Mehnat insonda ijodiy kuch uyg otadi



Download 16,92 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi16,92 Kb.
#45565
Bog'liq
Fell

FE’L

Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so'zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga. ilohiyotchilarga. tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ко r sat dim va e 'zozladim.

Mehnat insonda ijodiy kuch uyg otadi.

Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat belgining yuzaga kelishi, o'zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: о‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi.

Fe’llaming barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so'roqqa javob bo’ladi.

Fe’l o‘ziga xos morfologik belgilarga ega? ya’ni: 1) ish-harakatning predmetga (to’ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va o’limsizlik ma’nosini hosil qiladi: o'qimoq, yozmoq – o’timli fe’l; о ‘tirmoq, chiniqmoq – o’timsiz fe’l; 2 ) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko‘ra fe’llar bo’lishli va bo’lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo’lishli, aytma – bo’lishsiz; hilgan – bo’lishli, bilgani yo'q -bo’lishsiz fe’l; 3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat. kiyindi - o‘zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi - orttirma nisbat; 4) ish-harakatning voqelikka munosabati mavl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda. bonnoqchi - aniqlik mayli; boray. borgin. borsin buyruq-istak mayli; borsa - shart mayli; 5) ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o'rgandim – o’tgan zamon, о‘rganayapman - hozirgi zamon, о ‘rganmoqchim an - kelasi zamon; 6 ) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko‘plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim. qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.

Demak, fe’l o’timli-o‘timsizlik, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat, mayl zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o'ziga xos morfologik belgilarga ega.

Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh. harakat nomi kabi o‘ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam - sifatdosh; ishonib. islwngach - ravishdosh; ishonish. ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo'lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo’ladi.

Fe’l o‘ziga xos maxsus so'z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg'gv, tinchi suvsira - affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo'lmoq, javob bermoq. sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar.

Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o'z ichida turli xil qo'shimcha ma’nolami aks ettiradi: kulimsira - kuchsizlik, turtkila -davomiylik, yozib bo’ldi - tugallanganlik kabi.

Fe’l o'ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega: 1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat. odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 2) fe’llning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hoi, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, toMdiruvchi kabi gap boMaklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: 0‘zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ко 'r. Dunyoda eng yomoni faqat о ‘zini bilib о ‘zgani unutib yashashdir . Ilmfan ga inti lish insonning eng oliy ma ’naviy harkatlaridandir .

2. O'timli va o'timsiz fe’llar o'timli va o'timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.

Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so'z bilan) ifodlangan predmetga o‘tganligini bildiradigan fe’lar o’timli fe’l deyiladi.

Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz .



Bu gap ichganmiz, yeganmiz fe’laridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so'zlari bilan ifodalangan predmetga o‘tadi. Demak, o‘timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog’lanadi.

Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o'tishi yoki harakat o'tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo'lishi mumkin. Bunday holda o'timli feMlar jo'nalish va chiqish kelishigi shaklida qo'llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni оling - nondan oling. otni mining - otga mining.
Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish