2.22-rasm. Yer taklifi.
Taklif chizig`ining absolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir gektariga) qanchalik oshmasin, yer taklifi o’zgarmaydi. Yerning real narxi qanday bo’lishini aniqlash uchun unga bo’lgan talabni tahlil qilish kerak bo’ladi. Taklif o’zgarmasa, bozor narxini o’rnatilishida talab katta rol o’ynaydi.
Yerga talab. Yerga bo’lgan talab ikki xil bo’ladi: qishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan yerga talab va noqishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan talab.
D q Dqg’x qDnoqg’x ,
bu yerda D - umumiy talab;
Dqg’x - qishloq xo’jaligi uchun talab;
Dqg’x - noqishloq xo’jaligi talabi.
Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (12.23-rasm).
Bu yerda qishloq xo’jaligi uchun bo’lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o’zgarmaganda foydalaniladigan yerning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o’ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |