Boys-Kodd normal shakli
Hattoki, uchinchi normal shaklda bo’lgan munosabatlarda ham
nonorma’lik bo’lishi mumkin. Bu tranzitiv bog’lanishlar bilan aloqador.
Hamma tranzitiv bog'liqliklardan quti -lish mumkinmi, degan tabiiy
savol tug‘iladi. Bu savolga ijobiy javob beriladi. TRENER
munosabatini ko'raylik. Bu munosabatga qu yidagi talablar qo'yilgan
bo’lsin:
sportchi bitta yoki bir nechta sport turiga qatnashishi mumkin;
sportning bir turi bo'yicha bir nechta murabbiylar bor;
har bir murabbiy faqat bitta sport turi bo‘yicha murabbiylik qilishi
mumkin.
Trenerlarning familiyasi , ismi va otasining ismi bir xilda emas, deb
hisoblavmiz. Sportchi bir nechta sport turi bilan shug‘ullanishi mumkin
bo’lgani uchun SPORTCHI_RA-QAMI atributi SPORT_TURI atributini
aniqlamaydi.
Bundan
tashqari,
sportchi
bir
nechta
trenerda
shug’ullanishi mumkin bo’lgani uchun, SPORTCHI_RAQAMI atributi
MURAB-BIY
atributini
ham
aniqlamaydi.
Shu
asosda
SPORTCHI_RAQAMI atributi o’z- o‘zidan kalit bo’la olmaydi.
(SPORTCHI_RAQAMI, SPORT_TURI) juftligi MURABBIY
atributini,
(SPORTCHI_RAQAMI,
MURABBIY)
birligi
esa
SPORT_TURI atri butini aniqlaydi. Demak, shu juftliklardan ixtiyoriysi
kalit bo’lishi mumkin. Ikkita yoki undan ortiq kalit bo’lishi mumkin
bo’lgan atributlarni
kalitga nomzodlar
(candidate keys) deb atagan edik.
Kalitga nomzodlar safidan tanlangan kalitni esa
birlamchi kalit
(primary
key) deb atagan edik.
Kalitga nomzodlardan tashqari yana bitta funksional bog’lanish
mavjud. MURABBIY atributi SPORT_TURI atributini aniqlaydi.
Chunki, ixtiyoriv murabbiy faqat bitta sport turidan trenerlik qiladi,
uning familiyasi, ismi sharifini bilgan holda, uning mutaxassisligini
aniqlash mumkin. Ana shuning uchun MURABBIY atributi determinat
bo’ladi.
TRENER
SPORTCHI_RAQAMI
SPORT_TURI
MURABBIY
50
100
130
160
100
200
130
Qilichbozlik
Voleybol
Futbol
Suzish
Suzish
Voleybol
Suzish
Salimov M.
Barayev A.
Safayev D.
Aliyev B.
Minayev M.
Barayev A.
Aliyev B.
Ta rif bo’yicha TRENER munosabati birinchi normal shaklda.
Kalitsiz atributlari bo’lmagani uchun, kamida bitta atributi minimum
bitta kalitning tarkibiy qismida ishtirok eta di, TRENER. munosabati bir
yo'la ikkinchi normal shaklda ham. Tranzitiv bog’lanishlari bo’lmagani
uchun, bu munosabat uchinchi normal shaklda ham. Lekin shunday
bo’lishiga qaramasdan, bu munosabatda nonormallik mavjud.
Sababi quyidagicha. Faraz qilavlik, 2 00 raqamli sportchi sport
to'garagini tark etmoqchi. Agarda 200 raqamli sportchi to'g'risidagi
kortejni olib tashlasak, Barayevning voleybol bo'yicha murabbiyligi
to'g'risidagi ma’lumotni yo‘qo-tamiz. Bu munosabatdan
olib tashlashdagi
nonormallik
.
Endi
biz
munosabatga
Sharipovning
gandbol
bo'yicha
murabbiyligini kiritmoqchimiz, deylik. Buni, gandbol bo'yicha
Sharipovda shug’ullanmoqchi bo’lgan kamida bitta sportchi paydo
bo’lmaguncha, amalga oshirib bo’lmaydi! Bu,
munosabatga go 'shilishdazi
nonormallik.
Boys-Koddning normal shakli munosabatning hamma nomzod
kaiitlaridagi funksional bog’lanishlarga asoslangan. Yuqorida keltirgan
vaziyatlarni hal qilishda Boys -Kodd normal shaklidan foydalaniladi:
agarda munosabatning har bir determinanti kalitga nomzod bo’lsa, shu munosabat
Boys-Kodd normal sltaklida deyiladi
.
TRENER inunosabati Boys-Kodd normal shaklida emas.
Yuqorida
keltirilgan tahlillar asosida TRENER munosabatini ikkita munosabatga
ajratamiz. Masaian, SPORTCHI (SPORTCHI_ RAQAMI, MURABB1Y)
va
MURABBIY_SPORT
(MURABBIY,
SPORT_TURI)
munosabatlariga ajratsak, bularda nonormallik bo’lmaydi va ular
BKNShda bo’ladi.
BKNSh funksional bog’lanishlarga aloqador nonormalliklarga ega
emas, munosabatlarni o‘zgartirishda endi nonormallik holatlari bundan
buyon yuz bermaydi deb hisoblanganda aloqasiz holatda ham bo’lishi
mumkinligi aniqlanadi.
Xulosa
Har qanday axborot tizimining asosiy tuzilishida BBB tizimlari yotadi BBB
tizimining paydo bo'li-shining negizida, albatta axborotning aniq voqelikdagi
obyektning tashkil etuvchisi sifatida qaralishidir. Ana shu
sababdan, BBB
tizimlarning paydo bo'lishi, deyarli hamma tashkilotlarning ish usullarini
о‘zgartirishga olib keldi.
Hozirgi kunda BBBT ilmiy izlanishlardagi jadal rivojlanayotgan
obyekdardan biri bo‘lib, ko‘pchilik juda muhim masalalar uchun hali qoniqarli
natijalarga erishilmadi.
Berilganlarning modeli muammolari eng boshlang'ich izlanishlardan boshlab
nazariy tadqiqotning eng markuzida bo’lib keigan. Chunki tadqiqotchilar,
modelning rivojlanishi turli predmet sohalarga tegishli bo'lgan berilganlarning
iaqdimotini BBB tizimlarini yaratilishidagi maqsadga:
•
тоs ravishda akslantiridi;
•
о’zaro moslik darajasini aniqiaydi;
•
texnologik maqsadlarga erishiladi, deb hisoblaganlar.
Shuning uchun ham, berilganlammg turli modellari yaratilgan va haqiqatan
ham, ana shu modellardagi turli nazariy asoslar, modellashtirish uchun varatilgan
turli maxsus muhitning yadrosiga aylangan.
Hozirgi kundagi BBB tizimlarini berilganlar modelida varatilgan nazariy
asoslarsiz tasavvur etib bo 'Imaydi.
Relatsion modellarning muhimligiga asosan uchta sabab bor. Birinchidan, relatsion
modellarning konsturiksiyasi keng va umumiy tavsifnomaga ega bo`lib, berilganlar
bazasining tuzilishini BBB tizimlariga bog`liq bo`lmagan xolda tavsiflash
imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, relatsion model deyarli hamma BBB tizimining
asosini tashkil qiladi. Uchunchidan, axborot tizimlarining “yuragi” ni tashkil
etuvchilar, bu berilganlar bazasining relatsion modelidir.
Shularga asosan, relatsion model tamoyillarini tushunish zamonoviy mutaxasisning
asosiy bilim “qurol” laridan biriga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |