22-mavzu O‘tkir Hoshimov romanlari tilining sotsialingvistik tahlili Bajardi: Turdialiyeva r reja



Download 30,36 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi30,36 Kb.
#816554
Bog'liq
22

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI



MUSTAQIL ISH

22-mavzu O‘tkir Hoshimov romanlari tilining sotsialingvistik tahlili.
.
Bajardi: Turdialiyeva R
Reja:
1. Sotsiolingvistik tahlil o‘zi nima?
2. “Ikki eshik orasi” romanidagi personajlar
3. O‘tkir Hoshimov romanlari tilining sotsiolingvistik tahlili
4. Xulosa
Sotsialingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Sotsialingvistika – tilshunoslik, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muammolar majmuyini o‘rganuvchi ilmiy – nazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, “til va jamiyat”) umumiy tilshunoslik doirasida ham o‘rganiladi. Sotsialingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuyida namoyon bo‘ldi. Sotsialingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi.
“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va h.k tahlil bilan shug‘ullansa, sotsialingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va ma’daniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada jag‘ini ezmoq ibrasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsialingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining so‘lashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.
Zamonaviy sotsialingvistikaning asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik tadqiqotchi U.Labov sotsialingvistikani “tilni uning ijtimoiy konteksida” o‘rganadiganfan sifatida belgilagan. Bunda tilga ta’sir qiluvchi barcha ijtimoiy omillar: muloqotga kiruvchilaning yoshi, jinsi, ma’daniyati va bilim darajasi, kasbidan tortib, to aniq nutqiy aktning xususiyatlarigacha hisobga olinadi.
U.Brayt fikricha, sotsialingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur holatda sotsialingvistikaning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi o‘zaro munosabatlar tizimini ochib beradi. Ya’ni sotsialingvistlarning vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo‘shma variatsiyalashuvini ko‘rsatib berish, hatto, u yoki bu yo‘nalishning tasodifiy a’loqasini ochib berishdan iboratdir. Sotsialingvistikaning asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning haqaiqatdan ham “erkin emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‘zaro a’loqada ekanligini ko‘rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda tushunish sotsialingvistikaning asosiy obyekti hisoblanadi.
Fransuz tilshunoslarining fikriga ko‘ra diskurs tahlili, til me’yori, variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsialingvistikaning obyekti hisoblanadi.
Professor A. P. Barannikov 1919-yilda yozgan maqolasida shunday fikrlarni aytgan: Hozirgi tilshunoslikka e’tibor bilan qarasak, bu fan ijtimoiy til bilimlari hisoblanib, fan va til qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish mavjud bo‘lib, uni quyidagicha o‘rganish mumkin. Birinchidan, til umumjamiyat qonuniyatlari asosidagi hodisa sanaladi, ikkinchidan, tilni bir necha bor davrning taraqqiyot mevasi sifatida his etish maqsadga muvofiq. Ayniqsa sotsialingvistika fani sotsiologik tadqiqotlarning tekshirish obyektiga xosdir, uni esa ijtimoiy dialektlar, badiiy asar tilidagi adabiy va noadabiy til vositalari qonuniyatlariga amal qilishini ta’kidlaydi.SHu bilan birga, yozma til, og‘zaki til va hududiy til ko‘rinishlariga xosligini ta’kidlaydi.A.N. Selishev, N.M. Kariniskiy, B.A. Larin singari taniqli tilshunos olimlar ham fikrlashib, sotsialingvistika tarixi, uning yuzaga kelishi va muhim xususiyatlari xususida anchagina yaxshi ma’lumotlarni aytib o‘tadi. O‘tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi “ romanida insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlagan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeliginining har bir ota – ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr – bardoshini haqida so‘zlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yeti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Undagi voqea – hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib br – biriga usalik bilan bog‘lagan.
“ Iki eshik orasi “romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro‘ - e’tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq – chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda tashabbuskorlikni o‘z qo‘liga oladi. Bu asar qator o‘ziga xosliklarga ham ega. Muallif , birinchi navbatda, urushni qoralaydi , ining insoniyat boshiga og‘ir kulfatlar olib kelishi mohiyatini ochadi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga muallif oddiy odamlarning , ayniqsa, urush yillarida yorqin bo‘lgan fazilatlarini, vatabparvarligi, bardoshi, matonatini ko‘rsatadi.
“ Ikki eshik orasi” asaridagi qahramonlar ham nir – birini to‘ldirib asarga ko‘rk bag‘ishlagan. Asardagi Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabi qahramonlar ozining yorqin fe’l – atvori , ajabtovur qiliqlari va fazilatlari bilan barchamizga o‘rnak bola oladi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini yoritib bergan. U ayni chog‘da, haqiqatni yuzga aytishdan cho‘chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o‘z me’yoriga ega odamning belida belbog‘I bo‘lishi kerak degan aqidaga amal qiladigan mard insonlardan biridir. Belbog‘ uning uchun xuddi ota – bobolarimizdek mardlik, tantilik, odamlik belgisi. Romanda Kimsan Xusanov obrazi ham ajoyib. U ham mard, tanti, oriyatli yigit. Ammo u urushda halok b o‘ladi. Ammo o‘limi oldidan jasorat ko‘rsatib bir nechta fashistlarning kapitanini o‘zi bilan birga suv tubiga g‘arq qilib olib ketadi. Asardagi ayol obrazlar ham bir – birini to‘ldirib o‘zbek ayolinining matonatini yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon, farzandlari uchun jonini ham bersishga tayyor ona obrazini yoritadi. Robiya esa soflikni, halollilkni, ma’naviy barkamollikni juda yaxshi ochib bergan. Romandagi yana bir asosiy qahramonlaridan biri bo‘lmish Muzaffar Shomurodov va Munavvar Aliyevalar o‘sha mash’um urushning qaysidir ma’noda qurbonlari bo‘lishdi. Urushdan keyin tug‘ilgan bu ikki yosh bir - birini samimiy sevadi. Ammo ular keyinroq ko‘kaldosh bo‘lib chiqadi.
Romanda yana bir asosiy qahramonlardan biri Shomurodning xotini Ra’no edi. Xalqimizda kurmaksiz guruch bo‘lmas deganlaridek Ra’no ham o‘zining eriga xiyonat qiladi. Ya’ni u subutsiz, o‘ylamay ish qiladigan, o‘z baxtini avaylamaydigan ayol bo‘ladi. Asar voqealariga qaraydigan bo‘lsak, urush maydonlaridan urushdan necha kilometr uzoqdagi insonlar taqdiri tasvirlangan. Inson hayotga bir marotaba keladi. Shu hayotini qanday o‘tkazishi o‘z qo‘lida deymiz. Biroq asar qahramonlaridan biri Kimsan yoki shunga o‘xshash mard, jasur o‘zbek o‘g‘lonlari taqdiri bundan mustasno edi. Ular taqdirida “urush” deb atalmish qora kunlar yozilgan edi. Asardagi har bir qahramon Qora amma, Robiya, Muzaffar, Kimsan, Ra’no, Munavvar va yana bir qancha qahramonlar shunday tasvirlanganki, siz ularni hayotda ko‘rgandek bo‘lasiz. Shu o‘rinda Qora amma so‘zi e’tiborga loyiq. Nega Qora amma? Axir oddiygina amma desa bo‘lardi-yu. Bilasizmi , ona ichidagi dard, alam- qayg‘udan yurak- bag‘ri qorayib ketganligi, uning yuzida ham aks etgan. Farzand dog‘i shu ko‘ygfa soldimi? Xalqqa kelgan to‘y hammasining sababchisi.
Taqdir zanjiri asar sujeti chig‘irig‘ida shunchalar aks etadiki, beixtiyor hayratga tushasiz. Asarning kompozitsion nuqtasi kulminatsiyada Kimsan, Robiya va ona muloqoti bor. Muloqot manolog bilan boshlanadi.
Bilaman, siz-tiriklar o‘limdan qo‘rqasizlar. Tirikligimda men ham qo‘rqar edim. Yo‘q o‘lim unchalik qo‘rqinchli emas.
Tiriklik- hayot mazmuni shu kulminatsiyada yaqqol ko‘rinadi. Asarning g‘oyasi ochiladi. Urush mavzusidagi asarlarda qo‘rqinchli his yurakni bezovta qiladi. Darhaqiqat, asarda insoniy tuyg‘ular va qayg‘ular aks etadi. Asarda qo‘llanilgan stilistik vositalar kitobxonni personajlar haqida tasavvur qilishga, bahsga chaqiradi. Asarda ko‘plab katta – kichik personajlar mavjud. Qimirlagan jon borki, hammasi davr dard- tashvishi bilan nafas oladi.
Adabiy yo‘nalishlar , badiiy asar va ijodkor stilini ochib beradigan badiiy adbiyot bu stilistkadir. Uning vazifasi badiiy asarlarni yozishda yozuvchilar ahlining ifoda vositalarini qo‘llash mahorati haqida mulohaza olib borishdir.
Stilistik vositalar matnlarda belgilangan birliklar vazifasini bajaradi. Stilistik vositalar har doim qo‘shimcha emotiv yoki mantiqiy ma’no anglatadi. Stilistik vositalarning vazifasi haqidagi V.M. Zirmunskiy quyidagicha fikr yuritadi: “Har bir vositaning mantiqiy ma’nosi va emotivligi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida paydo bo‘lgan badiiy tassurotning yaxlitligi hisoblanadi. Har bir alohida estetik fakt, har bir poetic vosita (urg‘u qo‘shilgan) tizimda o‘z aksini topadi, so‘zlarning tovush va ma’nosi, sintaktik strukturalari, syujet sxemasi,kompozitsion mazmun- mohiyati bularning barchasi teng darajada bir butunlikni ifodalaydi.
Stilistik vositalar badiiy asarlarda faktkar, voqealar yoki g‘oyalarga nisbatan ishlatiladi, lekin doim ham ko‘zga tashlanavermaydi. Badiiy personajlarning ichki hissiyotlarini namoyon etishda yozuvchi va shoirlar bir qator stilistik vositalardan unumli foydalanishadi. Jumladan, metafora, oksimoron, epitet, metonomiya va boshqalar. “Ikki eshik orasi” romanida emotivlik belgisi sifatida ko‘plab metaforalar ishlatilgan. Quyidagi misollarda uning tahlilini ko‘rsatishimiz mumkin.
1) SHavkat Qudratovichning rangi o‘chib ketdi.
2) Uning rangi o‘chgan, terlab ketgan yuzini kafti bilan artgan bo‘lsa kerak, barmoq izi qorayib turar, mo‘lovi titrara edi.
3) Bu gap qandoq og‘zimdan chiqib ketganini bilmayman, Robiyaning qo‘lidagi qiyiqcha sirg‘alib yerga tushdi. Rangi o‘chib, yuzimga hayratlanib qaradi.
4) Pakana kishining jahli yomon ekan. Avval dadamga, keyin cholga rangi o‘chib qradi-da, chopib bporib, Oqsoqolga xezlandi.
5) Dadam rangi quv o‘chgancha muzdek labi bilan peshonamdan o‘pdi.
6) Kimsan akam yerga sakrab tushdi. Qurigan kesakka qoqilib, munkib ketdi. Rangi quv o‘chib , entikib nafas olayotganini sezdim.
7) Oyim shundoq yerga o‘tirib qolgan, rangi quv o‘chib , ro‘moli yelkasiga sirg‘alib tushgan, ko‘zi yumuq edi.
8) Avval rangi o‘chdi. Keyin lablari piroiray boshladi. Qiyiqchani yuziga bosdi- yu, yelkalari titrab- titrab, birdan o‘zini namat to‘shalgan yerga otdi.
9) Narigi uydan avval yoqavayron Orif oqsoqol, ketidan rangi o‘chgan tabib bilan Umar zakunchi chiqib kelishdi.
10) –Nima? - Dadam qattiq oqsoqlagancha yaqin keldi. rangi quv o‘chib ketdi.
11) Shavkat Qudratovichning rangi gezarib ketdi.
12) Rangi zahil, qulog‘ining orqasida danakdek so‘gali bor begona odam kelib, dadamning kitob- daftarlarini rosa titkiladi. Ancha- muncha narsalarni olib ketdi.
Yuz rangi kontsepsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan misollar orqali romanda faol ishlatilgan bo‘lib ularning barchasi personajlarning tushkun ahvolini ifodalaydi. Barcha misollarda rang kishining yuziga nisbatan va aksariyati hikoyachi tomonidan turli obrazlarning hissiy holatini tasvirlash uchun qo‘llanilgan. Ushbu metaforalarni son jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak “Rangi o‘chgan” yoki “ Rangi quv o‘chib “ o‘n marta , “Rangi gezarib”, “Rangi zahil”, “rangi bir holatda” ikki martadan, “ Rangi sarg‘ayib “, “Rangi bo‘zday oqargancha”, “Rangida rang qolmagan” bir martadan uchraydi. Romandagi voqealar urush davrini tasvirlaganoi uchun barcha keltirilgan misollarda negative hissiyotlarga boy. Jumladan, 1), 4), 11), 14) misollarda personajlarning jahl, g‘azab kabi his- tuyg‘ularini ifodalashini tushunishimiz mumkin. 1), 5), 6), 7), 10), 13) gaplarda qo‘rquv , xavotir, ma’lum bir narsadan yoki kishidan cho‘chish holatlari kuzatiladi.
3) misolda esa Robiyaning eshitgan noxush xabardan hayratlangani, ruhiy iztirobda qolganini har qanday kitobxon tushunib yetadi. Kishining rangi- ro‘yi nafaqat hissiyotlari haqida , balki sog‘ligi haqida ham ancha ma’lumot beradi.
Bunda yozuvchi turli- tuman vositalar qatorida qahramonlarning dil- izhorlaridan, ichki monologlardan unumli foydalangan. Ichki monologlar qo‘llashda yuqoridagi asarlarda boshlangan usuldan yozuvchi “ Tushda kechgan umrlar” romanida yanada ustalik bilan foydalangan. “tushda kechgan umrlar” romanida voqealar qamrovi juda keng;
30- yillarning mash’um “qatag‘on “qilish manzaralari, 80- yillarda Afg‘oniston urushi namunalari, shu yillarda sodir bo‘lgan “o‘zbek ishi” mojarolari. Bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir- biri bilan bog‘lashda , ular orasiga “biriktirish nuqtasini” topishda muallif ichki monologdan unumli foydalanadi.
XULOSA
Romandagi Rustam, SHahnoza kabi qahramonlar ruhiy olamining talqini xuddi shunday xulosa chiqarishga imkon beradi. Faqat roman kompozitsiyasining nomukammalligi uning adabiyotda juda katta hodisa darajasiga ko‘tarilishiga halaqit bergandek bo‘ladi. Kompozitsiyadagi tarqoqlik, ayniqsa, Rossiyadan yuborilgan kishilar hayotiga, faoliyatiga bog‘liq voqealarning, tafsilotlarning asosiy syujet chiziqlariga uzviy bog‘lab yuborilmaganida
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘. Hoshimov. Ikki eshik orasi. – Toshkent: SHarq, 2012. 6- 214 betlar.
2. Ashurova D. U, Galieva M. R. Stylistics of Literary text. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi nashriyot, 2013.
3. https://mv- vatanparvar. uz/3872/
Download 30,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish