25.4-rasm
Pul muomalasi to‘g‘risidagi nazariyalar
Klassik nazariya
Muomala uchun zarur pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlarning qiymat miqdori va ularning oltin asosiga teng kelishi g‘oyasini ilgari suradi
Miqdoriylik nazariyasi
Bu nazariyaga ko‘ra muomaladagi pul miqdorining o‘zgarishi tovarlar narxining o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘z navbatida pulning sotib olish layoqatini o‘zgartiradi
I.Fisher yondashuvi
Bunda Fisher tenglamasi (QP=MV) narxlar pul massasiga to‘g‘ri mutanosiblikda, pulning qadr-qiymati esa uning miqdoriga teskari mutanosiblikda bog‘liq bo‘linishi ko‘rsatadi.
Kembridj maktabi (A.Marshall, A.Pigu, D.Robinson) yondashuvi
Pulga talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatlik shartlarini xarakterlaydi ya’ni M=KRY, bu erda
M-pul massasi
K-marshall koeffitsienti (nominal daromadlarning naqd pul shaklida saqlanayotgan qismi)
R-narxlarning umumiy darajasi
Y-jamiyatning real daromadi
RY-nominal daromad.
SHunday qilib, bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilishi, uning o‘sish sur’ati, narx darajasi va bandlikni barqaror ushlab turish uchun muayyan miqdorda pul massasi talab qilinadi.
2-savol
Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi
Pul bozori -moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi.
25.5-rasm
Pul bozori turlari
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi.
Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. SHu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Mo - naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklaridagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Pul Taklifi Asosida Nima Yotadi?
AQShda pul taklifi kafolatlanishi aslida hukumatning pul qiymatlarini nisbatan barqaror qilib ushlab turishidir. Va boshqa hech narsa!
Pul Qarz Majburiyati Sifatida
Pul ta’minotining asosiy qismlari qog‘oz pullar va chek depozitlari bo‘lib ular to‘lashni vada qilish yoki qarz. AQShda pul bu federal zahira banklarining aylanib yurgan qarzi. Chek depozitlari esa tijorat banklari va omonat tashkilotlarining qarzlari.
Qog‘oz pul birliklari va chek depozitlari o‘zlari qiymatga ega emas. 5 $ dollarlik pul bu oddiy rasmli qog‘oz bo‘lagi. Chek depoziti esa oddiygina xisob kitob yuritish qog‘ozi. Va tangalar bilganingizdek yozilgan qiymatidan kamroq qiymatga ega. Hukumat qo‘lingizdagi qog‘oz pullarni oltin kabi boshqa moddiy narsalar bilan qoplamaydi. Aslida hukumat davlat pul ta’minotini boshqarishni tanlagan. Uning pul kredit boshqaruvchilari to‘liq bandlik, narxlar darajasi va iqtisodiy o‘sishga yordam beruvchi tadbirkorlik faoliyatlariga kerakli aniq qiymatlar bilan ta’minlashni amalga oshirishadi.
Deyarli barcha bugungi kun iqtisodchilari pul ta’minotini boshqarish uni oltin yoki boshqa boshqa maxsulotga bog‘lashga nisbatan to‘g‘riligi bilan rozi chunki uning ta’minoti bexosdan yoki atayin o‘zgartirilishi mumkin. yangi oltin konlarining topilishi bilan bog‘liq davlat oltin zahiralarining oshishi pul ta’minotining juda tez o‘sishiga va tez inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. yoki tilla sanoatidagi pasayish pul ta’minotining pasayish va ishsizlik vaqtidagi darajalariga olib kelishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda odamlar qog‘oz pullarni oltin yoki boshqa qimmatbaho maxsulotga aylantira olmaydilar. Pul faqat qog‘oz pul bilan almashtiriladi. Agar siz hukumatdan sizning besh dollaringizni qoplashni so‘rasangiz unda hukumat sizga o‘rniga boshqa raqamli boshqa besh dollarlikni beradi. Siz olishingiz mumkin bo‘lgan narsa shu. SHunday qilib chek deposit oltin bilan emas faqat qog‘oz pul bilan qoplanishi mumkin va u ko‘rganingizdek hukumat tomonidan boshqa qiymatga narsalar bilan ta’minlanmagan.6
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. YAlpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi.
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi.
Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar, majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
m= D=E·m, E=A-R; bunda,
m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;
R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
Pul tarkibiy qismlari nuqtai – nazaridan naqd pullar – metall va qog‘oz pullardan iborat bo‘ladi. Naqd pullar bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy pul massasining 5-7 foizni, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida 30–35% ni tashkil qilgan.
Monetaristik yondashuvga ko‘ra Fisher tenglamasida transaksion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga transaksion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi.
Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi.
Aholi o‘zlarining hisoblariga navbatdagi pul oqimi kelib tushguncha, kundalik ehtiyojlari uchun qo‘llarida etarlicha pulga ega bo‘lishi zarur. Korxonalarga ish xaqi to‘lash, material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun pul kerak bo‘ladi. SHu barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM (YaMM) hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni u nominal YaIM (YaMM)ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Nega pul birliklari va chek depositlari pil shu bilan birga Monopolia (o‘yin) puli pul mas? 20 dollarlik pul yoki 100 dollarlik chek xisobiga nima qiymat beradi? Bu savolning javobi uch qismdan iborat.
Maqbulligi Pul birliklari va chek depozitlari odamlar tomonidan pul deb qabul qilingani uchun pul. Uzoq muddatli tadbirkorlik tajribasiga asosan pul va chek depozitlari pulning asosiy vazifasini bajarishadi: ular ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilinadi. Biz qog‘oz pullarni ishlatish orqali real maxsulotlar, xizmatlar va manbalarga ega bo‘lishimizni bilganimiz uchun ularni ayriboshlash vositasi sifatida qabul qilamiz.
Qonuniy To‘lov Vositasi Bizning qog‘oz pulning muqobilligiga bo‘lgan ishonchimiz hukumat uni qonuniy to‘lov vositasi qilgani uchun oshgan. Xususan xar bir qog‘oz pulda bub u banknota barcha davlat va xususiy qarzlar uchun qonuniy to‘lov vositasi deb belgilangan. Bu degani pul qarz to‘lovlarida mos qonuniy to‘lov vositasi xisoblanadi. (lekin xususiy firmalar va hukumat naxd pul qabul qilish javobgarligiga ega emas. Ularning chek, bank cheklari, pul o‘tkazishlar, yoki kredit kartalar orqali to‘lovlar qabul qilishlari noqonuniy emas.)
Lekin qog‘oz pullarining umumiy qabul qilinishi hukumatning pul qonuniy to‘lov vositasi ekanligi to‘g‘risidagi qaroridan muhimroq. Hukumat cheklarni hech qachon qonuniy to‘lov vositasi deb qaror qabul qilimWg$ nhliekp4l vYUNT k^15 pgina maxsulotlar, xizmatlar va manbalar iqtisodiy ayriboshlanishida shunday ma’noda qo‘llanilib kelayapdi. Lekin hukumat tuzilmalari, federal deposit sug‘urta korxonalari va milliy kredit birlashmalari boshqaruvlari 1 00 000$ gacha tijorat va omonat depozitlarini sug‘urtalaydi. Bu xaqiqat bizning chek depozitlaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga bo‘lgan xoxishimizni oshiradi.
Nisbiy Cheklanganlik Pulning qiymati boshqa xar qanday narsaning qiymati kabi uning ta’minoti va unga bo‘lgan talabga bog‘liq. Pul o‘zining qiymatini foydalikligiga nisbatan cheklanishdan oladi (ehtiyojni qoplash kuchi). Pulning foydalikligi uning maxsulotlar, va xizmatlarga xozir yoki keyin ayribosh imkoniyatidadir. Iqtisodning pulga bo‘lgan talabi turli davrlardagi ayriboshlashlardagi umumiy dollar qiymati qo‘shuv tadbirkorlik tashkilotlari va shaxslar tomonidan kelasi ayriboshlashlar uchun saqlanishi xoxlanayotgan pul miqdorlariga bog‘liq. Pulga bo‘lgan davomiy talab orqali pul ta’minoti to‘lov birligining ichki qiymati yoki sotib olish imkoniyati aniqlaydi (dollar, en, peso yoki boshqalar).7
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. SHunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va bitim uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |