2. Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish mezonlarini belgilang.
Bo'lajak mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy sifatlari professional-kasbiy fazilat bo‘lib, oliy maktabda amalga oshirilayotgan pedagogik jarayonda shakllanadi. Bu yagona jarayonda professional tayyorgarlik bilan tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari: aqliy ta’lim, mehnat, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik va boshqa tarbiyalar uzviy ravishda bog‘langan holda o‘sib rivojlanadi. Ularning birini ikkinchisidan ajratgan holda rivojlantirib boMmaydi. Demak, bo‘lajak mataxassislarning professional axloqi umuminsoniy va milliy-ma’naviy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida shakllana boradi. M a’naviy-axloqiy tarbiya yoshlarni axloqiy jihatdan rivojlanishiga olib kelishi va unga stimul bo‘lishi lozim. Lekin bunga erishish uchun axloqiy tarbiya berishni tashkil etuvchilar axloqiy taraqqiyotda obyektiv va subyektiv omillarning o‘zaro ta’sir o‘tkazishini e’tiborga olishlari zarur. Bu o ‘zaro ta’sir tarbiyalanuvchidagi ichki qaram a-qarshilikni aks ettiradi. Ana shu ichki qarama-qarshiliklar m a’naviyaxloqiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. M a’naviy-axloqiy rivojlanishning texnologiyasini, mexanizmini uning tarkibiy qismlarini aniqlab chiqqan taqdirdagina tushunish mutnkin. Axloqiy rivojlanish jarayonining asosiy qismlari quyidagilardan iborat: a) tug‘ma layoqat va qobiliyat; b) shaxsiy hayot, turmush tarzi jarayonida hosil bo'lgan odatlar; d)ma'naviy ehtiyojlar. 6. Tarbiya faol jarayon bo‘lish bilan birga, u juda murakkab va yaxlit hodisadir. Oliy o ‘quv yurtlarida axloqiy tarbiya jarayoni yoshlarga axloqqa doir bilimlar berish, talabalarga o ‘qituvchi odobining tushuncha va qoidalarini o ‘rgatish, pedagogik axloqiy e’tiqod, axloqiy hislar, ehtiyoj va o‘qituvchiga xos axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xulqodobga o'rgatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Oliy o‘quv yurtlarida beriladigan axloqiy tarbiya yoshlarni m a’naviy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. T a’lim-tarbiya ta’sirida shaxs axloqiy jihatdan kamolga yetadi. Axloqiy rivojlanish yaxlit jarayon bo‘lib, unda rivojlanayotgan fazilatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq hamda o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. M a’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini keng m a’noda oladigan bo‘lsak, u yoshlarni ma’naviy jihatdan shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri, ijtimoiy munosabatlarning turmushga tatbiq etilishi bo‘lib, vaqtli matbuot, radio, kino, televideniya, adabiyot, san’atning yoshlarga ta’siridir. Talabalarning axloqiy tarbiyasiga faqat rejali, biron aniq maqsadni ko‘zlab uyushtirilgan omillargina emas, balki stixiyali faktorlar — ijtimoiy hayot, turmush tarzi talabalarning faoliyati, aktivligi ham ta’sir o‘tkazadi. Talabalarning m a’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini torroq ma’noda oladigan bo‘lsak, u oliy o‘quv yurtining professoro'qituvchilar jamoasi, fakultet, guruh jamoalari, jamoat tashkilotlarining biror aniq maqsadni ko'zlab bo‘lajak mutaxassislarning axloqiy rivojlanishiga faol ta’sir etishidir 7. M a’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni obyektiv-subyektiv ta ’sir va sabab-oqibat bogManishlardan iborat boigan ikki tom onlam a jarayondir. Sabab-oqibat bog'lanishlarning muhim belgisi shundan iboratki, oqibat o‘z navbatida uni vujudga keltirgan sababga ta’sir etadi. Har bir ayni m unosabatda sabab bilan oqibat o‘zaro ta’sir o‘tkazayotgan omilgagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki tarbiyalanuvchining shaxsiga ham , uning atrofidagi odamlarga munosabati, intilish 'va faoliyatining xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ta’sir amalga oshirilayotgan, talabalar jalb etilayotgan aniq sharoitlarni, albatta, e ’tiborga olish lozim. Har bir talaba jamoaning, jamiyatning a’zosi. U m a’lum bir ijtimoiy munosabatlar mavjud bo'lgan sharoitda yashaydi, harakat qiladi. Ana shu ijtimoiy munosabatlar qanchalik boy va xilma-xil bo‘lsa, kishining m a’naviy dunyosi shunchalik keng va mazmunli bo‘ladi. Har turli obyektiv ta’sirlarga nisbatan talaba m a’lum bir subyektiv munosabatda boMadi. Oliy o‘quv yurtida amalga oshiriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida yoshlarning ruhiyatiga, ularning ongiga ta’sir etiladi. Bu umuminsoniy va milliy axloqning prinsiplari va pedagogik odob qoidalarini har bir bo‘lajak mutaxassis ongiga yetkazish, singdirish demakdir. BoMajak har bir mutaxassisning axloqiy jihatdan shakllanishi undagi ruhiy sifatlarni, qarashlar, ideallar, intilish, fikr-mulohaza, hissiyot va e’tiqodlarni kamol toptirish, o ‘stirishni taqozo qiladi. Talabaning boshqa kishilarga, o ‘qishga va ijtimoiy foydali mehnatga subyektiv munosabati ko‘p jihatdan, mehnatni va turmush tarzini qanday uyushtirishga bog‘liqdir. 8. Talaba yoshlarning subyektiv munosabatlari ularning atrofdagi kishilar, muhit bilan aloqasi natijasida hosil boMadi. Hosil bo‘lgan bu munosabatlar yoshlar axloqining o ‘sishi, xulqining shakllanishida real omil bo‘lib qoladi. Shaxsiy munosabatlar hamma vaqt individual xususiyatga egadir. Shaxsiy munosabatlar boMmasa, kishida ma’naviy-axloqiy o'sish ham boMmaydi. Axloqiy kamolot, rivojlanish uchun, albatta, boshqa kishilar bilan m uloqotda bo‘lish lozim. Chunki har qanday ruhiy sifat obyektiv borliqning in'ikosi boMish bilan birga, kishining tevarak-atrofidagi muhit bilan ham faol munosabatda bo‘lishining mahsuli, odam lar orttirgan tajribani egallab olishning natijasi hamdir. Demak, talabalarni aktiv faoliyatga jalb etish, ularni tevarak-atrofdagi muhitni, ijtimoiy hayotni o ‘zgartirish sohasidagi ishlarga faol qatnashtirishning ahamiyati juda katta. 9. Yigit va qizlarning axloqiy rivojlanish jarayoni murakkab va xilma-xil bo‘lishidan tashqari, ziddiyatli hamdir. Bo‘lajak mutaxassisning axloqiy rivojlanishi bilan tevarak-atrofdagi muhit o‘rtasida, shuningdek, uning o‘z ruhiy holatida ro‘y beradigan qarama-qarshiliklarsiz sodir bo‘lmaydi. Psixolog olimlar bu qarama-qarshiliklami tahlil qilib, ularni uch guruhga bo‘ladi. Birinchisi, turli tashqi omillar o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar. Bunga keng ijtimoiy muhit bilan mikro muhit o ‘rtasidagi, shuningdek, oliy o‘quv yurti bilan oila, korxona va boshqa jam oalar o ‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kiradi. Ikkinchisi, tashqi omillar bilan ichki omillar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Bunda kishiga qo‘yiladigan talablar bilan uning shaxsiy imkoniyatlari, talabaning bajarishga qurbi yetishi yoki yetmasligi o'rtasidagi qarama-qarshiliklar; yangi talablar bilan kishidagi mavjud qarashlar, e’tiqod va xulqiy odatlar o‘rtasidagi, shuningdek, tashqi talablar bilan shaxsning o ‘z-o‘ziga bo'lgan talabchanligi o'rtasidagi qarama-qarshiliklar kiradi. Uchinchidan, turli ichki omillar o'rtasidagi qaramaqarshiliklar. Bunga ong va hissiyot o‘rtasidagi; kishining o‘z ijtimoiy shaxsiy qimmatini anglash bilan ijtimoiy va shaxsiy manfaatlari o'rtasidagi; talablar darajasi bilan kishidagi qobiliyat va imkoniyatlar o‘rtasidagi; yaxlit hislar, ong elementlari bilan aw aldan qaror topgan xulqiy odatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |