partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining
o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning
mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro
hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi
roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, siyosiy partiyalarning Qonunchilik
palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy
kengashlardagi partiya guruhlariga esa, viloyat hokimlarini iste’foga
chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning
mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
2010-yilda Prezident Islom Karimov tashabbusi asosida qabul qilingan
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirish, parlamentning roli va ta’sirini kuchaytirish
bo‘yicha islohotlarning qonuniy va mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu muhim,
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatga muvofiq, Asosiy qonunimizga
davlat hokimiyati tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati
tizimini yanada takomillashtirish, parlamentning vakolatini kengaytirishga
qaratilgan bir qator tuzatishlar kiritildi. Jumladan, Bosh vazir nomzodini
418
parlament quyi palatasiga saylovda eng ko‘p o‘rinlarni olgan siyosiy partiya
tomonidan ko‘rsatilishini nazarda tutadigan yangi tartib joriy etildi. Milliy
qonunchilikka Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish instituti
kiritildi. Ayni paytda, hokimiyatning ijro etuvchi organlarini shakllantirishda
Bosh vazirning roli va mustaqilligi sezilarli darajada kuchaytirildi.
2014-yil 16-aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi qonun milliy
parlamentarizm rivojidagi navbatdagi muhim islohotlardan bo‘ldi. Mazkur
qonunga muvofiq, parlamentning nazorat vakolatlarini kengaytirish va
kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 78-moddasi parlament palatalari-
ning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini konsti-
tutsiyaviy mustahkamlashga qaratilgan qoidalar bilan to‘ldirildi. Bu, o‘z nav-
batida, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining konstitutsiya-
viy asoslarini mustahkamlashda, parlament nazorati instituti ko‘lamining
yanada kengayishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonun Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini yanada aniq belgilashni,
uning mustaqilligi va ayni paytda Oliy Majlis oldidagi mas’uliyatini oshirish
bo‘yicha Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritdi. Rivojlangan demokratik
davlatlarning umume’tirof etilgan tajribalaridan kelib chiqqan holda hamda
hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida
qonunda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan
harakat dasturini taqdim etishi haqida qoidalar belgilandi.
Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har
yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan
ma’ruzalar taqdim etish vazifasi yuklandi. Asosiy qonunimizning avvalgi
tahririga ko‘ra, bunday ma’ruzalarni parlamentning ko‘rib chiqishi uchun
taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda parlament islohotlari mustaqil-
likning ilk kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich va tizimli tarzda milliy
davlatchiligimizning rivojlanish darajasi, jamiyatni demokratlashtirish va
liberallashtirish jarayonlarining jadal sur’atlari, ko‘ppartiyaviylik tizimining
mustahkamlanishi, mamlakatimiz aholisining tobora yuksalib borayotgan
siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasi, ijtimoiy-siyosiy faol-
ligiga mos tarzda amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar natijasi o‘laroq,
bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i
sifatida demokratik parlament tizimi shakllandi va izchil rivojlanib
kelmoqda.
419
Do'stlaringiz bilan baham: |