1. Kibermakon tushunchasi. Kibermakon va jamiyat. Kibermakon va din.Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning CHrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan “Neuromancer” (o‘zbek tilida tarjimasi “Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, rus tilida «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi “superkorporatsiya” texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
Kibermakon dunyo komp’yuter tarmoqlarining “virtual” umumiy majmui bo‘lib, global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, “chatlar”, turli onlayn bahslar, komp’yuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida quyigilar aytish mumkin:internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil telefonlar; onlayn pul’tli o‘yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotlar. Bu kabi vositalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada yuqoriligini anglatadi.
Kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:muloqot, ma’lumot, ta’lim, tajriba, amaliyot, missionerlik, marketing, shifo va boshqalar.
Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lana olish imkonini beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi noan’anaviy internet guruhlar bo‘lgan. Xaydi Kempbell tomonidan xristian jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a’zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual muloqotning xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki “ijtimoiy hayotning illyuziyasi” yoki “offlayn” dunyoda jamoalarning yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e’tirof etganlar.
Etakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a’zolar va a’zo bo‘lmaganlar orasida komp’yuterlashtirilgan ma’lumot olishga ehtiyojning ortganini ta’kidlamoqda. Diniy ma’lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma’lumot tarqatuvchi “bloggerlar” yoki “bloglar” komp’yuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda “podkastlar”, veb-saytdan MR3 pleer, “I-POD”larga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma’ruzalar ommalashmoqda.
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o‘rinlarda turuvchi ma’lumotlar endilikda omma e’tiboridagina emas, balki istalgan kishi veb saytlardan yuklab ta’lim olish imkoniyati mavjud. SHu maqsadda diniy ma’lumotlarga chanqoqlar uchun maxsus veb saytlar dalillar, havolalar va resurslar bilan boyitilgan. Masalan, internetdan foydalanuvchi shaxs istalgan hajmdagi marosimlar shablonlarini yuklab olib, YOrubada bo‘lib o‘tayotgan Santeria yoki Kandombl diniy marosimlarida ishtirok etish mumkin. Ko‘pchilik bunday jarayonlarni ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan an’analarning dezagrigatsiyasi yoki bilimlarning demokratlashtirilgani deb qabul qiladilar. Boshqalar esa diniy faoliyatdagi uzilish va an’analarning yo‘qotilishi deb biladilar.
Kiberterrorizm(lot, Gyber terrorism; Gyber - “kiber”, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) – zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar, kompyuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o‘zining g‘araz niyatlariga erishishdan iborat.
Kiberterrorizm (kompyuter terrorizmi) ostida g‘arazli niyatda, siyosiy maqsadlarda amalga oshirilgan kompyuter tizimi va tarmog‘idagi axborotga qilingan hujum tushunilib, u odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‘rqitib, harbiy nizo keltirib chiqarishga intiladi. Kiberterrorizminsoniyat uchun jiddiy xavf bo‘lib, uni yadro, bakteriologik va kimyoviy qurolga tenglashtirish mumkin. Hatto u o‘z yangiligi tufayli to‘la-to‘kis o‘rganib ulgurilmagan quroldir.
Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali bank tizimlariga kirish va u erdan pul mablag‘larini o‘marish. Misol sifatida kredit kartalari bilan amalga oshirilayotgan afera (g‘irromlik)lar har yili 400 million dollar atrofida zarar keltiradi. Viruslardan ko‘rilgan zarar esa 12 milliardni, mualliflik huquqining buzilishi 250 milliardga yaqin zarar keltiradi.
Internetning “liminal makon”i ma’naviy yoki diniy tajribaga (absorbtsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshilanayotganini e’tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi texnologik imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni “psixonavigatsion sayohatga” chorlaydilar.
Komp’yuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb etadi. Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini ko‘rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha olmasligini ta’kidlaydi. SHuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o‘zgarayotgan dunyoda “to‘g‘ri yo‘l”da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim “maydon”ga aylandi.
Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o‘tish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma’lum diniy amallarni amalga oshirish imkoniyatini oshiradi. Masalan, Sant’yago-de-Kompomtelaga kiber-ziyoratga borish yoki Hindistondagi muqaddas joylarda “pudju”ni amalga oshirishlari mumkin. Sikxlar esa har kuni Amritsardagi Oltin xaramdan o‘qilayotgan Siri Guru Grantxa Saxibning muqaddas kitobini eshitishlari mumkin.
Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik, ma’lum diniy ta’limning o‘sishi va ta’siri doirasining kengligi bois alohida ko‘rib o‘tish zarur. Bugungi kunda din va e’tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. Masalaning muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ‘ib qilinishi agressiv ruhda amalga oshirilayotganidadir.
Tenesse universiteti Din, Media va Madaniyat yo‘nalishi talabalari bergan ma’lumotga ko‘ra,o‘zlarini “kiber-evangelistlar” deb atovchi ba’zi xristianlar, musulmonlar bilan onlayn muloqotga kirishib ularning aqidalari va amaliyotlari haqida bahslashadilar. Ular “bot”ning yangi fenomeni, ya’ni chatlarga Bibliya matnlarini etkazish uchun suzib chiquvchi dasturlar orqali matnli ma’lumotni (xuddi paydo bo‘luvchi oyna kabi) bir lahzada yuborish imkoniyatidan foydalanadilar.
Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. Diniy va ma’naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin. Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
Komp’yuter media vositalarida kasalliklarga davo va muammolarga echim topish keng rivojlanmoqda. Guru, evangelistlar, maslahatchi ekstrasenslarga duoli so‘rov yuborish yoki diniy va amaliy muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko‘pchilikni murojaatning anonimligi va kuchli diniy etakchining ishtiroki jalb etadi. Ba’zi amaliyotchilar Internet orqali samaraliroq davolashlarini ta’kidlaydilar. Misol tariqasida gollandiyalik antropolog, maxsus sertifikatga ega an’anaviy davolovchi Vim van Binsbergen sayti va uning 2003 yilda chop etilgan “Madanyatlararo to‘qnashuvi” kitobini keltirish mumkin.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma’lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhim. CHunki, bunday xurujlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligi hech kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab etadi. Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor etish muhim.