28-variant
Shaxs ma’naviyatining kasbiy ma’naviyat bilan uzviyligi va o‘ziga xosligi.
Shaxc deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga nisbatan shaxsiy munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u mukammal shaxs sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topadi. Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning uchun odamga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari (muhit) va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda nasliy xususiyatlarning takomillashib borishi odamning rivojlanib, shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishi23 ning umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, shaxs faolligining o‘rni va rolini ham o‘rganishi lozim. Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilamiz. Odam biologik mavjudot sanaladi, uning rivojlanishiga tabiiy qonunlar, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sir etadi, insonning kamol topishiga zamin yaratadi. Bulardan tashqari, komil inson bo‘lib yetishuvda aniq maqsad uchun bo‘lgan xatti-harakat, iroda sifatlari asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar), turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h. k.), shuningdek, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosobatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga egadir. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi ham muhim. Mana shu sifatlarni anglash va ularni to‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar jarayonida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Demak, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudotdir .Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va keyin hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik xususiyatlar, faoliyat va xatti-harakatning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi jarayonidir. Pedagogikada «Shaxs» tushunchasi «Inson» tushunchasidan farqli o‘laroq, insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |