23-ma’ruza. Kliyent-server va peer to peer arxitekturalarining qurilish usullari, ularning imkoniyatlari, kliyent-server ilovalari va peer to peer ilovalari,



Download 487,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.11.2022
Hajmi487,4 Kb.
#875125
1   2   3   4
Bog'liq
23-MA\'RUZA

 
Mijoz-server arxitekturasi 


 
Kliyent - server arxitekturasi asosidagi ilova mantiqan bo‘linishining tipik 
sxemasi 
Kliyent-server arxitekturasida ilova quyidagi mantiqiy sathlarga bo‗linadi: 
Foydalanuvchi interfeysi sathi. Interfeys odatda kliyent kompyuterida 
amalga oshiriladi; 
Qayta ishlash sathi (ilova mantig‗i). Ushbu sathda ilovada ko‗zda tutilgan 
asosiy jarayon (―biznes-mantig‗i‖) amalga oshiriladi (funksionallik); 
Ma‘lumotlar sathi. Ma‘lumot qayta ishlaydigan ilovalarga kerakli 
ma‘lumotlarni taqdim etadigan dasturlarni saqlaydi.
Bu ma‘lumot saqlash sathning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi 
(persistence).
Ushbu sath server kompyuterida bajariladi.
Odatda ma‘lumotlar sathi relyatsion ma‘lumotlar bazasi shaklida tuziladi. 
Bunday yondoshuv ma‘lumotlarni ilovalarga bog‗liq bo‗lmasligini hamda 
mijoz-kliyent modelida qayta ishlash sathini ma‘lumotlar sat-hidan ajratilishga 
imkon yaratadi. 
Server – bu boshqa tarmoq ob‘ektlariga ularning iltimosiga binoan xizmat 
ko‗rsatadigan ob‘ektdir.
Xizmat - bu mijozlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni. 
Mijozlar - bu server resurslaridan foydalanadigan va foydalanuvchi uchun 
qulay interfeys-larni ta‘minlaydigan ish stansiyalari. 
Foydalanuvchi interfeysi - foydalanuvchi yoki tizim bilan o‗zaro ishlash 
protseduralari. 
Сервер 
бўлими
Иш станцияси 
(Мижоз)
Иш станцияси 
(Мижоз)
Алоқа 


Tizimni uchta mantiqiy sathlariga bo‗linishida ilovalar alohida 
kompyuterlarda taqsimlanadi. Bunda eng sodda yo‗l - kompyuterlarni ikki turga 
bo‗lish: 
1) Kliyent kompyuterlari (ishchi stansiyalar) – ularga interfeys vazifasini 
bajaradigan mijoz dasturlari o‗rnatiladi; 
2) server kompyuterlari – ularda qayta ishlash va ma‘lumot sathlarining 
vazifalari bajariladi. 
Bunday tashkil etishda tizim taqsimlangan sharoitda faoliyat ko‗rsata 
olmaydi, hamma masalalar serverda yechiladi, mijoz kompyuteri faqat oddiy 
terminal sifatida ishlatiladi.
Kliyent - server arxitekturasining variantlari. 
Ikki zvenoli dasturiy arxitektura. Amaliyotda tizimning har xil 
foydalanuvchilarini bir xil ma‘lumotlarga kirish holatlari ko‗p uchraydi. 
Buni amalga oshirish uchun mijoz-server tizimining funksiyalarini bir necha 
Kliyent kompyuterlari orasida ajratish kerak bo‗ladi. 
Buning nisbatan sodda yo‗li, ilovalarning mantiqiy sathlarini server 
qismining ma‘lumotlarga kirishni ta‘minlaydigan bir ilovasi doirasida 
taqsimlanishini amalga oshirish hisoblanadi.
Ikki zvenoli kliyent-server arxitekturasining sxemasi
 
Shunday qilib, dasturiy yechim Kliyent kompyuteri interfeys funksiyalarini 
minimallashtirishdan (―ingichka‖ Kliyent (tonkiy kliyent)), foydalanuvchi 
interfeysining hamma vazifasini Kliyent kompyuteriga topshirishgacha (―yo‗g‗on‖ 
Kliyent (tolstiy kliyent)) o‗zgar-tirib boriladi. Ikkala holatda ham server 
kompyuterida joylashgan xususan ilovaga tegishli protokol yordamida tashqi 
interfeys serverdagi ilovadan ajratiladi. Bunday arxitektura asosida tuzilgan model 
ikki zvenoli mijoz-server modeli deb nomlanadi.
Kliyent-server modelining rivojlanishi oqibatida uch zvenoli arxitektura. 
yaratildi. Bu variantda foydalanuvchi interfeysi ilova mantig‗i (qayta ishlash 
jararyoni) va ma‘lumotlarga kirish qismlar tizimning mustaqil komponentasi 
sifatida ajratiladi va u mustaqil kompyuterlarda ishlash qobiliyatiga ega bo‗ladi. 
Dasturlar, qayta ishlash sathining asosiy qismi alohida serverga o‗tkaziladi, uning 
nomi ilovalar serveri deyiladi. Bu tizimda foydalanuvchining so‗rovlari ketma-ket 
tizimning kliyent qismida, ilovalar mantig‗i (qayta ishlash dasturlari) serverida va 
ma‘lumotlar bazasi serverida qayta ishlanadi. 
Uchta zvenoli mijoz-server arxitekturasining sxemasi
 


Ko‗p zvenoli mijoz-server arxitekturalari ilovalarni foyda-lanuvchi 
interfeysi, qayta ishlash va ma‘lumotlar komponentalariga bo‗linishlarining 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri davomi hisoblanadi. Bunday taqsimlanish turi vertikal 
taqsimlanish deyiladi. Ularning aosiy xususiyati mantiqan harxil komponentalarni 
har xil kompyuterlarda joylashishi hisoblanadi. Kliyent - server tizimlarining 
zamonaviy aritekturalari. Tashkilot faoliyatini avtomatlashtirish ilovalari nuqtai 
nazaridan tizimni taqsimlangan deb yuritiladi, agar uning tarkibidagi mantiqiy 
ilovalar (qayta ishlash dasturlari) tizimning bir nechta komponentalari orasida 
taqsimlangan bo‗lib, har biri alohida kompyuterlarda bajarilishi mumkin bo‗lsa. 
Bunda foydalanuvchining so‗rovlari foydalanuvchi interfeysidan, to yagona 
ma‘lumotlar serverigacha ketma-ket o‗tib bormaydi. Bu ma‘noda ko‗p zvenoli 
arxitekgaturani eniga kengayishi kuzatiladi. Kliyent va serverlarni bunday 
taqsimlanishi gorizontal taqsimlanish deyiladi. Kliyent yoki server mantiqan bir xil 
turdagi modullarning taqsimlangan qismlarini o‗z tarkibida saqlashi mumkin
ularning ishlashi mustaqil, bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda amalga oshiriladi. 
Masalan, lokal tarmoqda bir necha web-server kompyuterlari mavjud bo‗lsin. Agar 
Web – sahifa o‗zgartirilsa, bu o‗zgarishlar boshqa serverlarga ham jo‗natiladi. 
Kelgan so‗rov uchun ma‘lum bir server ―karusel‖ usuli asosida tanlanadi. Bunday 
formada taqsimlash ommabop Web-saytlar o‗rnatilgan serverlardagi yuklamalarni
tekislash maqsadida qo‗llaniladi. 

Download 487,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish