I. Tashkiliy tadbirlar
|
|
Maktab pedagigik kengashining yig‘ilishini o‘tkazish. Yig‘ilishda maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish, pedagogik kengashi qarorini qabul qilish.
|
1. Pedagogik kengash yig‘ilishini belgilash va uning rejasini tasdiqlash.
2. Kengash a’zolarini xabardor etish va yig‘ilishni o‘tkazish.
3. kengashi qarorini qabul qilish va ijrosini ta’minlash.
|
2022-yil
8 sentyabr
2022-yil
10 sentyabr
2022-2023- yillar davomida
|
Pedagogik Kengashi a’zolari, “Vatan tayanchi” harakatining otryad rahbari.
|
|
Maktabdagi “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish maqsadida maktab o’quvchilarini tayinlanishi ta’minlash.
|
1. “Vatan tayanchi” harakatining otryadi rahbari va a’zolarini 10-11-sinf o’quvchilari orasidan ixtiyoriy ravishda tanlab lavozimga tayinlanganlarning ro‘yxatini tuzish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
2. Chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hududlar kesimida tahliliy hisobotlarni tayyorlash va Mudofaa ishlari bo‘limiga kiritish.
|
2022-yil
20-avgust
har oy va chorak yakunida
|
Pedagogik kengashi a’zolari,
Maktab ma’muriyati
“Vatan tayanchi” harakati otryadining rahbari,
MahallaYoshlar ishlar ittifoqi
|
|
Maktabda “Vatan tayanchi” harakatini shakllantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarni tashkillashtirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlari va “Yo‘l xaritalari” doirasidagi tadbirlarni tashkil etish.
|
1. “Vatan tayanchi” harakatining rahbari tomonidan harbiy-ma’muriy sektorlarning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlari va “Yo‘l xaritalari”ga “Vatan tayanchi” harakatining faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimchalar chiqish.
|
2022-yil
10 sentyabr
|
“Vatan tayanchi” harakatining rahbari,
Sinf rahbarlari,
Mahalla
Yoshlar ittifoqi.
|
|
“Vatan tayanchi” otryadi bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ta’siri va natijasini (harbiy sohaga qiziqishi ortgan va OHTga o‘qishga kirganlar, to‘garaklarni tashkil etilganligi va undagi ishtirokchilar, faol hamkorlik qilayotgan idora va tashkilotlar, shakllanayotgan ijtimoiy fikr va boshq.) monitoring qilib borish.
|
1. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni tizimli ravishda ijrosini ta’minlash.
2. Natijadorlik ko‘rsatkichlari hisobotini yuritish hamda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarga oid umumlashgan ma’lumotlarni Mudofaa ishlari bo’limi huzuridagi “Vatan tayanchi” harakatiga yuborish.
|
2022-2023 yillar
davomida
har oy va chorak yakunida
|
“Vatan tayanchi” harakati
otryadi rahbari va maktab psixologlari.
|
|
Maktabdagi “Vatan tayanchi” otryad a’zolariga mahalladagi faol Qurolli Kuchlar faxriylariga biriktirish.
|
1. “Vatan tayanchi” otryadlari shakllantirilgan ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxat asosida faol Qurolli Kuchlar faxriylariga hamda profilaktika inspektor psixolog-inspektorlariga biriktirish.
3. Biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli tadbirlarni amalga oshirish.
|
2022 yil
10 avgust
2022 yil
10 avgust
2022-2023 yillar
davomida
|
“Vatan tayanchi” harakati
otryadi rahbari hamda mahalla profilaktika inspektor va psixolog-inspektorlari
|
|
Maktabdagi “Vatan tayanchi” otryadini MK “Vatanparvar” tashkilotining tuman Kengashi tizimidagi texnik-sport yo‘nalishidagi to‘garakalariga a’zo bo‘lishlarini yo‘lga qo‘yish..
|
1. Maktab to‘garaklarda ishtirok etish istagi bo‘lgan otryad a’zolarini ro‘yxatlarini shakllantirish.
2. MK “Vatanparvar” tashkilotining tuman Kengashi ro‘yxatni taqdim etib borish.
4. Kurslarni tashkil etish.
|
2022 yil
10 sentyabr
2022 yil davomida
2022 yil davomida
|
Tuman MK “Vatanparvar” tashkiloti xodimi va “Vatan tayanchi” harakati
otryadi rahbari
|
|
“Vatan tayanchi” otryadi a’zolarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiyadagi harbiy xizmatning nufuzini oshirish borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga bag‘ishlab hududiy ommaviy axborot vositalarida maqolalar, turkum teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarni tashkil etish.
|
1. “Vatan tayanchi” otryadlari va xududiy OAV xodimlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2. Tadbirlarni yoritish rejasini tayyorlash.
3. Reja asosida tadbirlarni yoritish.
|
2022 yil
25 sentyabr
o‘quv yili davomida
|
“Vatan tayanchi” harakati
otryadi rahbari va ma’naviy targ’ibotchi.
|
|