28”08. 2021-yil “Kiyim mayda detallariga ishlov berish” fanidan


Namlab-isitib ishlash jihozlari va moslamalari



Download 3,56 Mb.
bet23/61
Sana17.07.2022
Hajmi3,56 Mb.
#818221
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
Kiyimlarni mayda detallariga ishlov berish

Namlab-isitib ishlash jihozlari va moslamalari

Kiyim tikishdagi asosiy namlab-isitib ishlash jihozlari va moslamalariga dazmol, dazmollash stoli, presslar, havo-bug‘ manekenlari va har xil qoliрlar kiradi.




Presslar namlab-isitib ishlashdagi eng sermehnat operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirishga, ish unumini oshirishga, ishlov sifatini yaxshilashga va ishchilar mehnatini yengillashtirishga imkon beradi.


Bug‘-havo manekeni yelkali kiyimlarni uzil-kesil namlab isitib ishlash uchun mo‘ljallangan.


Dazmollash stollari va dazmollar namlab-isitib ishlashda ishlatiladigan asosiy jihozlar hisoblanadi. Har xil operatsiyalarni bajarish uchun bir-biridan vazni, o‘lchamlari va quvvati bilan farq qiladigan dazmollar ishlatiladi.


Dekatirlar gazlamani bug‘ bilan ishlab uning sifatini yaxshilash – zichlash, yumshatish hamda tikish va kiyish paytida kirishishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlatiladi.


Namlab-isitib ishlash moslamalari. Namlab-isitib ishlov berishda mehnat unumdorligini oshirish va buyumni ishlash sifatini yaxshilash uchun har xil moslamalar: qoliрlar, purkagich va dazmolmatolar ishlatiladi.


Qoliрlarning shakli va o‘lchamlari bajariladigan ishlar xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi. Ular operatsiyaning xarakteri va ishlanadigan gazlamaning xiliga mos keladigan movut bilan qoplanadi.


Gazlamani namlagich – purkagichlar ishlanayotgan detalga suv purkash uchun ishlatiladi.


Dazmolmato yupqa polotno gazlama, flanel, paxmoq yoki zig‘ir tolali gazlamadan qilinadi. Dazmolmato orqali dazmollangan kiyim sirti kuymaydi va yaltiramaydi.

Namlab-isitib ishlash tartibi

Namlab-isitib ishlov berishga turli materiallar har xil ta’sir etadi, u materialning tolali tarkibiga, buralish darajasiga, materialning to‘qilishiga, ishlov beriladigan detalning qalinligiga va hokazolarga bog‘liq. Shuning uchun talab qilingan sifatni ta‘minlash, material uchun xossasini saqlash, ish unumini oshirish, ishlov berish tartibini to‘g‘ri tanlash va unga rioya qilish kerak.


Namlab-isitib ishlash tartibi deganda ish sifatini ta‘minlovich temperatura, namlik, ularning ta’sir etish davomiyligi va bosimi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Ishlov berish jarayonini tezlashtirishga ta’sir etuvchilardan biri namlik bo‘lib, uning miqdori material turiga bog‘liq. Ortiqcha namlik ishlov berish vaqtini uzaytiradi, ish unumini pasaytiradi, sifatini yomonlashtiradi.


Material o‘z xossasini o‘zgartirmaydigan darajagacha isitiladi.


Тemperatura tolaning issiqbardoshligiga bog‘liq bo‘ladi, yo‘l qo‘yiladigan ortiqcha qizdirish materialning mustahkamligini pasaytiradi va rangini o‘zgartiradi, xatto materialni yemiradi. Dazmollash sirtining buyumga tegib turish davomiyligi dazmollanayotgan buyumning materialiga va qilinligiga bog‘liq.


Namlik-issiqlik ishlovi dazmollash (dazmol bilan), presslash (press yordamida) va bug‘lash (bug‘ manekenlari yordamida) orqali bajariladi.




Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish