilish nazariyasi.

Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning hissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat mahsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish hissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a`zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko`zi, ijodkor qo`li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.
Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining mahsuli sifatida shakllandi.
Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya`ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Hukmlar yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, hukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan hukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg`inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muhim xulosasi ana shu.
Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya`ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin.
Binobarin, tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g`oyibona bilishdir. O`zining butun borlig`ini fan, din, siyosat va san`at sohasiga bag`ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g`oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, echimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog`liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o`rin egallab keldi. Har bir fan o`ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlarini o`rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o`z xarakteriga ko`ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo`linadi.
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo`lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induktsiya va deduktsiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko`rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo`lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suhbatlashish, anketa so`rovi, hujjatlarni o`rganish sotsiologiya faniga xos bo`lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to`g`ri metodni tanlash bilishda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o`rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o`rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to`g`ri belgilashga yordam beradi.
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Ilg`or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo`lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o`sha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o`zi erishgan yutuqlarga shubha bilan qarashni taqozo qiladi.
Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish, ularga ko`r-ko`rona sig`inish muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy xalaqit beradi.
Ilg`or ilmiy nazariyalar ma`lum bir davrda ilmiy va falsafiy qarashlar yo`nalishini o`zgartirishi, ilmiylikning o`ziga xos mezoni bo`lishi ham mumkin. Masalan, Charl`z Darvinning evolyutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muhim o`zgarishlarni vujudga keltirdi.
Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o`rin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o`zining mazmuniga ko`ra mutlaq va nisbiy bo`lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bo`lib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.
Haqiqat o`z mazmuniga ko`ra hamisha ob`ektivdir. Ya`ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, O`zbekistonning milliy mustaqilligi ob`ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat`i nazar, bu haqiqat o`z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo`ladi va o`z qadrini yo`qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hegel` so`zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo`lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e`tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob`ektivlik, xolislik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o`rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini qo`ya boshladi. Aqlli mavjudot bo`lgan inson har qachon tabiatni o`rganishda hamisha o`z manfaatlarini ko`zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoqlama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo`lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va ehtiyojlari bilan uzviy bog`liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob`ekti, ham bilish sub`ekti sifatida namoyon bo`ladi: insoniyat o`z tarixini yaratuvchi va o`z-o`zini biluvchidir.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o`zgaruvchi sistemalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan muhim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma`naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g`oyalarni ham o`rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g`oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol` o`ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda alohida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko`maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga qo`yilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta`minlaydigan omil va mexanizmlarni o`rganish, ulug` ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Gnoseologiya predmeti. Inson o‘zining bevosita borligini, mavjudligini uni qurshab turgan dunyo bilan doimiy aloqada amalga oshiradi. Dunyoda yashash va optimal moslashish uchun inson, uning aql idroki va hislari tashqariga, ya’ni dunyoni bilishga qaratilgan. M.Xaydeggerning so'zlari bilan aytganda “bilish tadqiqot sifatida mavjud narsani hisobotga jalb etadi”. Bilish faoliyatiga inson hayoti va faoliyatining zarur elementi deb qaramoq zarur. Bilishning maqsadi va vazifasi turli hodisalarni o‘rganish yo‘li bilan ularning chuqur, turg‘un, belgilovchi tomonlari va qirralarini, ularning mohiyatini ochib, haqiqatni anglab olishdan iborat. Antik falsafadayoq sofistlar va Sokrat dunyoqarashining asosiy masalasini insonning tabiatga, subyektning obyektga, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi sifatida ilk bor ta’riflab bergan edilar.
Yangi zamonda F.Bekon va R.Dekart bilish to‘g‘risidagi ta’limotni boyitib, uni subyektning obyektga munosabati deb ta’rifladilar. Dekartning so'zlariga ko'ra, subyekt - bu bilish harakatining sohibi bo‘lgan shaxsdir, fikrlovchi “Men”dir. Obyekt - bu subyektning bilish faoliyati yo‘naltirilgan narsadir, ya’ni bizni qurshab turgan butun olamdir. Bilish obyekti bilish vaziyatida bevosita berilgan emas, u ijtimoiy amaliyotning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi, determinatsiyalanadi. Bilish subyekti ham o'zining bilish faoliyati keng amalga oshiriladigan konkret ijtimoiy-tarixiy vaziyat orqali belgilanadi. Binobarin, bilishning o'zi ham ijtimoiy tabiatga ega, uni ijtimoiy amaliyot belgilab beradi. Dunyoni bilib bo‘ladimi yoki yo‘qmi, agar bilib bo‘lsa, bu bizning ongimizda qanday aks etadi, degan masala hamisha falsafiy fikrni qiziqtirib kelgan. Bilish nazariyasi, yoki gnoseologiya (jounoncha - bilish haqidagi ta’limot) - falsafiy ta’limotlarning ajralmas qismidir.
Gnoseologiya subyektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta’minlaydigan talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi.
Bilish jarayoni — bu to‘laligicha ratsional, faqat aqlga bo‘ysunuvchi, formal, quruq jarayon emas, chunki u tirik kishilar tomonidan amalga oshiriladi, shu sababli bilish emotsional elementlarni - iroda, niyat, istaklarni o‘z ichiga oladi. Shu munosabat bilan aytish joizki, narsalar, atrofdagi voqelik hodisalari subyektning nazariga tushgan, nimasi bilandir uning diqqatini tortgan, u bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, uning tomonidan jami boshqa predmetlar va jarayonlardan ajralib olingan taqdirdagina bilish obyektiga aylanadi. Shu ma’noda subyekt obyektni shakllantiradi, shuning uchun ham obyektsiz subyekt bo‘lmaganidek subyektsiz obyekt ham bo‘lmaydi, deydilar.
Skeptitsizm va agnostitsizm. Falsafa tarixida vaqti-vaqti bilan dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga qo‘yuvchi ta’limotlar paydo bo‘lib turgan. Bunday ta’limotning birinchisi eramizdan avvalgi IV asrda paydo bo'lgan antik skeptitsizmidir. Skeptiklar bilishning mumkinligiga e’tiroz bildirmaganlar, lekin bizning bilimlarimizning ishonchliligini, ularning tashqi dunyo hodisalariga muvofiqligini shubha ostiga qo‘yganlar,
Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi — falsafada tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o’z ichida mantiqan ziddiyatlidir. Ikkinchisi - faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo'lishi mumkin emas.
Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365 275-yillar) hissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa subyektga achchiq yoki shirin tuyulsa, shu haqidagi fikr haqiqat bo‘ladi), yanglishuv esa, uningcha subyekt bevosita hodisadan mohiyatni, obyekt asosini bilishga o‘tmoqchi bo’lganda paydo bo‘ladi. Uning fikricha, obyekt haqidagi har qanday da’voga uning mazmuniga zid bo'lgan da’voni qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Demak, skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmog‘i lozim.
Sinopalik Diogen va Sekst Empirik shunga o‘xshash g‘oyalarni yoqlab chiqdilar. Ular bilish faoliyatida, shuningdek, kundalik hayotda ham subyekt o‘z sog‘lom fikriga tayanmog‘i kerak, deb hisoblaganlar. O‘rta asrlar davrida skeptitsizm g'oyalari G‘arbda ham (Per Abelyar), Sharqda ham (al- G'azzoliy) rivoj topdi. Masalan, al-G‘azzoliy bunday degan: “Oxirigacha bilishga ojizlik ham bilishdir; kishilarga Uni bilish yo‘hni faqat Uni bilish­ga ojizlik orqali yaratib bergan Zotga sharaflar bo‘lsin”1.
Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya qilib chiqdi. Yum tashqi dunyoning realligini shubha ostiga oldi. Faqat o‘z sezgilarimizning realligiga shubhalanish mumkin emas, deydi shotlandiyalik bu mutafakkir. Sezgi organlarining bu taassurotlari yo ularga tashqi dunyo ta’siri tufayli, yoki inson aqlining alohida energiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga ojizdir. Yum dunyoni bilish mumkinligini inkor etibgina qolmasdan, balki shu bilan birga, subyektning hissiy taassurotlari doirasidan tashqarida biron-bir real narsaning mavjudligi to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi.
Nemis klassik falsafasining asoschisi I. Kant D.Yum g‘oyalarini tanqidiy jihatdan qayta ishlab chiqdi. Kantning transsendental idealizmi shundan iboratki, u, bir tomondan, bizning ongimizdan mustaqil ravishda o'zida narsalar” (“вешь в себе”) mavjudligiga shubhalanmagan, ikkinchi tomondan esa, u “o‘zida narsalarni” prinsip jihatidan bilib bolmaydi, deb da’vo qilgan. Narsalarning mohiyatini hech nima bilan payqab, ilg'ab bo'lmaydi. Bilish subyekti bo'lgan odam faqat hodisalar va jarayonlar sirtida yotgan bilan kifoyalanadi, faqat hodisa, “biz uchun narsa” (“вешь для нас”) bilan ish ko'radi. “Biz uchun narsa” bizga “o'zida narsalar” haqida hech nima demaydi. Dunyo inson uchun “o'zida narsalar”ning bilib bo‘lmas siri bolib qoladi, shuning uchun bu falsafa agnostitsizm nomini oldi (yunoncha a - inkor, gnostos - bilib bo'ladigan).

Download 48,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish