21-mavzu: diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili


Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlar va barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni



Download 69,52 Kb.
bet9/10
Sana14.06.2022
Hajmi69,52 Kb.
#666487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-MAVZU DINIY TOLERANTLIK MADANIYATI, UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI. KIBERMAKONDA DIN OMILI

4. Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlar va barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni.

Har bir davlat o‘z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo‘ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O‘zbekistonda ham o‘sib kelayotgan yosh av­lodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma­daniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan, printsipial “axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.


Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axbo­rot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yara­tish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutub­xonalar tarmog‘ini tubdan takomillashti­rish edi.
Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.
Axbo­rot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholi­ning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda muntazam ta’­lim olishi va mustaqil ra­vishda talim olishiga ko‘maklashish;

  • milliy ma’naviy-axlo­qiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘li­shini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib be­rish;

  • yangi axborot texno­logiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, inter­net resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;

  • madaniy, ta’lim, axbo­rot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’­lim muassasalari, mahal­liy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madani­yat markazlari bilan ham­korlikni rivojlantirish va hokazolar.

Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun prinsiplariga to‘la muvofiq keladi.
Qadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. CHin ma’nodagi shaxs o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo‘ladi. O‘zi va millat uchun befoyda, zararli odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o‘z manfaati, o‘z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti deb tushunadi. O‘z vazifasini millatning kuniga yarash, og‘irini engil qilishda ko‘radi. SHu sababli u o‘z shaxsiy qobig‘idan chiqib ko‘tariladi va millat manfaati uchun, millat farovonligi orqali o‘zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko‘proq, samaraliroq mehnat qiladi. Umummilliy g‘oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydo bo‘lib qolmaydi. U, avvalo, oilada ota-ona, oiladan tashqarida qarindosh-urug‘, qo‘shni-mahalladoshlar orasidagi tarbiyaviy muhitni rag‘batlantirib borish, so‘ngra oliy o‘quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. SHu sababli bu jarayonga ijtimoiy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarash lozim.
Bu bejiz emas, albatta. CHunki, milliy merosimizning g‘oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy ehtiyojlariga da’vogar bo‘lgan omillarni o‘rganishdan iborat bo‘lib kelgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ta’lim jarayoni dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tom ma’noda global, insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o‘ziga xosliklar alohida ahamiyatga ega.
Ta’limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog‘liq. Insoniyat tsivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi. O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ta’lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo‘yadi.
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo`naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Informatsion sivilizatsiya bosqichi va globallashuv jarayoni kishilik jamiyati taraqqiyotiga xos bo‘lgan tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lib, uning ijobiy jihatlari «davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarini kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kashf etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi» bilan belgilanadi2.
Axborot makonida tahdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara qo‘yib bo‘lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini o‘ylab, vayronkorlik va buzg‘unchilik mazmundagi axborot oqimini cheklash kunning dolzarb vazifalaridandir.
Ekstremistlar e’tiqod qiladigan bir qator maqsad va qarashlar, qadriyatlar targ‘ib qilinadi, ularning “ilg‘or”, “muqarrar”ligi isboti keltiriladi, qarshilar va dushmanlar aniqlanadi. Agarda tashkilot ma’lum bir submadaniyatga e’tiqod qilsa, o‘zlarining targ‘ibot va tashviqotida “kiberhujum mexanizmi”ni ishga soladi. Bularga quyidagilarni misol keltirish mumkin: kiyinish uslubi, xatti-harakat, tashqi ko‘rinish va hokazolar kabi masalalar bo‘yicha maslahatlar beriladi; kundalik hayotga oid nima qilish mumkin-u, nima mumkin emas; “to‘g‘ri” narsani to‘g‘ri bajarishni, u yoki bu ko‘rinishda “qo‘shilish” yoki “kurash”ga chaqiriladi.
Biz bu kabi din niqobi ostidagi yoshlarda internet orqali salbiy xarakter shakllantirishga harakat qilayotganlarning “kiberhujum mexanizmi”ga qarshi yosh avlodni asrashimiz uchun “kiberhimoya mexanizmi”ni quyidagicha qo‘llash mumkin:
birinchidan, internetda berilayotgan ma’lumotlarni “filtrlash” yoki yoshlarda “filtrlay” olish qobiliyatini shakllantirish;
ikkinchidan, internet ma’lumotlarga yoki kompyuterga qiziquvchi yoshlarga doimiy ravishda salbiy saytlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida kerakli ko‘rsatmalar berib borish;
uchinchidan, joylarda ota-onalar uchun doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish;
to‘rtinchidan, maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti pedagog jamoasi, o‘quvchi va talabalar orasida internet hujumlari va internet savodxonligi bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil qilish;
beshinchidan, maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida internet savodxoniligi bo‘yicha maxsus kurslar o‘qitilishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida maktab, litsey, kollejlar va oliy ta’lim muassasalari uchun o‘qituvchilar tayyorlanishini hisobga olib, fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Kibermakondagi diniy ma’lumotlar va kiberterrorizm” maxsus kurs yoki fanlarning ishchi fan dasturlariga alohida mavzu shakllantirib kirgizish maqsadga muvofiqdir.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona “ZiyoNET” milliy ta’lim tarmog‘i tashkil etilganligi axborot xurujlariga qarshi turishda bir “mexanizm” ekanligi, “Kiber jinoyatlar to‘g‘risida” Konvensiya “Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida” Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari “Bola huquqlari to‘g‘risida” BMT Konventsiyasi kabi qonunlar va Xalqaro Konventsiyalarniyuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga fan sohalarining mazmunlaridan kelib chiqib o‘rgatishimiz lozim.



Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish