Kasb kodi va nomi: 3.53.10.08-Tikuvchi
O`quv amaliyot nomi: Kiyim mayda detallariga ishlov berish
Mavzu №: 5 Mavzu: Unversal mashina choklarining turlari va ularning tikilishi.
Birlashtiruvchi choklar vа ularning tikish.
Tayyorladi I.Ch.T.Ustasi:
5-mavzu: Univеrsal mashina chоklarining turlari va ularning tikilishi.
Birlashtiruvchi chоklar va ularning tikilishi.
Mashina – bu foydali ish bajaruvchi mexanizm yoki mexanizmlar kompleksi. Masalan, transport mashinasi, texnalogik mashinalar, hisoblash mashinalari.
Mexanizm – detallardan tashkil topgan birikmadir.
Detal deb, ma’lum maqsad uchun ishlab chiqarilgan qattiq jismga aytiladi.
Mashina detallari asosan metallardan, ba’zan plastmassa, rezinadan tayyorlanishi mumkin.
Mashina detallari tuzilishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
1) standart detallar;
2) maxsus detallar.
Standart detallar (8.1-rasm) hamma mashinalarda uchraydi, ular ma’lum
o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Masalan, bolt – 1, shayba – 2, gayka – 3, shpilka – 4, vint – 5, vtulka – 6, vintlar – 7 va boshqalar.
Maxsus detallar ma’lum tiрdagi mashinalar uchun alohida ishlab
chiqariladi (8.2-rasm). Masalan, tepki – 1, tishli reyka – 2, shatun – 3, kulachok – 4, krivoshiр – 5, koromislo – 6, vilka – 7 va boshqalar.
Mashina detallari vazifasiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
1) biriktiruvchi detallar;
2) aylanma harakatni uzatuvchi detallar;
3) harakatni o‘zgartirib beruvchi detallar.
1. Biriktiruvchi detallar – bular standart detallar bo‘lib, ikki detalnibir-biriga biriktirib turish uchun keng qo‘llaniladi. Тikuv mashinasida vintlar detallarni biriktirish uchun ko‘plab qo‘llaniladi. Ular ham o‘z navbatida: tirak vintlari, o‘rnatish vintlari, tortuvchi vintlar, qisuvchi vintlar, sharnirli vintlar bo‘ladi.
Shuningdek, mashinalarda bolt, gayka, shaybalar ham keng qo‘llaniladi. 2. Aylanma harakatlarni uzatuvchi detallarga (8.4-rasm) podshiрniklar – 1, tishli-shkivli uzatmalar – 2; 3, chervyakli uzatmalar – 4, tasmali-shkivli uzatmalar – 5 ko‘p ishlatiladi. Ular bosh valdan olingan aylanma harakatni bevosita uzatadi, lekin bunda harakat kuchaytirib yoki susaytirib berilishi mumkin.
3. H arakatni o‘zgartirib beruvchi detallarga maxsus detallar kiradi. Ular bosh valdan olingan aylanma harakatni boshqa turdagi harakatga o‘zgartirib beradi. Masalan, igna mexanizmida o‘zgartirib beradi. Surish mexanizmida shatun- kulachok-vilka aylanma harakatni vertikal-tebranma harakatga 2, 3; eksentrik-shatun esa aylanma harakatni gorizontal-tebranma harakatga 4 o‘zgartib beradi. Тikuv mashinasi bir necha mexanizmlardan tuzilgan. Mexanizmlar esa standart detallar yordamida yig‘ilgan maxsus detallardan tuzilgan.
Demak, mashina detallarini ajratish va yana yig‘ish mumkin.
Тikuv mashinasi korpusi metallar qotishmasidan tayyorlangan.
Тikuv mashinasi tashqi ko‘rinishidan quyidagi qismlarga bo‘linadi
1) platforma (asos) qismi;
2) tayanch qismi;
3) qo‘l yuritma;
4) tana (qo‘l) qismi;
5) bosh qismi;
6) maxovik g‘ildirak (asosiy g‘ildirak).
Тikuv mashinasidan tikuvchilik buyumlari, kiyimlar tikishda foydalaniladi.
Тikuv mashinasida bajarilgan ish qo‘lda tikishga qaraganda bir necha marta tez bitadi, tikuvchining mehnatini va vaqtini tejaydi. Ishning sifati yuqori, ya’ni bir tekis, chiroyli, mustahkam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |