243Mavzu: Pul aylanmasi va uning tuzilishi. Reja: Naqd pul aylanmasi nima? 2



Download 40,23 Kb.
bet5/7
Sana07.04.2022
Hajmi40,23 Kb.
#534384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PUL V BANK ONLAYN

Nazorat uchun savollar.
1.Naqd pulsiz hisob- kitoblarning tamoyillari.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo;lgan ishonchi.
3. Naqd pulsiz hisob- kitob shakllari.


Uyga vazifa: Naqd pulsiz pul aylanmasi, uni tashkil qilish tamoyillarini o’rganish.


1.Naqd pulsiz hisob- kitoblarning tamoyillari.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo;lgan ishonchi.
3. Naqd pulsiz hisob- kitob shakllari.

Mavzu : Inflasiya.
Reja:
1.Inflasiyaning mohiyati va turlari.
2. Inflasiya nima?
3.Iqtisodiyotda inflasiya darajasi.
Inflyasiyaning mohiyati va turlari
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyasiyani
vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyasiya”
termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”,
ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyasiyaning iqtisodiy mohiyati
muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va
xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi.
Inflyasiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan
1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSH Federal hukumati 1861 –
1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash
maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab
bo‘ldi. G‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyasiya termini
birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning
o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi.
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflyasiya natijasida pullarning qadrsizlanishi,
ularning to‘lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qog‘oz pullar
muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan boshlangan.
Dastlabki davrlarda inflyasiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri,
hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab
darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga pullar muomalaga
chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan avvalgi VI asrda
metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan
ko‘prog‘ini oddiy metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan metallarga
almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi.
O‘rta asrlarga kelib, ko‘pchilik davlatlarning hukumdorlari kumush tangalarni mis
tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon
hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta
boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning to‘lov qobiliyatini pasayishi va
qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga – pul bilan
bog‘liq inflyasiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi.
Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida o‘rta
asrlarda pul muomalasida paydo bo‘lgan muammolarni barqaror pul tizimini
tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar bo‘ldi.
XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga
qadar inflyasiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lib, davriy xarakterga
ega edi. Masalan, inflyasiya muammosi Fransiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk
fransuz revolyusiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush davri – XIX asrning
boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda
uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod
bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida
ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining inflyasiyaga qarshi
kurashish mexanizmidan mahrum bo‘ldi. SHu davrdan boshlab, inflyasiya
iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bo‘lgan va keng qamrovli muammo sifatida
barcha mamlakatlarda namoyon bo‘la boshladi.
Inflyasiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar
tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund
inflyasiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida30, P.Xeyni esa
pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini
ta’kidlaydilar31.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyasiyani vujudga kelishi 1930
yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida
iqtisodiyotning “pul kanallari” to‘lishi yuz beradi, bu o‘z navbatida inflyasiyaga
olib kelishi ta’kidlandi, 1940 yillarda esa inflyasiyaning sababi iqtisodiyotda
qog‘oz pullar to‘lov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyasiyani keltirib
chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyasiyani kelib chiqishining asosiy
sababi sifatida uning etarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan
ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyasiya murakkab, ko‘p omilli ijtimoiy –
iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida
vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar.
Inflyasiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar
o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari
V.A.Щegorsov va V.A.Taranlar “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va
iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning bahosini o‘sib borishidir, bu
jarayonda pulning qadri pasayib boradi.”32, deya ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor SH.Abdullaeva
inflyasiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyasiya so‘zining iqtisodiy mohiyati –
muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul
chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi33.
Guvohi bo‘lganimizdek, inflyasiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar
bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib
ketishi natijasida muomaladagi qog‘oz va tanga pullarning sotib olish
qobiliyatining pasayishidir”.
Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyasiya
sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli
tovarlar va xizmatlar massasi bilan ta’minlanmasligi natijasida ularning bahosi
ortsagina bunday holat inflyasiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha
pul massasi paydo bo‘lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib
ketishi natijasida bozor kon’yukturasining o‘zgarishi, ya’ni bozorda tovarlar va
xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyasiya mavjudligini
anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi noinfiliatsion omillar ta’siri
natijasida paydo bo‘ladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi
natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi
natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi
kabilar shular jumlasidandir.
Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyasiyaning vujudga
kelishi muomalada pul mablag‘lari hajmining haddan ortiq ko‘payishi natijasida
pul muomalasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va
xizmatlar umumiy bahosining sezilarli sur’atlarda o‘sib borishida (1), tovarlar va
xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni
ularning xorijiy valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib
borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining
pasayishida (4), mablag‘larni ko‘chmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va
xizmatlarning baholarini boshqa barqaror pul birliklariga bog‘lab aniqlash
kabilarda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda inflyasiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari mavjud bo‘lib,
ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyasiya darajasini (2)
aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.

IBI=(JDIKB : O’DIKB) 


bu erda:
1. IBI – iste’mol baholari indeksi;
2. JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari;
3. O‘DIKB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari.

Inflasiya darajasi =(I иб1- I иб0) : I иб0
bu erda:
4. 1
иб I – joriy davr iste’mol baholari;
5. 0
иб I – bazaviy davr iste’mol baholari.
Iste’mol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar yig‘indisi. Iste’mol savatchasi yordamida
odamlarning yashash uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori
hisob – kitob qilinadi. Iste’mol savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQSHda 300 ta,
Fransiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi
kiradi.



Download 40,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish