Sotsial differensiatsiya va sotsial integratsiyani sotsial mobillik va o’zgartirishlar oqibati deb qarash mumkin. Sotsial differentsiatsiya tushunchasi birinchi bo’lib G.Spenser tomonidan qo’llanilgan. Uning fikricha, ijtimoiy evolyutsiya bir vaqtning o’zida differentsiatsiya (bir xillikdan ko’p xillikka o’tish: mehnat taqsimoti, maxsus sotsial institutlar paydo bo’lishi) va integratsiya (organlarning bir-birlariga tobora muvofiqlashib borishi, oddiydan murakkabga o’tishi, umumiy aloqadorlik takomillashuvi), ijtimoiy tartibot mukammalashuvidan iboratdir. E. Dyurkgeym sotsiologik tizimida ham jamiyatdagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlariga e’tibor bergan. U differensiatsiyani aholi zichligining oshishi va shaxslararo va guruhlararo muloqatlar sur’atiga bog’lab tushuntirgan. Odatda differensiatsiya tushunchasi «tafovut» so’zining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu holda u rollar, statuslar (maqomlar), institut va tashkilotlarni turli mezonlar yordamida klassifikatsiya qilishga yordam beradi. Strukturaviy funksionalizm va sistemali yondashuv tarafdorlari (Parsons, Ettsoni va b.) sotsial differensiatsiya bilan sotsial sistemani o’z-o’zini saqlashning Sharti deb qaraydilar. Bunda sotsial differensiatsiyaning yaxlit jamiyat, uning ostki tizimlari, guruhlari darajasida ko’rinishlari qat’iy farqlanadi. Ularning fikricha, quyidagi hayotiy muhim vazifalar - muhitga moslashish, maqsadlarini qo’ya bilish, ichki ixtiloflarni bartaraf etish (integratsiya) va hakozolar bajarilgandagina muayyan tizim mavjud bo’la olishi mumkin. Bu vazifalar esa faqat ozmi-ko’pmi maxsuslashgan institutlar tomonidangina bajarilishi mumkin. Demak, bunga muvofiq sotsial tizimlar ozmi-ko’pmi differensiatsiyalashgan (tabaqalashgan) bo’ladi. Sotsial differensiatsiya o’sishi bilan faoliyatlar ko’p maxsuslashib boradi, shaxsiy va oilaviy aloqalar o’z o’rnini borgan sari odamlar o’rtasidagi shaxssiy narsaviy munosabatlarga bo’ Shatib beradi. Bu munosabatlar ko’proq ramziy vositalar bilan boshqariladi (masalan, iqtisodiy munosabatlar uchun bunday vositachi-pul). Sotsial integratsiya (lot. integratio — to’ldirilish, tiklanish; integer yaxlit, butun) sotsial differensiatsiya nisbatdosh tushunchadir. Ho’zirgi zamon sotsiologiyasi tizimlar nazariyasidagi integratsiya tushunchasidan foydalaniladi. Unga ko’ra, integratsiyada alohida differensiatsiyalashgan qismlarning bir butun qilib turuvchi aloqa va shu holatda olib keluvchi jarayon tushuniladi. Integratsiya turli xil sotsial sub`ektlar—individlar, tashkilotlar, davlatlar va hakozolar o’rtasida ixtilofsiz munosabatlar bo’lishini ko’zda tutadi. Sotsial tizimlar integratsiyasining darajasi va mexanizm to’g’risidagi qarashlar tarixan o’zgarib kelgan.
Ho’zirgi jamiyatda integratsiya muammolari bir qator mexanizmlar yordamida hal qilinmoqda. Umumiy huquqiy tizimlar, ko’ngilli assotsiatsiyalar, hamjamiyat azolari huquq va imtiyozlarini kengaytirish, ramziy vositalar umumiylik darajasini oshirish va hakozolar ana shulardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa hamjamiyati, qolaversa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
Funksional bo’lmagan sotsiologik yo’nalishlar tarafdorlari (Bendiks, Gouldner) funksionalchi sotsiologlar sotsial integratsiya ahamiyatini mutloqlashtirishdan ogohlantiradilar. Ularning fikricha, haddan tashqari, batamom sotsial integratsiya amaliy nuqtai nazardan xatto zararlidir, Chunki u sotsial tizimni harakatsiz va mo’rt qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |