Tarif 4.
Relatsion berilganlar bazasining chizmasi bazani tashkil etuvchi
munosabatlarning tanasi (qiymati) dan tuzilgan tuplamidan iborat.
Tarif 5.
Relatsion berilganlar bazasi chizmasining nusxasi bazani tashkil etuvchi
munosabat-larning tanasi (qiymati) dan tuzilgan to’plamdan iborat.
Munosabat va oddiy jadvallar (relatsion ma’noda emas) orasidagi asosiy farqlar:
Munosabatda bir xildagi kortejlar bo’lishi mumkin emas, chunki munosabat
tanasi to’plamdan iborat bo’lgani uchun, unda bir xildagi elementlar bo’lishi
mumkin emas. Aksincha, jadvalda bir xildagi satrlar bo’lishi mumkin.
Munosabat kortejlari tariblangan emas. Jadvalda esa, har bir satr o’z joyida
bo’lishi kerak.
Sarlavhadagi atributlar tartblangan emas. Jadvaldagi tartibi esa fiksirlangan.
Atributlarni barcha qiymati skalyar. Jadval yacheykasida har narsa bo’lishi
mumkin. Jadval munosabatga aylanishi uchun:
Oddiy tuzilishga ega bo`lishi, ya’ni har bir satrda ustunlar soni bir xil
bo`lishi kerak;
Ikkita bir xildagi satr bo’lmasligi kerak
Ustunda bir xil turdagi qiymatlar bo`lishi kerak;
Berilganlar turi oddiy bo`lishi shart;
Munosabat tanasi kortejlarini to`plamdan iborat bo`lgani uchun,
munosabatda n ta atribut bo`lsa, kortejlar n o`lchovli , ya’ni munosabatda n darajali
bo`ladi , 2- darajali munosabat binar, 3- darajali ternar, n- darajasi esa n ar deb
yuritiladi. Boshqacha qilib aytsak , atributlar soni munosabatning darajasini
bildiradi. Munosabatdagi kortejlar to`plami (jadvaldagisatrlar soniga o`xshash)
uning quvvati yoki kordinalligi deb ataladi.
Matematikada odatda ko`proq binar munosabatlar ishlatilsa , berilganlar
bazasining nazariyasida esa asosan n- darajali munosabatlar ishlatiladi.
Matematikada munosabatlar cheksiz to`plamlar ustida beriladi va cheksiz quvvatga
ega. Berilganlar bazasida esa aksincha , munosa-batlar quvvati cheklangan, chunki
saqlanadigann jadvalarda satrlarning soni hamma vaqt chek-langan bo`ladi.
Shu nuqtyi nazardan BB relatsion modeli, turli artdagi cheklangan
munosabatlarning oldindan aniqlangan elementlar berilganlar to`plamiorasidagi
cheklabgan termalardan iborat , deyish mumkin.
BB relatsion modeli matematik mantiq ma’nosidagi chekli to`plamdan
iborat. Model-dagi munosabatlar ustida turli algebraga amallarni bajarish mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, matematik mantiqiy va algebraga asoslangan holda, aniq
matematik rasmiyatchilikni talab qiladi. BB relatsion modellariga ishlov beruvchi
zamonoviy tillar , ana shu talablar asosida yaratilgan
(SQL, QBE,PL/SQL VA h.k.).
Munosabat tuzilishning domen indentifikatori va atrebutlar olishi mumkun
bo`lgan qiymatlarning ixtiyoriy cheklashlar bilan avsifini, ba’zan uning sarlovhasi (
yoki mazmuni- intension) deyiladi. Odatda, yangi atributlar qo`shilmaguncha
munosabatning ma’nosi o`zgar-maydi , u fiksirlangan bo`ladi. Kortejlar ma’lum
vaqtdan keyin o`zgarishi mumkin.
Muqobil atamalar
Relatsion modelda ishlatiladigan atamalar ba’zan chalkashliklarga oib
keladi, chunki yuqorida biz keltirgan atamalardan tashqari yana boshqa bir atamalar
mavjud. Unda munosabat – fayl, kortej-yozuv, atributlar – maydon deyiladi. Bu
atamalar, BBBT fizik jihatdan har bir muno-sabatni alohida fayllarda saqlashidan
kelib chiqqan. Bu atamalardan programmachi ko`proq foydalanadi. Quydagi
jadvalda ana shu muqobilnatamalarni keltiramiz.
Rasmiy
atamalar
Foydalanuvchi atamalari
Programmachi atamalari
Munosabat
Kortej
Atribut
Jadval
Satr
Ustun
Fayl
Yozuv
Maydon
Munosabat quydagi tavsiflarga ega:
Munosabat relatsion chizmadagi hamma nomlardan boshqacha nomga ega;
Munosabatninh har bir katagi faqat bitta elementar qiymatga ega;
Har bir atribut noyob isimga ega;
Atributning qiymatlari bitta domendan olinadi;
Har bir kortej noyob hisoblanadi, ya’ni ikkita bir xildagi kortej bo`lishi
mumkin emas;
Atributlarning kelish ketma- ketlik ahamiyatsiz;
Nazariy jihatdan munosabatda kortejlarning kelish ketma-ketligi
ahamiyatsiz.
Lekin amaliyotda kortejlarning kelish tartibi ularga kirish samaradorligiga
ta’sir qilish mumkin. Quydagi jadvalda relarsion atamalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: