22-ma’ruza neft, gaz va neft mahsulotlarni saqlash idishlari turlari. Reja



Download 41,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.06.2023
Hajmi41,87 Kb.
#947412
1   2   3   4
Bog'liq
22-ma\'ruza

 
 


22.2.Rezervuarlardan foydalanish 
 
Rezervuarlar saqlanadigan suyuqlikni qabul qiluvchi va chiqaruvchi qurilmalar 
bilan ta’minlanishi lozim va ularni istalgan vaqtda almashtirish imkoniyati bzlishi 
lozim. Rezervuarda nominal bosim ta’minlanishi va foydalanishda rejim buzilishini 
oldini olish kerak. Rezervuarda ta’mirlash paytida odamlarning kirishi va chiqishi 
uchun lyuklar va lazlar o‘rnatilishi kerak. Har bir rezervuar foydalanuvchi uchun 
qulay bo‘lishini hisobga olgan holda metall konstruksiyalar (zina va maydoncha) 
bilan jihozlanadi. Qabul qiluvchi patrubka (shtutserlar) vertikal rezervuarlarning 
pastki belbog‘iga yoki sharsimon va tomchi ko‘rinishidagi rezervuralarning pastki 
qismiga o‘rnatiladi. Avariya holatlarida qabul qiluvchi quvurlar orqali mahsulot 
yo‘qotilishini oldini olish uchun qabul qiluvchi patrubkalarning rezervuardagi ichki 
qismi himoyalovchi berkituvchi qurilma bilan jihozlanadi. Ta’mirlash ishlariga 
mo‘ljallangan 1 yoki 2 ta lyuk rezervuarning pastki belbog‘iga o‘rnatiladi. Bundan 
tashqari tomda ta’mirlashdan oldin rezervuarni shamollatish, hamda rezervuarning 
ichki qismiga tushib-chiqish uchun lyuk o‘rnatiladi. 
Rezervuar tomidagi yana bir lyuk nazorat o‘lchov ishlari uchun mo‘ljallangan. 
Bu lyuk «o‘lchovchi» deb nomlanadi va avtomatik o‘lchov asboblaridan alohida, 
mustaqil ravishda o‘rnatiladi. Bu lyuk tez ochiladigan qopqoq bilan jihozlanadi. 
Rezervuarlarning asosiy qurilmalari «nafas oluvchi» klapanlar hisoblanadi. Ular neft 
mahsulotlarining minimal darajada yo‘qotilishi sharoitlarida «katta» va «kichik 
nafas olish» ni ta’minlaydi. Rezervuarning «nafas oluvchi» klapani ishdan chiqqan 
paytda buzilishlar oldini olish uchun saqlovchi klapan o‘rnatiladi. 
Saqlovchi klapanlar gidravlik zatvor usuli bo‘yicha ishlaydi. Bunda zatvor 
bosim yoki vakuum ta’sirida ochiladi va gaz faza atmosferaga chiqariladi. Ishchi 
bosim o‘rnatilgach, suyuqlik yana zatvorni berkitadi. Gazlar atmosferaga (ortiqcha 
bosimda) chiqarilishi yoki havoning (vakuum sharoitida) rezervuarga kiritilishi 
tishsimon qalpoqcha orqali amalga oshiriladi. Zatvor suyuqligi muzlamaydigan, 
qovushqoqligi kichik va bug‘lanmaydigan bo‘lishi lozim. Bunday suyuqliklar 
sifatida solyar moylari, dizel yokilg‘isi, glitserinning suvli eritmasi ishlatiladi. 
Rezervuardan foydalanish jarayonida zatvordagi suyuqlikning sathi tekshirib turish 
uchun jo‘mrakli sath o‘lchagich ishlatiladi. Barcha to‘siq, shtutser va to‘rlar toza 
holda saqlanishi kerak.
Saqlovchi klapan «nafas oluvchi» klapandan farqli ravishda yuqori bosim va 
chuqur vakuumda (5-10% yuqori) ochilishiga moslashtirilgan. «Nafas oluvchi» va 
saqlovchi klapanlardan foydalanish mobaynida yong‘in xavfi vujudga kelishi 
mumkin. Bunday holatlar oldini olish uchun yong‘inga qarshi qurilma- yong‘in 
to‘siqlari ishlatiladi. Ularda rezervuarni atmosfera bilan bog‘lab turadigan uzunchoq 
kanalli qurilma mavjud. Bu to‘siqlarining yong‘inni o‘chirish qobiliyati shu 


kanallarning kesimi va uzunligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Kanallar lentali, 
nasadkali va panjarali bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alangan metall qalpoq gazlarni 
sovitishga xizmat qiladi. Plastikali kassetalar tekshirish, tozalash va muzlashdan 
saqlash uchun xizmat qiladi. Rezervuarga ulangan har bir neft va tayyor mahsulot 
quvurlarida yong‘inga qarshi maqsadlarda undan 100-500 m uzoqlikda zadvijkalar 
o‘rnatiladi. Yashindan va statik elektr razryadidan himoyalanish uchun rezervuar 
yerga ulanadi. Yuqori qovushqoqli mahsulotlarni saqlashda ularni qabul qilish va 
uzatishda yengillik bo‘lishi uchun ular qizdiriladi. Bunday hollarda rezervuar tagligi 
bo‘ylab yoki tarqatuvchi patrubkaga isituvchi zmeyevik yoki quvurli isitgich 
o‘rnatiladi. Isitish suv bug‘i, qaynoq suv yoki boshqa issiqlik tashuvchi orqali 
amalga oshiriladi. Mahsulotlarning bug‘lanishini kamaytirish uchun rezervuarlar 
nur qaytaruvchi (oq va alyuminiyli) bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Rezervuarning hajmi 
kattalashgan sari, undan foydalanish va nazorat qilishga qo‘yilgan talablar ham ortib 
boradi. Rezervuarlardan foydalanish jarayonida undagi barcha payvand choklar, 
shtutserlar, «nafas oluvchi» va saqlovchi klapanlar hamda boshqa qurilmalar har 
kuni ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Qishda bo‘sh rezervuarlarni issiq suv bilan 
qizdirmasdan neft mahsulotlarini quyish mumkin emas. Aks holda, korpusning 
germetikligi buziladi va boshqa qurilmalar tez ishdan chiqadi. Rezervuarlar davriy 
ravishda tozalab turiladi. Tozalash uslubi cho‘kindi tabiati va miqdoriga bog‘liq. 
Ko‘proq qo‘llaniladigan usul bu rezervuarni suv bilan yuvishdir. Bundan tashqari 
bug‘ bilan yuvish, majburiy yoki erkin shamollatish, qayta yuvish usullari mavjud. 
Rezervuarlarni oltingugurtli neft mahsulotini saqlash uchun tozalashda 
birikmalarning o‘zidan-o‘zi yonishini oldini olish uchun uzluksiz ravishda kamroq 
miqdorda suv bug‘i berilib turiladi. Rezervuarning ichki iflos qismlarini qo‘l bilan, 
gidrodinamik usul bilan, kimyoviy va asosiy yuvuvchi vositalarni qo‘llash bilan 
tozalash mumkin. Rezervuarlar yong‘inni o‘chiruvchi vositalar bilan ta’minlangan 
bo‘lishi kerak: qum, belkurak, chelak, o‘t o‘chirgich, ko‘pikli suv, o‘t o‘chirish 
shlanglar va brandspaytlar. 

Download 41,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish