barangligi maydonga chiqqan. Asrlar o‘tib parlament tobora umummanfaatni
ifodalovchi idoraga aylangani sari bunday mezon o‘rnini hududlar manfaati,
ularning vakilligi egallay boshlagan.
Hozirda jahon ommasi ilmiy va siyosiy doiralarida parlamentning bir
yoki ikki palatali tuzilishining qaysi birining afzalligi bo‘yicha o‘ziga xos
bahs-munozaralar mavjud ekanligini inkor etmagan holda, davlat tuzilishi
shaklidan qat’i nazar, aksariyat davlatlar parlamentlari ikki palatadan
iboratligini e’tirof etish joiz. Ikki palatali parlamentlar AQSh, Buyuk
Britaniya, Germaniya,
Ispaniya, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya
kabi dunyoning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.
Demokratik jamiyat taraqqiyotida davlatning oliy vakillik va qonun
chiqaruvchi organi bo‘lmish parlament muhim o‘rin tutadi. Parlament xalq
vakillari minbari, demokratiyaning muhim va ajralmas belgisi sifatida
fuqarolarning davlatni idora etishdagi real ishtirokini hamda qonun
ijodkorligi jarayoniga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shu
ma’noda mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda demokratiya
talablariga to‘la mos bo‘lgan tom ma’nodagi parlamentni shakllantirish,
davlat hokimiyati tizimida uning roli va ta’sirini kuchaytirish yo‘lida
bosqichma-bosqich ravishda, izchillik bilan keng ko‘lamli
islohotlar amalga
oshirib kelinmoqda. Istiqlol tufayli Oliy Majlis mutlaqo yangi qonun
chiqaruvchi oliy vakillik organi sifatida vujudga keldi, shakllandi va davlat
hokimiyatining to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida rivojlanish uchun zarur
bo‘lgan barcha vakolat va imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Mamlakatimizda tom ma’nodagi parlament institutining vujudga
kelishi va rivojlanishi sohasidagi islohotlarni quyidagi ikki asosiy bosqichga
ajratib o‘rganish mumkin.
Birinchi bosqichi (1991—2000-yillar)
da o‘tish davri va milliy
parlamentarizm asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi
vazifalarni hal etish bilan bog‘liq islohotlar amalga oshirildi.
Parlament tizimini isloh qilish Oliy Kengash faoliyat yuritayotgan bir
sharoitda boshlandi. O‘zbekiston hali ko‘ppartiyaviylik
va professional
qonun chiqaruvchi organ borasida tarixiy tajribaga ega emas edi. Ushbu
bosqichning avvalida 1990-yilda saylangan Oliy Kengashning vakolatlari
Oliy Majlis shakllanguniga qadar saqlab qolindi. Oliy Kengash ish bosh-
lagan vaqtda sobiq sovet tizimida qabul qilingan qonunlar amalda bo‘lib,
mustaqillik qo‘lga kiritilgach, ushbu organ oldida yangi, demokratik
sharoitlarga mos keladigan qonunchilikni yaratish vazifasi qo‘yildi. Oliy
Kengash ushbu vazifani samarali uddaladi - qabul qilingan 200 ga yaqin
yangi qonunlar, 4 ta kodeks va 500 dan ortiq qarorlar huquqiy davlatning
poydevorini yaratdi. Oliy Kengash nihoyatda
murakkab davrda faoliyat
ko‘rsatib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma’naviy
negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Oliy Kengash mamlakatimiz
413
tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi
haqidagi tarixiy qonunlarni va Asosiy qomusni qabul qildi.
Oliy Kengash va davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari o‘zaro
ahillik bilan faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston jahon miqyosiga chiqdi,
parlamentimiz bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Jumladan,
parlamentimiz 1992-yil sentabr oyida dunyodagi eng katta va obro‘li xalqaro
tashkilotlardan biri - Parlamentlararo Ittifoqqa 119-a’zo bo‘lib kirdi,
1993-yil yanvar oyida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining
Parlament Assambleyasiga a’zo bo‘ldi. Ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish
parlamentimizga dunyodagi yetakchi davlatlarning parlamentlari bilan
hamkorlik qilish, qonunchilik borasida jahonda to‘plangan boy tajribalarni
o‘rganish va o‘zlashtirish imkonini berdi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va xalqaro umume’tirof etilgan
demokratik standartlarga to‘la muvofiq bo‘lgan O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda parlamentning
shakllanishida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy qonunimiz parlamentarizm
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy prinsip va qoidalarni
mustahkamlab berdi. Bu prinsiplar qatoriga xalq hokimiyatchiligi, davlat
hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo‘linishi, ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning
xilma-xilligi asosida rivojlanishi, demokratik
saylov tizimi va boshqalar
kiradi.
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba 1994-yil dekabrda yangi parlament -
Oliy Majlisga ochiq-oshkora, demokratik saylovlar o‘tkazildi. Mazkur
saylovlar sobiq Oliy Kengashga bo‘lgan saylovlardan quyidagi jihatlari bilan
farq qildi:
birinchidan, deputatlar saylovi birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida
o‘tkazildi, har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun
kurashdi. Saylovchilarga ana shu nomzodlardan tanlab olishning real huquqi
berildi;
ikkinchidan, Oliy Majlisga saylovlarni tashkil qilishning dastlabki
damlaridayoq sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etilgan
edi. Ilgarigi paytlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar
sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni avvaldan
belgilab qo‘yilar edi.
Oliy Majlis deputatlari esa, turli partiya va
harakatlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida
saylandi. Respublikamiz fuqarolari saylovlarda qatnashar ekan, eng avvalo,
qo‘yilgan nomzodlarning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, aksincha, ularning
ishchanlik va axloqiy sifatlariga, eng muhimi,
dasturlarining mazmun-
mohiyatiga katta e’tibor berdilar.
2000-yilga qadar yangi saylangan Oliy Majlis oldida mamlakat
kelajagini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nihoyatda mas’uliyatli vazifalar
414
turgan edi. O‘sha davrlarda 250 deputatdan iborat bo‘lgan bir palatali
parlament o‘tish davrida bizning mamlakatimiz uchun eng maqbul tizim edi.
Zero, tegishli huquqiy asoslarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj sharoitida bir palatali
parlament tizimi mamlakat rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qonunlarni
tezkorlik bilan qabul qilish imkoniyatini berar edi.
Oliy Majlis nafaqat milliy qonunchilik bazasiga, balki parlament
faoliyatining rivojlanishiga ham sezilarli hissa qo‘shdi. Ushbu davrda
parlament o‘z tuzilmalarining ish samaradorligini,
parlamentdagi partiya
fraksiyalarining roli va ta’sirini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni
muvaffaqiyatli bajardi. Xususan, Oliy Majlis Reglamenti, Oliy Majlisning
qo‘mita va komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom (1995-y.), «O‘zbekiston
Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida» (1995-y.), «Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: