Bangiyasimonlar ajdodi - Bangiophyceae
Hujayrasidagi xromotoforalari yulduzsimon bo’lib, odatda bitta pirenoidga ega.
Hujayralari plazmolema bilan o’zaro bog’lanmagan, chunki hujayralar orasida poralar
bo’lmaydi. Karpogonda trixogina yuq. Karpogon urug’langandan keyin bo’linib, karposporalar
hosil qiladi. Jinssiz ko’payishi monosporalar vositasida bo’ladi.
Bu ajdodning vakili sifatida porfira (Porphyra) bilan tanishamiz. U bizda, Shimoliy va
Janubiy dengiz qirg’oqlarida o’sadi. Tallomi bargsimon, to’q qizil rangda, substratga birikkan,
uzunligi 50 sm. Ba’zi turlari masalan, Rnereocystis ning uzunligi 2 m ga yetadi. Uning tallomi
bir yoki ikki qavat h ujayralardan tashkil topgan bo’lib, bitta yulduzsimon xromotoforaga ega.
Anteridiy hujayralari bir necha marta ko’ndalangiga bo’linib, mayda hujayralar hosil qiladi. Ana
shu h ujayralardan bittadan spermasiy yetiladi.
Karpogon vegetativ hujayralardan kamdan kam farq qiladi. Trixogin bo’lmaydi. Karpogon
urug’langandan keyin zigotaga aylanadi.
Zigota bo’linib, 2-32 karpospora hosil qiladi. Zigota bo’kilgandan so’ng, uni devori
yoriladi va yalang’och karposporalar suvga chiqadi. Bir necha kun o’tgandan keyin, po’st bilan
o’ralib, mallyuska va toshlarni ustiga yopishib o’sadi va ipsimon tallomga aylanadi. Parfiraning
bu taraqqiyoti sikli uzoq vaqtgacha mustaqil suvo’ti-shantranziya (Conchocelis rosea) deb
noto’g’ri nom berilgan. Ko’payishi monosporalar vositasi bilan bo’ladi. Sporaning o’sishidan
porfirani bargsimon tallomi rivojlanadi.
1964-1967 yillarda Ye. Man degan olimning kuzatishlariga binoan porfirani zigotasi
reduksion (meyoz) bo’linmasligini aniqlagan. Karposporasi diploid fazada saqlanib, uning
o’sishidan diploidli porfira o’sib chiqadi. Porfirani ko’pchilik turlari sun’iy ravishda o’stirilib,
ovqat sifatida iste’mol qilinadi.
Kompsopogon (Compsopogon)turlari tropikaning chuchuk suvlarida keng tarqalgan bo’lib,
oxirgi yillarda MDX ning issiq xonalaridagi akvariumlarda o’stiriladi. Uni tallomi geterotrixal
shaklda bo’lib, substratga yopishgan ipidan shoh langan monopodial iplar rivojlanadi.
Tikka o’suvchi yosh ipchalar bir qator ko’ndalang hujayralardan tashkil topgan.
Tallomning qari hujayralari bo’laklarga bo’linib, markaziy hujayradan ajraladi. Keyinchalik ular
bo’linib, markaziy hujayrani o’rab oladi. Korposporaning hujayrasida juda ko’p miqdorda
fikosian pigmenti bo’ladi, shu sababli uni rangi ko’k bo’ladi. Hujayrada bitta yirik yadro bo’ladi.
Ko’payishi monosporalar vositasida sodir bo’ladi. Monospora yetilgandan so’ng, sporangiy
devori shiliqlanib yirtiladi va monosporalar suvga tushadi, po’st bilan o’ralib, o’sib tallomga
aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |