Bilishning empirik darajasi.“Empirik” degan tushuncha zamirida “empiriya”, ya’ni “tajriba” tushunchasi yotadi. Lekin bu bilishning empirik darajasi tajribadangina iborat degan ma’noni bildirmaydi. Ilmiy nazariyaning zarur empirik bazasi eksperimentdir, u hozirgi zamon fani rivojining muhim omiliga aylandi. Fanning, birinchi navbatda tabiiyotning butun taraqqiyot tarixi eksperiment bilan biron-bir tarzda bogliqdir. Tabiiyot tanini ko'pincha eksperimental fan deb atab, bu bilan uning ilgari antik va o‘rta asrlar fani doirasida mavjud bo‘lgan tabiatni bilish usullaridan farqini ta’kidlab ko‘rsatadilar. Yangi zamon fani tomonidan amalga oshirilgan oddiy, o‘z im- koniyatiga ko‘ra g‘oyat cheklangan va hodisalarni yuzaki o‘rganish va tasniflash uchungina yaroqli bo'lgan hodisalarni oddiy kuzatish metodidan eksperimentgaasoslangan yangi metodga o‘tib, hodisalarni muntazam va muayyan maqsadni ko'zlab faol tadqiq etishga o'tish bilishning tarixiy rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Eksperimentlar ikki sinfga bo‘linadi: sifatiy va miqdoriy eksperimentlar. Sifatiy va ancha oddiy eksperimentning maqsadi hodisaning faqat mavjudlik faktini aniqlashdan iborat. Masalan, yorug‘lik sinishi ko'rsatkichlari turlicha bo'lgan muhitlar chegarasidan yorug‘lik o‘tishini tadqiq qilib, sinish fakti mavjudligini osonlik bilan aniqlash mumkin. Sifatiy eksperiment murakkab olchov sistemalari va ma’lumotlarni ishlab chiqish sistemalari bilan kamroq jihozlanadi. Miqdoriy o'lchovli eksperimentni o‘tkazish uchun murakkab asbob-uskunalar talab qilinadi. Bunday eksperimentning vazifasi sistemaning holatini ko‘rsatuvchi parametrlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarni aniqlashdan iborat. Sinish qonunlarini o‘lchagich asboblari yordamida tekshirishda tajribalar o‘tkazilib, tushuish burchagi bilan sinish burchagi o‘rtasidagi miqdoriy nis- batlar aniqlandi va burchaklarning sinuslari bilan sinish koeffitsientlari o‘rtasidagi funksional aloqa topildi. Eksperiment ilmiy bilimlarni isbotlash va rivojlantirish vositasidir. Shunday qilib eksperiment - bu bilimga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turi bo’lib,o‘rganilayotgan obyektga maxsus asbob-uskunalar vositasida ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Shu tufayli: o‘rganilayotgan obyektni uning mohiyatini xiralashtirib qo‘yuvchi qo‘shimcha hodisalar ta’siridan holi qilish va uni sof holda o‘rganish; jarayonning borishini qat’iy belgilangan hamda nazorat qilish va hisobga olish mumkin bo'lgan sharoitda ko‘p marta takrorlash; ko'zlangan natijaga erishish uchun turli ta’sir va sharoitlarni reja bilan o‘zgartirish, birlashtirish va o‘lchash mumkin bo'ladi. Empirik tadqiqot kuzatuv va eksperimentning yangi ma’lumotlarini aniqlab, nazariy tadqiqotni kuchaytiradi, uning oldiga yangi vazifalar qo'yadi.