3 – ma’ruza mavzu: qizil suvo’ttoifalar bo’limi – rhodophyta



Download 265,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana20.08.2021
Hajmi265,37 Kb.
#152580
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARUZALAR MATNI 3 3d4e4e57935da3db61ff08a669fddb22



MA`RUZALAR   MATNI  

3 – MA’RUZA 

 

Mavzu: QIZIL SUVO’TTOIFALAR BO’LIMI – RHODOPHYTA 



 

Darsning  maqsadi:  Qizil  suvo’ttoifalar  tallomining  tuzilishi  pegmentlar  tarkibi,  xujayra 

tuzilishi, ajdodlarga bo’linishi va ko’payishi, hamda ahamiyati to’g’risida tushuncha berish. 



Asosiy savollar 

1.  Qizil suvo’ttoifalarning tavsifi. 

2.  Klassifikasiyasi. 

3.  Boshqa suvo’ttoifalar bilan o’xshashlik va farqlari. 

4.  Kelib chiqishi va evolyusiyasi. 

5.  Qizil suvo’ttoifalarning tarqalishi va ahamiyati. 



Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni 

Qizil suvo’ttoifalarini xromotofor tarkibida xlorofill "a" va "v" h amda karatinoidlardan (V-

korotin,    zeaksantin,    anteraksantin,    kriptoksantin,    lyutein,  neoksantin)  pigmentlar  bo’ladi. 

Yuqorida  nomlari  keltirilgan  pigmentlardan  tashqari  xromotafor  tarkibida  suvda  eriydigan  qizil 

rang beruvchi  - fikoeritrin va ko’k rang beruvchi-fikosian hamda allofikosianin pigmentlar ham 

bo’ladi. Bu pigmentlarni turli nisbatlarda qo’shilishidan qizil suvo’tlarning rangi qizil,  pushti va 

och  binafsha  rangda  bo’ladi.  Xloroplast  po’sti  ikkita  membranadan  iborat  bo’lib,    unda 

tilakoidlar  yakka-yakka  joylashgan.  Tilakoid  ustidan fikobisomlar  o’rnashgan.  Genofora  tarqoq 

bo’lib,    joylashgan.  Ko’pchilik  qizil  suvo’ttoifalari  vakillarida  xromotofora  plastinka  yoki 

tariqsimon  shaklda  bo’lib,  pirenoidi  bo’lmaydi.  Tuban  vakillarida  xromotofora  yulduzsimon  va 

pirenoidga  ega  fotosintez  mah  suloti  polisaxaridlardan  "bagryan  kraxmali"  hosil  bo’ladi.  Yod 

ta’sirida  qo’ng’ir  –  qizil  tusga  kiradi.    Hosil  bo’lgan  zapas  modda  pirenoid  va  xromotofora 

atrofida yig’ilmasdan, sitoplazmada to’planadi.  Qizil  suvo’ttoifalarining  xarakterli belgilaridan 

biri shuki, ularda aktiv harakat qiladigan xivchinli stadiyalari  bo’lmaydi, bo’ndan tashqari jinsiy 

ko’payish murakkab tuzilgan organlar orqali bo’ladi. Qizil suvo’ttoifalari, qo’ng’ir suvo’ttoifalar 

singari faqat dengizlarda o’sadi. 

Qizil  suvo’ttoifalarni  tallomi  to’zilishi  jih  atdan  juda  ham  oddiy:  bir  hujayrali  kokkoid 

(porfiridium),    rizoidlari  yordamida  substratga  birikkan  va  shoxlangan  ipsimon  (geterotrixal) 

vakillari  ham  uchraydi.  Bundan  tashqari  tallomi,    asosan,    ipsimon  bir,    ikki  yoki  ko’p  qator 

hujayralardan  tuzilgan  yoki  shoxlangan  bo’lib,    ipsimon  tallomning  uchidagi  hujayralarning 

bo’linishi  hisobiga  o’sadi.  Tallomi  plastinkasimon  (porfira)  parenximatik  hujayralarini 

ko’ndalangiga va eniga bo’linishi hisobidan o’sadi. 

Qizil  suvo’ttoifalarining  hujayra  po’sti  pektin  moddasi  aralashgan  sellyulozadan  iborat. 

Pektin  moddasi  ko’pincha  hujayraning  bukishiga,    tallomni  doimo  shiliqlanishiga  olib  keladi. 

Ba’zan  hujayra  devorida  ohak  to’planadi.  Yetuk  murakkab  (floridiyasimonlar)  ajdodi 

vakillarining  hujayrasi  bo’lingan  vaqtda,  hujayra  devorida  poralar  uchramaydi.  Hujayra 

protoplasti,  protoplazma,  bitta yoki bir necha yadro va jo’da ko’p miqdorda donchasimon yoki 

lentasimon  xromotoforalarga  ega.  Bangiyasimonlar  ajdodining  vakillarida  yulduzsimon 

xromotofora bo’lib,  bitta markaziy perinoidga ajralgan. 

Jinssiz  ko’payishi  sporangiyda  bittadan  yalang’och  hujayra-monospora  yoki  to’rttadan 

tetrospora  hosil  qilish  vositasida  bo’ladi.  Monospora  tuban,    tetrospora  esa  yuksak  tuzilgan 

bo’lib,    diploidli  sporofit  (tetrosporofit)  da  hosil  bo’ladi.    Mono  va  tetrosporalar  yetilgandan 

so’ng suvga tushadi,  substratga yopishib o’sib yangi individga aylanadi. 

Jinsiy  ko’payishi  oogoniya.  Bu  prosess  murakkab  tuzilgan  jinsiy  organlar  orqali  bo’ladi. 

Qizil  suvo’ttoifalarni  oogoniyasi  k  a  r  p  o  g  o  n  deb  ataladi.  Floridasimon  qizil 

suvo’ttoifalarining  karpogoni  ikki  qismdan  iborat.  U  ingichka,    chiqziq  bo’g’izli  qolibga 

o’xshash bo’lib,  osti - qo r i n ch a,   bo’yni esa - t r i x o g i n a deyiladi. Qorincha qismida 



yadro  va  xromotoforalari  bo’lib,    trixogina  rangsiz  protoplazma  bilan  to’lgan.  Anteriydisi  bir 

hujayrali,  rangsiz bo’lib,  shoxlarining uchida,  ko’pincha,  karpogon yonida, yoki boshqa to’pda 

to’da-to’da h olda o’rnashadi va uning ichida bittadan sharsimon,  harakatsiz erkak gameta  - s p 

ye r m a s i y hosil bo’ladi. 

Spermasiy  yetilgandan  so’ng,  suv  oqimi  bilan  harakat  etib,  karpogonining  trixogina  

bo’yinchasiga    yopishadi.    Shundan  so’ng  ularni  devori  eriydi  va  spermasiy  yadrosi  bilan  

qo’shiladi.  Karpogonni bazal qismi to’siq bilan o’ralib,  trixoginadan ajraladi,  keyin trixogina 

so’lib qoladi. Zigota rivojlanib karposporalarga aylanadi. 

Kartogonni rivojlanish usullari qizil suvo’ttoifalari sistematikasida muhim ahamiyatga ega.  

Ba’zi  qizil  suvo’ttoifalarining  zigotasi    (urug’langan  karpogon)  bo’linib,    harakatsiz    spora-

karpospor,  boshqa  bir   xil turlarida urug’langan  karpogondan shoh langan iplar - g o n i m o b l 



a s t  a r yetiladi,  ularni h ujayralaridan karposporangi rivojlanadi. Har qaysi karposporangidan 

bittadan  karpospora  hosil  bo’ladi.  Nihoyat,    ko’pchilik  qizil  suvo’ttoifalarning  gonimoblastlari 

to’g’ridan - to’g’ri urug’langan karposporaning qorin qismidan o’smasdan,   q o’ sh i m ch a   a u 

k  s  i  l  y  a  r  deb  ataladigan  hujayralardan  rivojlanadi.  Agar  auksilyar  hujayralari  karpogondan 

yiroqlashgan bo’lsa,  u vaqtda karpogonning qorin qismidan q o’ sh u v ch i yoki o o b l a s t e m 



i p l a r o’sadi. Bu ipchalar koulyasiya qilingan yadrodan rivojlanadi; shuning uchun ooblastem 

ipchalar diploid yadroga ega. Ooblastem ipchalari o’sib, auksilyar hujayralarga  yaqinlashadi va 

po’sti eriydi hamda bir-biri bilan qushiladi, lekin o’larni yadrolari (ooblastem hujayrasi diploid,  

auksilyar  esa  gaploidli)  qo’shilmaydi.  Auksilyar  hujayra  qo’shilgandan  so’ng,  ooblastem 

hujayrasining  diploidli  yadrosining  bo’linishi  tezlashib,    undan  diploid  gonimoblastlar  o’sadi. 

Ana  shu  gonimoblastlardan  diploidi  karposporalar  uyumi  taraqqiy  etadi.  Gonimoblastdan 

karposporalar rivojlanagaligi uchun ularni k a r p o s p o r o f i t deb ataladi. Karposporalar o’sib,  

undan yangi individ yetiladi. Karposporalar yakka joylashmay,  ko’pincha,  uyum - s i s t o k a r 



p hosil qiladi.  

Qizil  suvo’ttoifalarning  ko’pchilik  turlarida  nasllar  navbatlanish  takomillashgan  bo’lib,  

sporofit  naslda  tetrospora  hosil  bo’ladi.  Hosil  bo’lish  oldidan  u  reduksion  bo’linadi. 

Tetrosporaning  o’sishidan  spermasiy  va  karpogonlarning  qo’shilishi  natijasida  hosil  bo’ladigan 

karposporalar diploid xromosomali bo’ladi. 

Qizil suvo’ttoifalar bo’limi ikki ajdodga: Florideophyccae va Bangiophceae bo’linadi. 

  


Download 265,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish