216-guruh talabasi Aliyeva Nozimaning ona tili fanidan “Fe'lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli” Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi. Fe’llarning barchasi bir umumiy nima qilmoq? degan so`roqqa javob bo‘ladi. Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni: 1) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l; 2) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe’l; Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar Harakat-holat bajarilish-bajarilmasligiga ko‘ra 2 ga bo`linadi: bo`lishli, bo`lishsiz. Bo`lishlilik maxsus qo`shimchaga ega emas: Misol: Mavzu PPTsini ertalab tayyorladim. Men hamma narsani sezib turaman Bo`lishsizlik hosil qiluvchi vositalar quyidagilar: 1. –ma qo`shimchasi bilan. Masalan, Sen g`iybatchilar bilan do`st bo`lma. 3. Na…na yuklamasi orqali: Na o`qiydi,na ishlaydi. 4. Yo`q so`zi vositasida: Darsga Nurillo kelgani yo`q. 5. –moqchi edi orqali: -ma qo'shimchasi bilan bo‘lishsiz fe’llar yasash. Bunda ma qo'shimchasi fe'lning leksik ma'no ifodalovchi qismiga qo'shiladi: o'qima, o'qimagan, aytmasa, ko'rib chiqma. Birdan ortiq fe'llardan tuzilgan murakkab fe'llarda ma qo'shimchasi odatda so'nggi kompo-nenti - ko'makchi fe'llarga qo'shiladi. Masalan: ko'rib chiqma, olib kelma, o'qib ko'rma, olib qola ko'rma. Murakkab fe'lning har ikki komponentiga ma qo'shimchasi qo'shilsa, fe'l bo'lishli fe'lga aylanadi Masalan: o'qimay qo'ymadi -o'qiydi, aytmay qo'ymaydi-aytadi, bormay qo'ymaydi-boradi kabilar. Dildora darsga bormay qo‘ymaydi.(– Albatta boradi ma'nosida) Agar bo`lishsizlik qo`shimchasi –ma yetakchi fe`lda ham, ko`makchi fe’lda ham kelsa, fe`l bo`lishli bo`ladi va ta`kid ma’nosi kuchaytiriladi: • Masalan: Shohruh shaharga kelsa, ammasinikiga kirmay qo`ymaydi. O‘timli va o`timsiz fe`llar Harakat-holat biror obyektga o`tish-o`tmasligiga ko`ra yoki bajaruvchining o`z ustida bajarilish-bajarilmasligiga ko`ra 2 xil bo`ladi: o‘timli fe’llar va o‘timsiz fe’llar. O`timli fe’llar- harakat boshqa obyektga o`tadi: Masalan, Xonani yaxshilab tozalang. O`timsiz fe`llar –harakat bajaruvchining o`z ustida ro`y beradi: Alisher o`ylanib qoldi. O`timli fe’llar ko`pincha tushum kelishigidagi so`zga bog`lanadi: Choyni novvot bilan iching. Go`dakni issiq kiyintirib yubormang. Ba`zi fe’llar ham o`timli, ham o`timsiz bo`lib kela oladi: 1. Ukam maktabda o`qiydi. Aqli bor bola kitob o`qiydi. 2. Shoir yangi she`r to`qidi. Buvi nabirasiga paypoq to`qidi. Fe`l barcha gap bo`lagi vazifasida kela oladi. Buning uchun fe’lning vazifa shakllaridan foydalanamiz. Shuningdek, o`timli-o`timsizlik va bo`lishli-bo`lishsizlik faqat fe’lga xos ko`rsatkich sanaladi. E'tiboringiz uchun Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |