1
О’ZBEKISТОN RESPUBLIKASI DAVLAТ SОLIQ
QО’MIТASI
FARGОNA SОLIQ KОLLEJI
"TASDIQLAYMAN"
Farg’ona soliq kolleji o’quv
ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari
_____________ M. Atadjanov
"____" _____________ 2010 yil
Iqtisоdiy fanlar kafedrasi
Buxgalteriya hisobi fanidan
II bosqich o’quvchilari uchun
MA’RUZALAR MATNI
“Tanishdim”
Kasbiy ta’lim ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari
____________X.Qo’shmatova
“____”___________2010 yil
“Tanishdim”
O’quv bo’limi uslubchisi
________ Sh.Topvoldiyev
“___”___________2010 yil
Farg’оna – 2010
2
O’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim standartlari
davlat tizimi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yilda tasdiqlangan Tarmoq
standarti asosida tuzilgan. Iqtisodiy fanlar kafedrasi yig‘ilishida muxokama
qilindi va 2010 yil “___” ___________dagi №__sonli bayonnoma bilan
tasdiqlandi.
Kafedra mudiri ______________Z.Xasanov
Farg’ona soliq kollejninig 2010 yil ______ ___________ kungi pedagogik
kengashida ____-son bilan tasdiqlangan.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining bozor iqtisodiyoti
munosabatlari sharoitiga o’tishi ishlab chiqarishni jadallashtirish, iqtisodiy
rivojlanishning o’sishi ta’minlashda iqtisodiy tejamkorlikni qo’llab korxona
ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy xolatini yaxshilashni talab etadi. Bu
ulkan masalani ychishda mexnat, moddiy va moliyaviy resurslardan
foydalanish, ishlab chiqarilgan maxsulot, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat
tannarxi shakllanishini, sarflar va daromadlar to’g’risidagi axborotlardan
foydalanib, xo’jalikni to’g’ri yo’lga solishda buxgalteriya hisobi asosiy qurol
bo’lib hisoblanadi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda har bir raxbar,
mutaxasis buxgalteriya hisobi to’g’risidagi bilimga ega bo’lib, uning
axborotidan to’g’ri foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Bu esa
o’z navbatida buxgalteriya hisobini chuqur o’rganishni talab etadi.
Shuni nazarda tutib tuzilgan bu dastur buxgalteriya hisobi nazariyasi
asoslarini, jumladan uning metodlari elementlarini chuqur o’rganishga imkon
beradi.
Buxgalteriya hisobini o’rganishdan maqsad:
- Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi umumiy tushunchani, mohiyatini
ochib beruvchi asosiy mazmuni va hisob prinsplari, ularning iqtisodiy
nazariya va boshqa fanlar tushunchasi bilan bog’liqligini o’zlashtirishi;
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi fan sifatida uning nazariy asoslarini
axborotlarini to’plash, ishlash va foydalanish metodlarini rivoji nazariyasi
tasavvurlarini shakllantirish;
Buxgalteriya hisobi schyotlari tizimidagi axborotlardan xo’jalik
faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat qilish yoki taxlil qilish uchun
ulardan aloxida yoki umumlashtirilgan xolda bir biriga bog’lay olish
qobiliyatini payvandlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |