Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to’lanadigan to’lov.
Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to’lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko’ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko’rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog`liq bo’lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;
barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;
barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;
barcha yerlarning unumdorligi bir xil.
Yer taklifi absolyut elastik bo’lmagani uchun, yer taklif chizig`i vertikal ko’rinishda bo’ladi (12.24-rasm).
Yerga bo’lgan talab chizig`i (yer unumdorligining pasayish qonuniga ko’ra) manfiy yotiqlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |