6-sinf
QUYI CHIRCHIQ TUMANI 13-UMUMTA’LIM MAKTABINING BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI BEGMANOVA FERUZA
O‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi. - Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.
- Daraxtlar - bitta yo'g'on yog'ochlashgan tanali, baquv-vat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo'yli ko'p yil-lik o'simliklar. Olma, o'rik, yong'oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq; qarag'ay va terakniki g'uj va tik; sadaqay-rag'ochniki sharsimon bo'ladi
- Tabiiy holda o'sadigan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Tog'laming o'rta qismidagi arena bo'ydor bo'lib o'ssa, eng balandliklardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko'tariladi, xolos. Bu hoil o'simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
Butalar - bir nechta yog'ochlashgan poya - tanaga ega ko'p yillik o'simliklar. Ildizdagi qo'shimcha kur-taklardan yangi yosh novdalar o'sib chiqadi. Bularga irg'ay, singirtak, na'matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o'simliklami misol qilib keltirish mumkin. - Yarimbutalar poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan yem-xashak o‘simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.
Teresken
- Ko‘p yillik o‘tlar – yer usti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi. Ko‘p yillik o‘tlar, ayniqsa, tog‘larda keng tarqalgan.
- Ikki yillik o‘tlar – urug‘ dan ko‘karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg (to‘pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarid a oziq modd alar to‘p laydigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili poyachi qaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg‘om, sigirquyruq va boshqalar kiradi
Lavlagi
- Bir yillik o‘tlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir yil ichida o‘sadi, gullaydi va meva (urug‘) tugib, o‘z hayotini tugatadi.
- O‘zbekistonda uchraydigan o‘simliklarning yarmidan ko‘prog‘ini bir yillik o‘simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho‘ra, jag‘jag‘, machin, qora ituzum, baliqko‘z va boshqalar kiradi.
Ageratum
- Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarning juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi.
- Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5–20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaldirmoq, qo‘ytikan kabilarni, bo‘yi 1 m ga yetadigan va, hatto, undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori hamda kanopga o‘xshash o‘simliklarni ham ko‘plab uchratish mumkin.
Savol va topshiriqlar - Daraxtlar, butalar, yarimbutalar ko'p yillik o'tlardan nimasi bilan farq qiladi?
- Yarimbutalarga xos qanday belgilarni bilasiz?
- Qishloq xo'jaligida o'stiriladigan bir yillik o'simliklarga misol keltiring. Ularni madaniy o'simlik deyish mumkinmi? Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |