26. Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlanish markazlarini samarali tashkil etish



Download 0,54 Mb.
bet1/13
Sana23.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#845182
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ilk qadam 26- 39 javoblari.


26.Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlanish markazlarini samarali tashkil etish.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan,
1.“Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
27.Katta guruhlarda yillik tematik rejalashtirish.
Maktabgacha ta'lim muassasaslarining katta guruhlari uchun mo'ljallangan ta'limiy faoliyatning mavzuli rejasi guruh tarbiyachilariga yordam sifatida ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta'lim tizimida pedagog tomonidan ta'lim faoliyatini rejalashtirishda birinchi navbatda ta'limni rivojlantirish vazifasi ilgari qo'yiladi va bunda bolaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni tashkillashtirish, zamonaviy maktabgacha ta'lim-tarbiyaning ilmiy konsepsiyasi hisoblanadi.
O'quv jarayonini mavzuli tarzda tuzish tamoyili hududiy, milliy, madaniy komponentlarni singdirish va bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasasangizning xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Bir mavzu doirasida kamida bir hafta ta'lim berilishi lozim. Mavzu guruh va rivojlanish markazlaridagi materiallarda o'z aksini topishi kerak.
Ta'limiy davrning asosiy mavzusini tanlash, albatta, bolalarning barcha faoliyati bu mavzuga bag'ishlangan bo'lishi kerak, degani emas. Mavzuning asosiy davrlarga taqsimlashdan maqsad – ta'lim faoliyatini integrasiyalashtirish va bolalar faoliyatini ta'lim sohalari bo'yicha asossiz taqsimlanishini oldini olishdan iborat.
Ta'lim faoliyati mazmunini mavzuli-kompleks ravishda tashkil etib rejalashtirishda quyidagi ta'lim sohalaridan foydalaniladi:
• jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot.Uqish va yozish malakalariga tayyorgarlik;
• bilish jarayonini rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
Ushbu mavzuli rejalashtirish majmuasining mazkur asosi bolalar faoliyatning barcha turlarida maktabgacha ta'lim mazmunining ichiga to'liq kirishini ta'minlaydi.
Turli yosh guruhlarida o'zaro bog'liq o'xshash mavzularni kiritilishi ularning individual imkoniyatlariga muvofiq uyg'un rivojlanish va butun maktabgacha yosh davrining turli guruhlarida bolalarni rivojlantirishda o'quv maqsadlari birligini va uzluksizligini ta'minlash orqali ta'limiy maqsadga erishilishiga olib keladi.
Haftalik rejalar esa yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo'yicha o'tkaziladigan jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Aprel. Mavzu: “ Yer sayyorasi – umumiy uyimiz”
1hafta."Gullaganbahorʼʼ
2 hafta. «Koinot sirlari»
3hafta."Yerkuni"
4 hafta. "Sayyorani asrang"
May.
Mavzu: “ Jihozlar va asboblar”
1 hafta. "Men va mening uyim", "Xotira va qadrlash kuni"
2 hafta. “Mebel"
3 hafta. "Idishlar", "Milliy naqshlar"
4 hafta. " Bizning yordamchilarimiz – maishiy texnika» ..

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish