UDP segmentining strukturasi
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga transport xizmatlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazilishini ta’minlaydi, ya’ni ularni olinganligi tasdiqlanishini talab qilmaydi, shuningdek axborot manbai va qabullovchi orasida, ya’ni UDP modullari orasida ulanish o‘rnatilishini talab qilmaydi.
UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to‘plamini kafolatlaydi, jumladan:
-jarayonlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati;
-xatoliklarni nazoratlash.
UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi – ma’lumotlar keraklicha davomli vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi.
Internet – ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP protokoliga qaraganda quyidagi to‘rtta afzalliklarga ega:
-ulanish o‘rnatilishi protsedurasi mavjud emas – uzatish jarayoni kechikishi kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan bog‘langan UDP portlarga misollar keltirilgan
-ulanish xolati xaqida axborot mavjud emasligi - UDP server TSR serverga nisbatan ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
-sarlavha o‘lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TSR 20bayt;
-ilova tomonidan ma’lumotlar uzatilishi boshqarishining yaxshilangan mexanizmi – real vaqt ilovasi ma’lumotlar uzatilish minimal tezligiga cheklao‘ qo‘yishi – tovushli paketning kechikishi <150ms.
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga IP protokoli xizmatlaridan kam farqlanuvchi transport xizmatlarini taqdim etadi.
IP-paket sarlavhasiga UDP protokoli UDP-paket sarlavhasi ko‘ringishida xizmat axborotini qo‘shadi (13.2-rasm).
13.1- rasm. Transport satxi amaliy satxlar orasida fizik ulanishni emas, mantiqiy ulanishni ta’minlaydi
Jo‘natuvchi porti
|
|
Qabul qiluvchi porti
|
Uzunligi
|
|
Yig‘indi nazorat
|
Ma’lumotlar
|
…
|
13.2-rasm. UDP-paket formati
Jo‘natuvchi porti (Source Port) – maydon deytagramma uzatgan ishchi stansiyaning portini ko‘rsatadi. Shu portga javob deytagrammani yuborish lozim. Agar mazkur maydondan foydalanilmasa, u nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qiluvchi porti (Destination Port) – maydon paket yetkaziladigan ishchi stansiya portini identifikatsiyalaydi.
TCP/IP bazasidagi Internet mijoz/server muhitida, server amaliy satx protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, bu mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. Umumiy ma’lum portlar tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlar tomonidan foydalaniladi, 0 dan 1023 gacha diapazondagi sonlar bilan nomerlanadi. Masalan, 25 port - SMTP (Pochtani jo‘natish oddiy protokoli) protokoli, 80 port – HTTP protokoli.
13.3-rasmda UDP deytagrammada port nomerining grafik talqini keltirilgan.
Uzunlik (Length) – bu maydon xam sarlavha, ham ma’lumotlarni hisobga olib, oktetlarda UDP-paket uzunligi xaqida axborot beradi. Uzunlikning minimal qiymati sakkizga teng.
Yig‘indi nazorat (Checksum) - bu maydon paket sarlavhasi, psevdosarlavha va paketdagi foydali yuklama maydoni ma’lumotlarini to‘g‘ri uzatilishini tekshiradi. Agar ushbu maydondan foydalanilmasa, ular nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qilayotgan ishchi stansiyada realizatsiyalangan IP modul, agar paket sarlavhasida yuqori satx protokoli UDP protokoli ekanligi ko‘rsatilsa, IP modul tarmoqdan kelayotgan IP-paketni UDP modulga uzatadi. IP moduldan UDP modul paket olganida, u paket sarlavhasida mavjud yig‘indi nazoratni tekshiradi.
13.3-rasm. UDP deytagrammada port nomeri
Agar yig‘indi nazorat nolga teng bo‘lsa, demak, uzatuvchi uni hisoblamagan bo‘ladi. UDP va TCP protokollarida yig‘indi nazoratni hisoblash bir algoritmda bajariladi (RFC-1071), lekin UDP-paket uchun uni hisoblash mexanizmi ayrim o‘ziga xos xususiyatga ega. Xususan, UDP-deytagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, bu xolda unga, algoritmni unifikatsiyalash uchun, xech qayerga uzatilmaydigan nolli bayt qo‘shiladi.
13.1-jadvalda internet-ilovalar protokollarini amaliy va tarmoq.
13.1-jadval
Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
Ilova
|
Amaliy satx protokoli
|
Transport satxi protokoli
|
Port
|
Email
|
SMTP
|
TCP
|
|
WWW
|
HTTP
|
TCP
|
|
File transfer
|
FTP
|
TCP
|
|
Remote File server
|
NFS
|
UDP
|
|
IP telefoniya
|
H.323
|
UDP
|
1719
|
IP telefoniya (IMO, Skype)
|
SIP
|
UDP
|
5060
|
Domain Name Service
|
DNS
|
UDP
|
53
|
Simple Network Management Protocol
|
SNMP
|
UDP
|
161
|
UDP protokoli xaqida batafsilroq axborotni RFC-768 topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |