28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

 
 
 


 
77 
MAVZU-18. «BUXGALTERIYA  HISOBI SCHYOTLARINING REJASI» 
                                         (Ma’ruza-2 soat) 
 
Reja 
1.
 
Schyotlar rejasi nima? 
2.
 
Balansdan tashqari schotlar? 
3.
 
Tranzit schyotlar? 
4.
 
Aktiv va passiv schyotlar? 
 
Tayanch iboralar: 
Uzoq muddatli aktivlar, Joriy aktivlar, Majburiyatlar, Xususiy 
kapital, Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi, Balansdan tashqari 
schyotlar. 
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, 
uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. 
Bozor  munosabatlari,  mulkchilikning  har  xil  shakllarini,  korxonalar 
mustaqilligini rivojlantirishga mo’ljallangan xo’jalik mexanizmi bux-galteriya hisobi 
schyotlar  rejasining mazmuniga va tuzilish tarkibiga  yangi-cha qarashni talab etadi. 
YAngi hisob ob’ektlarining yuzaga kelish munosaba-ti bilan endi amadtsagi schetlar 
rejasiga  kichiq  o’zgartirishlar  kiritish  va  modifikatsiyalash  bilan  cheklanib 
bo’lmaydi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish,  ishlab  chiqarishni  boshqarishda  buxgalteriya 
hisobi  rolining  oshishi,  uning  umumiy  va  boshqaruv  turlariga  bo’linishi 
axborotining  hajmiga  va  tegishli  tartibda  schyotlar  rejasining  mazmuniga  yangi 
talablarni qo’yadi. 
Demak,  halq  xo’jaligini  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishi,  har  xil  mulkchilik 
shaklidagi  korxonalarning  rivojlanishi,  xalqaro  andozalarga  mos  bo’lgan  hisob 
tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi. 
Shu  munosabat  bilan,UzbekistonRespublikasiMoliya  vazirligining  2002  yil  9 
sentyabrdagi 103 - sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 
Mshshiy (BHMA) (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi subhektlarning moliyaviy - xo’jalik 
faoliyata  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  va  uni  g’hllash  bo’yicha  yo’rshryumalni 
tasdiqpadi  va  u  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirli-gi  tomonidan  2002  yil  23 
oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 
Ushbu  andoza,  byudjet  muassasalari  va  banklardan  tashqari,  mulk  shakl-laridan 
qathi nazar barcha xo’jalik  yurituvchi subhektlar tomonidan 2004 yil 1  yanvardan 
boshlab ijro etilishi shart. 
U  shbu  schyotlar  rejasini  tizimga  keltirilgan  schyotlar  ro’yxati  deb  tahrif-lash 
mumkin. 
 Schyotlar  rejasi  jami  bo’lib  249  ta  balansli  va  14  ta  balansdan  tash-qari 
schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslash-tirilgan. 
Barcha  schyotlar  oltita  qism  bo’yicha  tizimga  keltirilgan  bulib,  ular  quyi-
dagilardan iborat: 
I.
 
Uzoq muddatli aktivlar; 
II.
 
Joriy aktivlar; 
III.
 
Majburiyatlar; 


 
78 
IV.
 
Xususiy kapital; 
V.
 
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 
VI.
 
Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi  to’rt  qism  schyotlarining  ma’lumotlariga  asosan  moliyaviy  hiso-
botning I  - shakliga  balans tuziladi.  Beshinchi qism  «Moliyaviy  natijalar-ning 
shakllanishi  va  ishlatilishi»  schyotlarning  ma’lumotlariga  asosan  mo-liyaviy 
natijalar to’g’risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi. 
Schyotlar  rejasida  barcha  schyotlar  9  bo’limda  tizimga  keltirilib 
ko’rsatilgan: 
1
 
-bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoh muddatli aktivlar; 
2
 

bo’lim. Tovar - moddiy zaxiralar;
 
3
 
-  bo’lim.  Kelgusi  davr  xarajatlari  va  muddati  uzaytirilgan  xarajatlar  -     
joriy qismi; 
4
 
- bo’lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi; 
5
 
-  bo’lim.  Pul  mablag’’lari,  qisqa  muddatli  investitsiyalar  va  boshqa 
joriy aktivlar; 
6
 
- bo’lim. Joriy majburiyatlar; 
7
 
- bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8
 
- bo’lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 
9
 
- bo’lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos 
kelsa,  9  -  bo’lim  schetlari  moliyaviy  natijalar  to’g’risidagi  hisobot  tuzilishiga 
mos keladi. 
 
Asosiy  vositalar  bo’yicha  eskirish  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksida 
(O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  Axborotnomasi,  2007  yil, 
12-songa 1-ilova) va (yoki) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 9 
oktyabrdagi  114-son  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  Buxgalteriya  hisobining  milliy 
standarti  (5-BHMS)  "Asosiy  vositalar"da  (2004  yil  20  yanvarda  1299-son  bilan 
bilan  ro’yxatdan  o’tkazilgan)  ("O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 
to’plami", 2004 yil, 3-son, 35-modda) belgilangan me’yorlar va usullar bo’yicha 
hisoblab  yoziladi. 
(O’zR  AV  25.05.2009  y.  1181-2-son  bilan  ro’yxatga  olingan 
O’zR MV Buyrug’i taxriridagi band)
 
26. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: 
a) mahsuldor hayvonlarga; 
b) kutubxona fondlariga; 
v) hokimiyat qaramoјidagi obodonlashtirish inshootlariga; 
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o’tkazilgan fondlarga; 
(O’zR  AV  12.11.2003  y.  1181-1-son  bilan  ro’yxatga  olingan  O’zR  MV  Buyrug’i 
taxriridagi kichiq band) 
d) muzey qiymatliklariga; 
e) sanhat va arxitektura yodgorliklariga; 
j) umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan avtomobil yo’llariga; 
z) to’liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga. 
 


 
79 
Schyotlar  rejasining  birinchi  qismi  bir  (1-  bo’lim)  ikkinchi  qismi  to’rt 
(2,3,4 va 5)lardan> uchinchi qismi  ikki (6 va 7),  turtinchi qism  bir  (8- bo’lim) 
va beshinchi qism bir (9 - bo’lim) bo’limlardan iborat. 
 Schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo’lib ko’rsatilgan. 
1.
 
Aktiv schetlar (A) - xo’jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy 
resurslarning zhisobot davridagi ko’payishini debet tomonida va shu 
davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar. 
2.
 
Passiv schyotlar (P) - xo’jalikning majburiyatlari va kapitalini aks 
ettirish uchun tayinlangan, hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot 
davri mobaynidagi  majburiyatlarni va kapitalni o’sishini kredit 
tomonida va shu davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini 
debet tomonida aks ettiradigan schyotlardir. 
3.
 
Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda 
aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan bog’liq 
bo’lgan aktiv schyotning qoldshgidan chegirib tashlanadi. Bunday schyot 
passiv schyotlarga mansub bo’lnb ko’payishi kreditida, kamayishi 
debetida aks ettiriladi. 
4.
 
Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda 
majburiyat yoki sof qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig’i u bilan 
bog’liq bo’lgan passiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. 
Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, 
kamayishi kreditida aks ettiriladi. 
yuqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib,  ular 
hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo’lgan va buxgalteriya balansida aks 
ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. 
5.Tranzit (o’tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin 
yopilib ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig’i  bo’lmaydigan daromad 
hamda 
xarajatlarning 
vaqtinchalik 
schyotlaridir. 
Bu 
schyotlarning 
ma’lumotlari  moliyaviy  natnjalar  to’g’risidagi  hisobotda  aks  ettiriladi. 
Xarajatlarni  hisobga  oladigan  tranzit  schyotlar  aktiv  schyotlarga  mansub 
bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. 
Daromadlarni  hisobga  oladigan  schyotlar  passiv  schyotlarga  mansub 
bo’lib,  daromadning  ko’payishi  kreditida,  kamayishi  esa  debetida  aks 
ettiriladi-Schyotlarning  yuqoridagi  guruxlanishidan  ko’rinib  turibdnki  yangi 
schyotlar  rejasida  aktiv  -  passiv  schyotlar  yo’q.  Schyotlarning  barchasi  yoki 
aktiv  -ko’payishi  debetida,  kamayishi  kreditida  aks  ettiriladi,  yoki  passiv  - 
ko’payishi  kreditida,  kamayishi  debetida  aks  ettiriladi  (majburiyatlarning  vu-
judga kelishi va ularni to’lash vaqtlari bir hisob registrida chizihli ezuv usulida 
birlashtirilmaydi). 
Turli  debitor  va  kreditorlar  bilan  olib  boriladigan  hisob  -  kitoblar  har  bir 
debitor va kreditorlik qarzlari bo’yicha aloxida aktiv yoki passiv schyotlarda 
hisobga olinadi: 
a)  schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo’limi (4000 - 
4900 schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa muomalalar natijasida vujudga 
keladigan debitorlar hisobga olinadi. 


 
80 
b)   schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo’limi (6000 -6900 
schyotlar) da mol sotib olish va boshqa muomalalar natijasida vujudga 
keladigan kreditorlar hisobga olinadi. 
Misol  uchun  safar  xarajatlari  bo’yicha  hisobdor  shaxslar  bilan  bo’ladigan 
hisob  -  kitoblarni  olaylik.  Xizmat  safari  uchun  xo’jalik  xodimlaridan  biriga 
naqd  pul  berilsa,  4220  «Xizmat  safarlari  uchun  berilgan  bo’naklar»  aktiv 
schyoti  debetlanib,  5010  «Milliy  valyutadagi  pul  mablag’’lari»  schyoti 
kreditlanadi.  Hisobdor  shaxslar  olgan  bo’nak  summasidan  ortiqcha  xarajat 
qilgan  bo’lsa,  hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilgan  ortiqcha  qilingan  xarajatlar 
summasiga 4220 - schyoti kreditlanmaydi, chunki u aktiv schyot, balki 6970 - 
«Hisobdor  shaxslardan  qarz»  passiv  schyoti  kreditlanadi.  Ortiqcha  qilingan 
safar xarajatlar summasi kassadan to’langanda 6970 schyoti debet-lanib 5010 
schyoti kreditlanadi. Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv 
-  passiv  schyoti) 
ham 
shunday.  Eski  schyotlar  rejasi  bo’yicha  mahsulot 
sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan mahsulotning 
ishlab  chiqarish  tannarxi  shu  schyotning  debetida  hisobga  olingan.  YAngi  schyotlar 
rejasi bo’yicha maxsulot sotishdan tushgan tushum 9010 «Maxsulot sotish-dan olingan 
daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo’lgan schyotning krediti-da hisobga olinib, 
sotilgan  mahsulotning ishlab  chiqarish tannarxi 9110  «Sotiltan mahsulot tannarxi» 
aktiv schyotlarga mansub bo’lgan schetning de-betida hisobga olinadi. 
Schyotlar  korrespondentsiyasi  faqat  tizimli  hisob  moxiyatini  ochib  bera-di. 
Ko’plab  schyotlar  balansli  schyotlar  bo’lib,  ular  tizimlidir.  Balansli  schyotlar 
korrespondentsiyalanadi.  Lekin  balansdan  tashqari  deb  nomlanadigan  tizimsiz, 
korrespondentsiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar 
bo’yicha  yozuvlar  ikkinchi  korrespondentsiyalanadigan  schyotlarsiz  amalga 
oshiriladi. 
SHunday qilib, korrespondentsiyalanishiga qarab schyotlar balansli va ba-lansdan 
tashqari bo’lishi mumkin. 
Balansdan  tashqari  schyotlar  (BT)  -  korxonaga  tegashli  bo’lmagan,  lekin 
vaqtinchalik  uning  foydalanishida  to’rgan  mavjud  aktivlar,  shartli  xuquq  va 
majburiyatlar  to’g’risvdagi  axborotlarni  umumlashtirish  uchun  tayinlan-gan 
schyotlardir. 
Balansdan  tashqari  schyotlarning  asosiy  xususiyati  shundaki,  ular  tizimsiz,  oz 
miqdorda va keng tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar bo’lib 
hisoblanadi,  lekin  balansdan  tashqari  schyotlarda  hisobga  olinadigan  obhektlarni 
aktiv  va  passivga  bo’lish  mahlum  bir  mahnoga  ega  emas.  Balansdan  tashqari 
schyotlarning ko’payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi. 
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va ax-borotlarni 
avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo etadi. 
Schyotlar  rejasida  balansli  schyotlar  ikki  raqamli,  subschyotlar  bir  rakamli  va 
balansdan  tashqari  schyotlar  uch  raqamli  kodlar  bilan  belgilangan  bo’lsa,  yangi 
schyotlar  rejasida  subschyotlar  ko’rsatilmagan.  Har  bir  balansli  schyot  go’rt  raqamli, 
balansdan tashqari schyot esa uch raqamli kodlar bilan belgilan-gan. Schyotlar uchun 
belgilangan raqamlar schyotlarning kоdi deyiladi. 


 
81 
Schyotlar  rejasidagi  schyotlar  kodlaridan  tashqari  nomiga  ham  ega.  Schyotning 
nomi - bu tub mahnoda schyotning o’zidzrr. CHunoychi-,har bir shaxsning familiyasi 
uning o’zining ramzi bo’lganidek schyotning nomi o’zini anglatadi. Schyotlar bilan 
ish  olib  borganda,  asosan  ularning  tayinlanishi  va  foydalanish  tamoyillarini  bilish 
zarur. 
Hisob  subhektlari  tomonidan  qo’llaniladigan  schyotlarning  to’liq  ro’yxati 
schyotlar rejasidir. Ayrim subhektlar tomonidan qo’llaniladigan schyotlar ro’yxatida 
farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi - namunali, 
qonunchilik  bilan  belgilangan  schyotlar  rejasi,  ikkinchisi  -  buxgalteriya  hisobining 
ish (rabochiy) schyotlar rejasi. 
Har  bir  korxona  umumiy  qonunchilik  bilan  belgilangan  schyotlar  rejasiga 
asosan  o’z  ish  schyotlar  rejasini  tuzib  olishlari  kerak.  Ish  schyotlar  rejasida  tanlab 
olingan  schyotlar  mig’kdori  xo’jalik  faoliyati  turiga  qarab  barcha  qo’llaniladigan 
xo’jalik muomalalari hisobini ta’minlashi kerak. 
Hisobning  barcha  subhektlari  namunali  schyotlar  rejasidan  foydalanishga 
majbur.  Schyotlar  rejasida  ko’rsatilmagan  schyotlarni  qo’llash  faqat  O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya  hisobining  milliy  andozasi  «Xo’jalik  yurituvchi  subhektlarning 
moliya - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
yo’riqnoma»ga ilova qilingan schyotlar rejasini keltiramiz. 
 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish