2O‘zbekiston respublikasi


-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli



Download 1,42 Mb.
bet5/126
Sana22.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#690994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
2O‘zbekiston respublikasi

1-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli

(keltirilgan raqamlar o‘lchami mlrd.frank).
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste’mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun o‘zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 1 mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 2 mlrd. franki esa yer rentani to‘lashga sarflanadi. Shunday qilib makroiqtisodiy bozorlarning balanslashishi ro‘y beradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ekzogen va endogen o‘zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zaxiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi o‘zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh ko‘rsatkichlar tadqiqot ob’ektining ma’lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko‘rsatkichlar misol bo‘ladi. Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlar ma’lum davr oralig‘ida iqtisodiy jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM hajmi, iste’mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar misol bo‘ladi. Oqimlar ma’lum davr mobaynida zaxiralarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan, yil davomida qilingan investitsiyalar iqtisodiyotda to‘plangan kapital hajmi, o‘z navbatida esa, mehnatni kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.
1.3. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi (1.2-rasm).
Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar-tovarlar va xizmatlar” oqimiga qaramaqarshi yo‘nalishda “daromadlar-xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha, korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi yalpi talabni ko‘rsatadi.
Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarish hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish