25 м a V z u p reja



Download 0,83 Mb.
bet7/7
Sana17.01.2020
Hajmi0,83 Mb.
#35150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25. pul muomalasi kredit va banklar


Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.

Markaziy bank davlat banki xisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.

Ikkinchidan, Markaziy bank u “banklar banki” deb ham yuritiladi, tijorat baklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Markaziy bank ko‘plab vazifalarni bajaradi.

Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Bu ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.

Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.

To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Beshinchidan, xaqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.

Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga milliy valyutani chiqaradi.

Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi.Bunda u:

a) pul muomalasini tartibga soladi;

b) kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalaniladi.


  • Ochiq bozordagi operatsiyalari;

  • Zahira (extiyot) me’yorini o‘zgartirish;

  • Hisob stavkalarini o‘zgartirish.

Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvichan qurolidir.

Agar markaziy bankga muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Tijorat banklari aktivlaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘zlari uchun maqbul sharoit asosida sotishga tushadilar. Ma’lum vaqt o‘tgach obligatsiyalar sotishdan olingan pullar tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida foydalaniladi.

Agar Markaziy bank inflsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning oldini olishga xarakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi va ma’lum vaqt o‘tgach to‘lov uchun taqdim etadi.

Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlar bozoriga doimo ta’sir ko‘rsatishi tufayli davlat obligatsiyalarining to‘lov muddatlari har xil bo‘lishidan qatiy nazar, tezda pul massasini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.

Ehtiyot normalari pasayganda banklarning suda berish mumkin bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi. Agarda mamlakatda pul massasini kamaytirish zarur bo‘lsa, Markaziy bank xisob stavkasini oshiradi, natijada kredit qimmatlashadi, iqtisodiy faollik susayadi.

Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab “arzon” yoki “qimmat” pul siyosatini yuritadi.

Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik mavjud bo‘lsa, Markaziy bank “arzon” pul siyosatni yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi.

Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni banklar va aholidan sotib oladi, ehtiyot normasi kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiriladi. Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi.

Agarda mamlakatda inflyasiya yuz berayotgan bo‘lsa, “qimmat” pul siyosati yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni “qimmat” qilib, uni olishni qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasi ko‘taradi.

Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida investitsiyalarning qisqarishiga, inflyasiyani cheklashga olib keladi. SHunday qilib Markaziy bank mamlakat bank-moliya tizimiga bevosita ta’sir qilib, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. Uchinchidan, xukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi.

Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan, universallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi korporatsiyalar hisoblanadi. Ular Markaziy bankdan maxsus litsenziya olib, unga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:


  • Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish;

  • Kredit operatsiyalarini bajarish;

  • Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish;

  • Turli xizmatlar ko‘rsatish;

  • Banklararo operatsiyalar o‘tkazish;

  • Valyuta operatsiyalarini bajarish;

  • Biznes yuzasidan maslahat berish va x.k.

Tijorat banklari to‘la mustaqil, lekin ular pul emissiya qilish xuquqiga ega emas. Ular real jalb qilgan resurslari miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan, investitsiya banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo sanoat, savdo, transportni uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi.

Uy-joy qurilish banki aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Zamin banki ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi.

Innovatsiya banki ilmiy texnikaviy loyxalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. SHunga o‘xshash boshqa maxsus banklar ham u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar faoliyatini, Markaziy bank nazorat qiladi.

Kredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida o‘ziga xos mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan xizmati bir, ikki turda bo‘lib, ko‘pincha maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama nazorat xos. Bir tomondan qarz berish, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda tufayli Markaziy bank talablariga bo‘ysunadi. Ayrim paytlarda ular xalqaro muassasalar tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar asosida ish ko‘radilar.

Moliya kredit istitutlarining o‘ziga xos turi pochta-jamg‘arma muassasalaridir. U mayda omonatchilarni jalb qilishda katta rol o‘ynaydi. Bunda mijozlarga pochta bo‘limlari orqali xizmat ko‘rsatiladi. Keyingi paytlarda ko‘plab mamlakatlarda pochta-jamg‘arma muassasalari orqali kredit-hisob operatsiyalarini amalga oshirish kengayib bormoqda.

Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Odatda lizing va faktoring operatsiyalarini tijorat banklari ham amalga oshiradi. Faktoring firmalari mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Jumladan, ular buxgalteriya hisobotini yuritadi, korxonani zarur xom ashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash va xaridorlar bilan xisob-kitob xizmatlarini ham amalga oshiradi. Axborot, reklama, huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Konfensial faktoringda esa ayrim operatsiyalar jumladan qarzni to‘lash, pul olish xuquqlari chegaralangan bo‘ladi. Lizing firmalari tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. Lizing iborasi “For lease” so‘zidan olingan bo‘lib “Ijaraga olmoq” degan ma’noni bildiradi. Bunda ko‘chmas mulk, asbob uskuna va boshqa tovar egalari ularga o‘z mulk egaligini saqlab qoladi. Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, bunda ijaraga berilgan asbob-uskunalar shartnoma muddati tugagandan so‘ng, ularni qoldiq qiymati asosida sotib olish ko‘zda tutiladi. Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari etishmaydi shu sababli, ko‘pchilik lizing operatsiyalarida jalb qilingan mablag‘lar keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli ssudalaridan foydalaniladi.

Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Dastlab lombardlar sudxo‘rlik krediti tarzida yuzaga kelgan. Keyingi paytda ular bankardlar mol-mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yilish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.

Kredit birlashmalari-xususiy shaxslar guruxi yoki mayda kredit muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin:



  • Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga qarab, qisqa muddatli iste’mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi.

  • Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a’zolik badallari va zayomlar chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a’zolariga qarz berish, veksellarni xisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.

O‘zaro kredit berish jamiyatlari o‘z xarakteri jihatidan tijorat banklariga yaqin bo‘lib, asosan mayda va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatadi. Ularning a’zosi jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Jamiyat kapitali unga a’zo bo‘lib kirish badallaridan tashkil topadi.

Moliya kompaniyalari odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit beradi. Savdo va sanoat firmalariga qarzga sotilgan tovari uchun kredit berish bilan shug‘ullanadi. Ba’zi kompaniyalar alohida turdagi maqsadlar uchun kredit berish bilan ham shug‘ullanadi.

Sug‘urta kompaniyalari asosan sug‘urta polislarini sotish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obliga-siyalari, aksiyalari hamda davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar.

Pensiya fondlari eng avvalo o‘z mablag‘larini tashkil etish va pensiya berish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat kompaniyalari aksiyalariga qo‘yadi.

Investitsion kompaniyalar o‘z majburiyatlarini mayda mijozlar o‘rtasida joylashtirib, turli tarmoqlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bilan shug‘ullanadi.

Kredit shirkatlari o‘z a’zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari, kichik va xususiy biznes hamda jismoniy shaxslarga kredit hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. Ularning kapitali paylari va kirish badallari hisobiga tashkil topib, shirkatdan chiqqanda qaytarilmaydi. Asosiy passiv operatsiyalari omonatlarini jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir9.

Kredit shirkatlarining o‘ziga xos turi qishloq xo‘jalik krediti jamiyatidir. Uning ta’sischilari Markaziy, tijorat, maxsus banklar, xukumat, jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular faoliyatining asosiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligiga kredit berish va xisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatishdir. Uning mijozlari dehqon va fermer xo‘jaliklari, hamda boshqa qishloq ho‘jalik korxonalari hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik kredit jamiyatlariga soliq imtiyozlari beriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya kredit muassasalari soni tobora ortib boradi. Ular nihoyatda katta mablag‘larni jalb etish bilan birga kapitallarni samarali joylashtirishga ham erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan AQShda ana shunday muassasalarning aktivlari tijorat banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda ham bunday muassasalar tashkil etishda anchagina muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi.


6-savol

Pul multiplikatori.
Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qatiy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.

Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A”bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini extiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyasizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy extiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi.
Bankning majburiy extiyotlari

Extiyot normasi =

Bankning muddatsiz omonatlari

bo‘yicha majburiyatlari


Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000mln so‘mini majburiy extiyotlarni tashkil esa, uning normasi 20%ni tashkil etadi.

Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur extiyoyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi.

Agar extiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000mln so‘mni majburiy extiyot sifatida saqlaydi, 160000mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda bu summani mijozning joriy hisobiga o ‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi “B”bankga o‘tkazadi. Natijada “B”bankda 160000mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi

Misolni jadvalda ifodalasak u quyidagi ko‘rinishni oladi:


25.1- jadval


Bank

Tijorat bank majburiyatlari

Majburiy extiyotlar

Extiyotdan ortiq pul

Ssudaga berish mumkin bo‘lgan pul

A

200000

40000

160000

160000

B

160000

32000

128000

128000

V

128000

25600

102000

102000

G

102000

20480

81920

81920

D

8192 va hokazo

16384

6553

65536

“B” bank bu pulning 32000mln so‘mini extiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiv davom etib natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi.

25.2-jadval


“G” bankning aktivi

“G” bankning passivi

Extiyot 20480

Depozitlar 102400

Ssuda 81920

-------------

Jami 102400

Jami 102400


Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000mln so‘mning yuzaga kelishi butun bank tizimida depozitlarning bir necha marta ko‘payishiga olib keladi.

Bu bank tizimi pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi.

“Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiriuvchi degan ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida xisoblanadi.
1

M = x 100%

r

bu erda M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak bo‘lgan talab etilgan extiyot (zaxira) normasi;



Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Extiyot normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul massasining kamayishiga olib keladi.

Buning misolda extiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa, multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga orsa multiplikator 4ga teng bo‘ladi.

Amaliy xayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator samarasidan ancha farq qiladi. Sababi bankdan olingan ssudaning hammasi ham bank tizimiga qaytib bormaydi. Ulardan bir qismi muomalada naqd pul tarzida yurishi mumkin. Bularning hammasi banklarning ssuda berish imkoniyatlarini kamaytiradi.

Bunda bank extiyotlaridan tashqari naqd pulga aylangan mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

1x100

m =


r+s

Agar naqd pulga aylangan miqdor 30% tashkil qiladi deb faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi.

Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni xosil qiladi.

Pul multiplikatoridan foydalanib, umumiy pul massasi miqdori ko‘payishi yoki kamayishini xisoblab chiqish mumkin. Bozor iqtisodiyotida pul emissiyasiga qaraganda extiyotlar miqdorini o‘zgartirish bilan pul muomalasini tartibga solish samarali hisoblanadi.

Markaziy bankda extiyot tarzida ma’lum miqdordagi pulni saqlash majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytiradi, biroq bu banklardan mijozlarning omonatga qo‘ygan pullarini yoppasiga olish uchun xarakat qilishlarining oldini olmaydi. Extiyotning etishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni keltirib chiqarishi mumkin.

Moliyaviy sarosimalik – bu mijozlar omonatiga qo‘ygan pullarni bir vaqtning o‘zida olishga urinishlari, banklarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘qligi sababli ularning sarosimaga tushib qolishidir. Bu nafaqat banklar balki ular bilan bog‘liq kompaniyalarning ham bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Biroq Moliyaviy sarosimalik har doim ham yuz beravermaydi. CHunki mijozlar omonatlari, bank depozitlari tegishli tartibda sug‘urtalananadi. Agar bank biron sabab bilan yopilsa, uning mijozlari qisqa muddatda konpensatsiya olishni mo‘ljallashlari mumkin.

Sug‘urta fondi mablag‘lari etmagan taqdirda hukumat zarur pulni emissiya qiladi. Ma’lumki, hamma banklarda aktivlar summasi bankning o‘z kapitalidan bir necha marta yuqori, uning koeffitsienti 15:1 gohida 25:1 gacha etadi. Undan tashqari aktivlar umumiy summasida muddati uzaytirilgan kreditlar mavjudki, uning bir vaqtda to‘lanishi ro‘y bermaydi.

Umuman olganda bank tizimida moliyaviy xatarlarni sug‘urtalash butun bir tizimi mavjudki bu moliyaviy sarosimalikning oldini olishni kafolatlaydi.



Muhokama uchun savollar:
1.Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.

2.Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?

3. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalarini ayting.

4. Kreditning sudxo‘rlikdan farqi nimada? Qanday kredit turlarini bilasiz?



5. Bank va ssuda foizi o‘rtasidagi farqlarini ko‘rsating.


1 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 195 p

2 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 196 p

3 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 197 p

4 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 198 p

5 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 200 p

6 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 203 p

7 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 205 p

8 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies 2008 206 p

9 Campbell R. McConnell “Economics” Principles, Problems, and Policies. P. 258-285



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish