21-mavzu: diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili


Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida



Download 69,52 Kb.
bet3/10
Sana14.06.2022
Hajmi69,52 Kb.
#666487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-MAVZU DINIY TOLERANTLIK MADANIYATI, UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI. KIBERMAKONDA DIN OMILI

Tolerantlik mavzusi Sharq mutafakkirlari ilmiy merosida
O'zbek xalqi azal-azaldan mehmondo'st, Tolerantlik so'zi lug'atda-chidamlilik, bardoshlilik degan manolarni anglatadi. Lekin, bu so'zni qalbi pok, mehnatsevar, har bir millatga yordam qo'lini cho'zib,boshqalarga xursandchilik mehnatsevar xalq. O'zbeklarning bag'rikeng xalq ekanini II jahon urushidan so'nggi yillarda qozoq, qirg'iz, tojik, tatar, chechen, rus, turk millatlariga mansub odamlarga, yosh-u qariga, yetim-yesirlarga yordam qo'llarini cho'zib, ularga o'z uylaridan boshpana bergan va mehr-oqibat ko'rsatganliklarida ko'rishimiz mumkin. Millatlarni ajratmay, boshqa din, boshqa millat bolalarini o'ziga asrab olib, ularga mehr ko'rsatganligi haqiqiy bag'rikenglik emasmi?!
O'tmishda yashab o'tgan bobokalonlarimiz ham o'z el-yurtlari uchun qanchadan-qancha qiyinchiliklar ko'rishgan. Shunday bo'lsa-da, ular faqat o'zlarini o'ylamasdan,balki nochor,mushkul ahvolda qolgan odamlarga ham ko'maklashishgan, yordam berishgan. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng,juda ko'p erkinliklar berildi. Har kim bilim olish, dam olish, malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqlariga ega bo'ldi. Diniy bag'rikenglik, ya'ni insonlarni o'z dinlariga bo'lgan e'tiqodlarini mustahkamlashga, barcha din vakillari bir-birlarini hurmat qilishlariga yo'l ochildi. Musulmonlarning muqaddas bayrami hayit bayramlarida ham qarindosh-urug'lariga, yor-u birodarlariga hadya ulashadilar.
Fikrimizning isboti tariqasida quyidagi hikoyani keltirmoqchimiz: “Bir musulmon yigitning nasroniy diniga e'tiqod qiluvchi qo'shnisi bo'lgan ekan. Musulmon yigit hayit bayramida qarindoshlariga, yor-u birodarlariga sovg'a-salom ulashib, ularni xursand qilibdi. Yigit payg'ambarimiz (s.a.v.)ning “Qo'shningizga yaxshilik qiling” degan hadislari yodiga tushib, yon qo'shnisi, ya'ni nasroniy qo'shnisini ham unutmadi va eng sara taomlardan olib, sovg'a-salomlar bilan qo'shnisining eshigini taqillatibdi. Qo'shnisi chiqib, yigit bilan salomlashibdi. Yigit bugun bizning bayramimiz, bu bayramda hammaga sovg'a-salom ulashiladi. Marhamat, oling, sizga olib keldim” ,debdi. Qo'shnisi bu qadar iliq gaplarni eshitib, o'yga tolibdi: “Yigit ham o'zbek, ham boshqa dindan bo'lsa-yu, men boshqa millatdan bo'lsamda, menga taom olib chiqibdi. O'zbeklar bu qadar bag'rikeng xalq ekanini bilmagandim debdi va yigitning oliyjanobligiga tasannolar aytibdi”.
Bir-biriga begona bo'la turib, yordam qo'lini ayamaydigan xalq ham o'zbek xalqidir. Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid,cherkov va sinagogalarning mavjud bo'lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o'z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig'idir. Tariximizning eng murakkab, og'ir davrlarida ham ular o'rtasida diniy asosda mojarolar bo'lmagani xalqimizning dinlararo bag'rikenglik borasida katta tajriba to'plaganidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.Ularning o'z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunda o'z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo'lib ulug' va mushtarak g'oyalar yo'lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Qadim-qadimdan ko'plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelayotgan O'zbekiston hududida asrlar davomida milliy nizolar bo'lmagani xalqimizning azaliy bag'rikengligini ko'rsatadi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o'zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga xos bo'lgan oliyjanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.
Tolerantlik tafakkuri insonlarning turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy munosabatlarini ularning millati, irqi, nasli nasabi, iqtisodiy ahvoli, dini va e’tiqodiga qaramasdan muvozanatda saqlash meyorlarini anglatadi. Tarixiy shakllanishiga ko’ra tolerantlik dinlarga bo’lgan xolis munosabat, dinlarni bir-biri ustidan ustun qo’ymaslik, ularni ajratmaslik, ularni bir-biriga qarshi qo’ymaslik, inson diniy e’tiqodiga hurmat bilan qarash, shu bilan birga boshqa din g’oyalarini zo’ravonlik bilan singdirishga urinmaslik, dinsizlar, ya’ni dahriylar huquqlarining hurmat qilinishi kabi mohiyatan zarur bo’lgan g’oyalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Tolerantlik dunyoviy davlatning eng zarur ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlaridan hisoblanadi. Demak, O’zbekiston Respublikasi dunyoviy davlat qurilishi yo’lidan borar ekan, tabiiy ravishda, tolerantlik tafakkurini butun aholi, xususan bola-yoshlar ongida shakllantirish dolzarblik kasb etadi.
Asli tolerantlik insoniyat tarixida o’zga din va millatlarga nisbatan bag’rikenglik va ehtiromli munosabatda bo’lish mezoni sifatida shakllanib kelgan. Chunki tolerantlik urf-odat, madaniyat, qarash va mafkuralarga nisbatan xolis munosabat bildiradi, dunyo rang-barangligini tan oladi. O’zbekistonda tolerantlik tushunchasining diniy bag’rikenglik, tinchlik-totuvlik hamda hamjihatlikda yashash tamoyillariga ko’proq e’tibor berilgan. Ammo aslida tolerantlik tushunchasi juda keng tushuncha ekanligi O’rta Osiyoda rivojlangan tarixiy ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar tizimida o’zini to’laroq namoyon etadi.
Zamonaviy tolerantlik tushunchasi o’z mazmuniga tarixiy shalklanib kelgan diniy va ma’rifiy bag’rikenglik tafakkurinigina emas, balki undan kengroq bo’lgan ma’naviy, madaniy, mafkuraviy, gumanitar bag’rikenglik tamoyillarini ham qamrab oladi. Shu bois, Hozirgi davrda tolerantlik insonlar orasidagi turli farqlarga nisbatan hurmatli va sabr-bardoshli munosabat sifatida talqin qilinadi.
Tolerantlik tarixiy ildizlarga ega hodisa hisoblanadi. Tarixan o’z shakllanish jarayonlarida tolerantlik ma’naviy va diniy bag’rikenglik g’oyalariga tayangan. Tolerantlik va dinlar tarixi o’zaro bog’liq hodisalar hisoblanadi. Dunyo dinlari o’rtasidagi tenglik va o’zaro hurmat tolerantliksiz rivojlana olmas edi. Tolerantlik diniy e’tiqodlarga bo’lgan o’z munosabatini an’anaviy diniy mazhablarning ulug’lanishi asosida quradi. Shu nuqtai nazardan, har bir din tarkibida o’ziga xos tolerantlik tamoyillariga asoslangan konfessional qadriyatlar tizimi shakllanib kelgan.
O’zbeklarning milliy qadriyatlari tarkibida eng qadimgi davrlardan boshlab har doim tolerantlik, xususan madaniy va diniy bag’rikenglik tushunchalari mavjud bo’lib, ular kuyidagi masalalarni o’z ichiga qamrab olgan:
- odamlarga ularning yoshi, millati, irqi, jinsi, moliyaviy ahvoli, nasl-nasabidan qat’iy nazar bir xil e’tiborli va izzatli nazarda qarash;
- odamlarga nisbatan bir xilda hurmatda bo’lish munosabatini inson madaniyati va tarbiyalanganligining muhim belgisi sifatida baholash;
- “komil inson” tushunchasi doirasiga uning keng fe’lli, o’zgalarga yaxshi munosabat ko’rsata olishi, boshqa dinlar va urf-odatlarni hurmat qilishga tayyorligini kiritish;
- tarixiy jarayonlarda har vaqt o’zga madaniyatlar, milliy urf-odatlarining eng yaxshi tomonlari milliy madaniyatga singdirish (muomala madaniyati, uy tutish, taom tayyorlash, ozodalikka rioya etish, bolalarga munosabat);
- asrlar davomida o’zbeklar madaniyati va muomala urf-odatlari qadriyatlari ta’sirini o’zga madaniyatlarga ta’siri va boshqalar4.
O’zbek millatining etik-estetik, axloq va odob, ma’naviy va ma’rifiy, falsafiy qadriyatlari tizimida tolerantlik g’oyalari eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlantirilgan va o’ziga xos tarzda shakllantirilgan. O’zbeklarning milliy an’analarida tolerantlik tushunchasi ancha keng va asosli tarzda tushuntirilgan va avlodlar tarbiyasining muhim omillaridan biri sanalgan. Tolerantlik tushunchasida inson axloqiga oid sabr-bardoshli bo’lish, hurmat, e’zoz, izzat ko’rsata olish, rahmdillilik, mehru-muruvvat kabi sifatlar an’anaviy xususiyatga ega bo’lgan. Tolerantlikning tarixiy ildizlari eng qadimgi davr “Avesto”, “O’rxun-Enasoy bitiklari”, “So’g’d yozuvlari” kabi adabiy yodgorliklarda shakllantirilgan va inson odobi, uning ma’naviy-ruhiy aqidalarining zarur talabiga aylangan. “Kattani hurmat qilish, kichikka izzat bilan qarash” o’zbeklarning milliy axloqiy talablaridan hisoblangan.
Tadqiqotda ma’naviy va diniy bag’rikenglik tamoyillarining o’ziga xos etik va estetik aqidalar tizimida tarixiy shakllanish bosqichlari tahlili asosida, o’zbeklar milliy qadriyatlari tizimida tolerantlik tushunchasi tarkibiga an’anaviy tarzda kuyidagi insoniy xislatlar va tafakkur qirralari kiritilganligi va shakllantirilganligi ma’lum bo’ldi:
insof, adolat, hurmat, e’zoz, izzat, sabr, qanoat, mehr, keng fe’llilik, bilimdonlik, madaniyatlar tarixini bilish, boshqa madaniyat va din vakillariga e’zozli va hurmatbilan munosabatda bo’lish, taqvodorlikning har qanday ko’rinishlariga chuqur hurmat, bag’rikenglikni kundalik turmushga nisbatan qo’llash, bag’rikenglikka oilaviy tushuncha darajasida amal qilishini ta’minlash, do’stlik, birodarlik, bir-biriga aziz bo’lish kabi qadriyatlarni oilaviy munosabatlarga o’tkazish, o’zaro tenglik, o’zaro tenglikka hurmat, tenglik tushunchasini keng anglash, o’zaro hamjihatlik, tinchlik, tinchlikka chuqur hurmat va e’zoz, uni eng ulug’ qadriyatlardan hisoblash, janjal va nizolardan qochish, yaxshi niyatli bo’lmoq, sodiqlik, insonparvarlik va insonni ardoqlash, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, hurfikrlilik va erk, o’zgalar fikriga ishonch, mehr-muruvvat, yaxshilik, ona va ayolga ehtirom, diniy bag’rikenglik, haqgo’ylik, halimlik, kamtarinlik, tavoze’li bo’lmoq, og’ir-bosiqlik, vazminlik, barqarorlik, peshqadamlilik, ilg’orlik, qilgan amallar va niyatlarda pok bo’lmoqlik, e’tiqodda qat’iylik v.b.
Islomda diniy bag’rikenglik din arkonlarining asosiy mezonlari tizimiga singdirilgan. Islom madaniyatida insoniy va diniy bag’rikenglik aqidalari keng targ’ib va tashviq etilganIslomda inson kamoloti va uning zimmasiga yuklatiladigan an’anaviy vazifalar shaxsning bag’rikeng, sabr-bardoshli, hurmatli va o’zgalarni e’zozlash munosabati darajasida qo’yilgan.
Qur’oni Karim va Hadislarda diniy bag’rikenglik inson komilligi xususiyati sifatida e’zozlanishi qayd etiladi. Islom dini va uning tarixiy rivojlanish jarayonlari o’z takomili davrida har doim boshqa madaniyatlar va e’tiqodlarga hurmat bilan qaragan, ularning ijobiy tomonlarini o’ziga mujassam etish va singdirishga harakat qilgan, o’zi ham o’zga madaniyatlar axloqiy qadriyatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir o’tkaza olgan. Diniy bag’rikenglik, boshqa dinlarga hurmat bilash qarash, jamiyat a’zolari o’rtasidagi mavjud totuvlikni hurmat qilish va e’zozlash kabi masalalar islom dinining azaliy qadriyatlaridan hisoblangan.
Islom dinining ilk shakllanish davrlaridanoq, hech qanday musulmonga, aynan musulmon bo’lganligi uchun, boshqa din vakillaridan ustunlik berilmayotganligi, balki musulmonlikka da’vogar shaxs hayotida adolatparvarlik va mantiq doimo uning hayotiy mezonlari bo’lishi kerakligi, barcha dinlarning o’zaro tengligi, boshqa e’tiqoddagi insonlarga nisbatan ham hurmat bilan qarash, insonning kimligiga qarab emas, uning amallariga qarab baho berish lozimligi va dinlarning barchasining o’zaro inson kamolotiga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Ammo shu bilan birga har qanday ishda, ayniqsa islom arkonlari va taqvodorlikda haddan oshish, tajovuzkorlik va zo’ravonlik qattiq qoralanadi. Masalan, Qur’oni Karimda aytilishicha, «Albatta, Alloh haddan oshuvchilarni (tajovuzkorlarni) yomon ko’rgay»5
O’zbekiston zaminida tavallud topib, islom madaniyatiga ulkan xissa qo’shgan ulamo va mutafakkirlarning tolerantlik taraqqiyoti va amaliyotida qo’shgan xissasini bir necha davrlarga bo’lib o’rganish uning O’rta Osiyo hududidagi evolyusion jarayonlarini aniqlash uchun imkon yaratadi.
Islom dini, shariat va fiqhiy masalalarning ishlanishida dunyo tan olgan olimlardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Imom at-Termiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr al-Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, Abduholiq G’ijduvoniylar sof diniy va fiqhiy yo’nalishda, Al-Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoyil Juzjoniy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabilar diniy bag’rikenglik asoslarini ilmiy ishlab chiqqanlar, mazkur jarayon islom jarayon islom tarkibida tolerantlik tafakkurining ilmiy–falsafiy va diniy ishlanishi birinchi bosqich hisoblanadi.
Amir Temur va temuriylar davrida tolerantlikni joriy etish masalalari davlat va hokimiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri deb baholangan. Amir Temur, Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobir kabilarning tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan hissalari e’tiborga loyiqdir. Shu bois mazkur madaniy va ma’rifiy taraqqiyot davri tolerantlikni rivojlantirishdagi ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Tasavvuf tariqatlari va ularda bag’rikenglik, insonga mehr bilan munosabatda bo’lish qoidalari inson komilligi va tariqatlar tizimidagi tarbiya jarayonining muhim omillaridan deb belgilangan. Naqshbandiya, qubraviya, yassaviya, mavlaviya, cheshtiya va suxravardiya tariqatlari doirasida diniy va insoniy bag’rikenglik, bardosh, tenglik, hurmat va e’zoz, tinchlik-totuvlik, bunyodkorlik g’oyalari tarannum etilgan. Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahrori Valiy, Jaloliddin Rumiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ahmad Yassaviy, Nizomiddin Avliyo va boshqalarning badiiy ijod namunalarida tolerantlik g’oyalari tarannum etilgan. Tasavvuf tariqatlari tizimida shakllantirilgan bag’rikenglik g’oyalari islom madaniyati tarkibidagi uchinchi bosqich hisoblanadi.
Ma’rifatparvarlik g’oyalarining shakllanishida tolerantlik alohida ahamiyat kasb etgan. Insonga insoniy munosabat bildira olish ma’rifatparvarlik yo’nalishining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan6.
Inson degan tushuncha ortida esa – ja’mi bashar tushunilgan. Mahdumi A’zam, Muhammad Shaybonixon, Abulg’oziyxon, Turdi Farg’oniy, So’fi Olloyor, Maxtumquli, Maxmur, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Ahmad Donish kabilarning bag’rikenglik va dunyoviy tafakkur rivojidagi o’rni ular qarashlaridagi gumanistik g’oyalar tizimi bilan belgilanadi. Ma’rifatparvarlik yo’nalishidagi ishlangan bag’rikenglik qarashlari O’rta Osiyodagi islom madaniyati tarkibidagi to’rtinchi bosqich mazmunini belgilab beradi.

Turkiston madaniy hayotida insonsevarlik g’oyalarning rivojlantirilishi tolerantlik g’oyalari bilan uzviy bog’langan holda targ’ib qidingan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Rizouddin ibn Fahruddin, Olimat al-Banot, Avaz O’tar, Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X.Niyoziy, Abdulla Qodiriy kabilar ijodida ilgari surilgan bag’rikenglik va dunyoviylik o’z zamonasining eng ilg’or g’oyalari tizimidan mustahkam o’rin olgan edi. Bu davr tolerantlik g’oyalarining ilmiy-nazariy ishlanishida beshinchi bosqichi hisoblanadinadi.



Diniy qadriyatlarni inson madaniyatining o’ziga xos tarzi sifatida baxolash barcha bosqichlarga xos bo’lgan hususiyatdir. “Islom dinida insof, adolat va insonparvarlik qoidalariga juda katta o’rin berilgan. Boshqa bir insonga adolat va muruvvat bilan munosabatda bo’lish targ’ib qilingan. Qiyinchiliklar davrida xayrixohlik, doimo boshqa musulmonlarga yordam berishga tayyorlik targ’ib etilgan. Islom dini insonlarni millat va elatlar mavqeidan yuqori qo’yadi. Islom dinida barcha aholi o’zaro tenglashtiriladi va bir yaxlitlikka “Allohning ummatlari”, ya’ni xalqiga aylantiriladi. Islomda insof va adolat mezonlariga hatto yov bilan jang qilish asnosida ham rioya qilishga buyuriladi”. Islom dinidagi insonsevarlik va gumanizm g’oyalari insonni yaratgan bandasi sifatida ulug’lash, boshqa din vakillari va insonlar e’tiqodlarini hurmatlash, odamga, xususan qariya, ayol, homilador, yetim, boquvchisini yo’qotganlarga mehr-muruvat bilan munosabatda bo’lish aqidalari asosiga qurilgan.
Islom madaniyatida yoshlar tafakkurini sog’lom ruhiyat asosida tarbiyalash jarayoniga alohida ahamiyat berilgan. Yoshlarga diniy omil va axloq normalarini singdirishda insonparvarlik va insonni ardoqlash, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, hurfikrlilik va erk, tafakkurga ishonch, mehr-muruvvat, yaxshilik, ona va ayolga ehtirom, diniy bag’rikenglik, e’tiqodga nisbatan hurmat, din vakillariga hurmat, diniy merosni qadrlash, diniy obidalarni saqlash, diniy qadriyatlarni avlodlarga o’tkazish kabi masalalarga maxsus e’tibor qaratilgan7
Islom dini – tinchliksevar din deb tan olinadi. Tinchlik, totuvlik, barqarorlik, insonlararo hamjihatlik ham diniy, ham tolerantlik tafakkuri doirasida amal qiladigan xususiyatlardan hisoblanadi. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, aholini bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, yer yuzini “obod qilish”, tangrining yerdagi barcha mavjudotlariga nisbatan mehrli, shavqatli bo’lish insonning asl vazifalari ekanligi islom dinida ham, tolerantlik tushunchasi doirasida ham targ’ib etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishdagi islom dini asosiga qurilgan muhim omillar kuyidagilardan iboratdir:
- dunyoviy davlat va din o’rtasidagi munosabatlarni sivilizatsiya talablari asosida tushuntirish;
- din zamonaviy fuqarolik jamiyatining to’la huquqli tarkibiy qismi ekanligini anglatish;
- sof diniy, xususan islomiy bilimlar, ularni tarixiylik, qiyosiylik va tanqidiylik asosida sharhlashga o’rgatish;
- dinlar tarixini to’g’ri va ilmiy shakllantirish;
- islom dini tarkibidagi tolerantlik tafakkurining evolyusion taraqqiyotini amaliy va nazariy bilimlar majmuasi sifatida singdirish;
- ma’naviy bilimlar majmuasi sirasida diniy-axloqiy bilim, ko’nikma va normalarning o’rnini to’g’ri baholashga o’rgatish.
Muhammad (s.a.v.) ko’plab hadislarda nizolarning oldini olish, tajovuzkorlik va agressiv harakatlarni qoralaganlar. Masalan: «Yov bilan harbiy to’qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz». Shu bilan birga boshqa hadisda «Qiyomat kuni odamlardan birinchi navbatda nohaq to’kilgan qonlar to’g’risida so’roq qilinur”, - deb aytilgan.
Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Abu Saiddan so’rabdilarki, - “Bandaning egamga yetishi uchun qancha yo’llar bor?” , - deb. Abu Said javob beribdilarki, “Ba’zilar – minglab yo’llar bor,” - deyishadi, “ba’zilar bandalar qancha bo’lsa, shuncha yo’llar mavjud, - deb bilishadi. Ammo eng maqbul va qisqa yo’l, bu insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, mehribonlik qilish hamda insonlar manfaati uchun harakat qilishlikdir», - debdilar. YA’ni insonlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, ularni yaxshi va ezgu amallarga yo’naltirish sof e’tiqod darajasiga ko’tariladigan amal sifatida baholanadi8.
Shunday qilib, islom manbalarida tolerantlik va diniy bag’rikenglik inson komilligining muhim talablaridan biri sifatida tan olingan bo’lib, islom ulamolari har doim tolerantlik masalalariga alohida e’tibor bilan qarab, bag’rikenglikni tarannum etib kelganlar. Islom madaniyatining buyuk vakillari bo’lgan mutafakkir olimlar va shoirlar har vaqt tolerantlik tamoyillarini insoniy kamolotning muhim qirralaridan biri ekanligini ta’kidlab kelishgan.
Madaniyatimiz taraqqiyotida o’rta asrlar (XI-XVII) katta rol o’ynadi. Bu davr O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo miqyosida mashhur qildi. Shuningdek, madaniyat namunalari bilan almashuv, o’zaro ma’naviy ta’sir kuchaydi. Qadimgi hind, eron, arab, yunon madaniy boyliklari qorishib, adabiyotlarda “musulmon madaniyati” deb nom olgan yangi madaniy qatlam vujudga keldi.
Toshkent vohasidan chiqqan buyuk muhaddislardan biri Qaffol Shoshiy o’zining “Javomi’ al kalim” (“Hikmatli iboralar to’plami”) asarida bag’rikenglik masalalariga ham to’xtaladi. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, fiqh, she’rshunoslik va tilshunoslik ilmlari bo’yicha qomusiy olimlardan bo’lgan. Olim insoniy kamolot asoslari bo’yicha hadislarni yig’ish bilan shug’ullangan. Olim Javomi “Al Kalim” asarida ana shunday ibratli so’zlarni keltiradi:
Amallar niyatlarga bog’liqdir
Qur’on darlarda davodir
Duo – ibodatdir
Avval salom, keyin kalom
Jamoat bilan bo’lishlik rahmatdir
Firqalanish ayni azobdir
Ma’lumki, islom madaniyati adabiyot, san’at, fan, falsafa, axloq, urf-odat, shuningdek, ta’lim va tarbiya masalalariga ahm o’z ta’sirini o’tkazgan. Mana shu yo’nalishlarning barchasida ma’naviy, madaniy, shuningdek diniy bag’rikenglik tamoyillari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan targ’ib qilingan. Har bir mutafakkir ijodida bahrikenglik tamoyillarining ba’zi qirralari sharh etilganligi shohidi bo’lamiz. Xususan, Sharqda Xojai Jahon unvoniga sazovor bo’lgan mashhur shayx, xojagonlar tariqatining nazariy asoschisi Xoja Abduholiq G’ijduvoniy shunday deydi:
Ayblarin yopguvchi sattor bo’lg’aysen,
Qalblarni topguvchi g’amxor bo’lgaysen,
Alloh roziligin topay desang, do’st!
El birla adabda hushyor bo’lgaysen
Fiqhshunos olimning e’tiqod va maslak masalalari borasida elni hushyorlikka chaqirishi jamiyatdagi turli diniy va mafkuraviy tahdidlar ortgan hozirgi davrda ham dolzarblik kasb etadi. Demak, e’tiqod va maslakda hushyorlik asl musulmonlikning muhum talablaridan bo’lgan.
O’rta Osiyoning yana bir mashhur sufiylaridan Xoja Bahouddin Balogardon nomi bilan tanilgan Bahouddin Naqshband ham tasavvuf ta’limoti doirasida insonni bag’rikenglikka chaqirgan. Mazkur tariqatning to’rtinchi rahshalaridan biri “Xilvat dar anjuman” deb atalib, tashqi tomondan xalq bilan birga bo’lish, ichki tomondan esa Haq bilan birga bo’lish g’oyasini ilgari surgan. Bahouddin Naqshbandning: “Izo hayyotum bi-tahiyyatin fa-hayyuv bi-ahsani minho”ya’ni “Agar bir odam sizda salom va duo qilsa, siz undan yaxshiroq salom va duo qiling”- degan so’zlari bunga misoldir. “Iymon nima?!” degan savolga Hoja Bahouddin “insonlarga zarar keltirishi mumkin bo’lgan barcha narsalardan o’zini asrash – iymondir”, deb javob beradi.
Buyuk xamsanavis shoir Amir Xusrav Dehlaviy o’z hikmatlarida bag’rikenglik tamoyillariga ham to’xtaladi. U insonsevarlik va adolatparvarlik mezonlarini inson hayotining bosh mazmuniga aylantira olganligi bilan qadrlidir. Shu bois shoir g’oyalari hozirgacha o’z asl mohiyatini yo’qotmagan. Amir Xusrav O’rta asrlar musulmon va hind madaniyatlari, urf-odatlarini uzviy holda anglaydi. Ularni bir-biridan ajratmaydi. Balki dinlar va madaniyatlarni dunyo rang-barangligi sifatida qabul qiladi.
Darhaqiqat, Amir Xusrav musulmon va hind madaniyatlari rivojiga ulkan hissa qo’shgan insoniyat tarixining buyuk gumanistlaridan biridir. Amir Xusravning zamonaviyligi uning ijod mahsulidan bugungi davr kishilari ham o’z tafakkuri va xis-tuyg’ulariga monand fikr, tushuncha, o’y va ma’naviy izlanishlarni topa olishi bilan xarakterlanadi. Xususan, shoir pok bo’lish, o’z niyat va amallarida yaxshilikka rioya etish haqida shunday deydi:
Pokroq bo’lg’il osmon qatrasidan ham,
Pokroq bo’lg’il oftob zarrasidan ham.
“Amir Xusrav o’z murakkab dunyoqarashi hududlarida mutaassiblikka tamoman zid bo’lib, inson ulug’ligini uning e’tiqodi, dini, millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar tan olgan va sevgan hamda Allohning cheksiz ko’rinishlaridan eng oliysi deb bilgan. U e’tiqodlilarni ham, dahriylarni ham, yaxshilarni ham, yomonlarni ham, do’stlarni ham, dushmanlarni ham – barcha-barchani borligi, mavjudligi, yaratgan ne’mati sifatida e’zozlaydi”. Shoir boshqalarga nisbatan yomonlikni ravo ko’rish oxir-oqibat jazolanishini ta’kidlaydi:
Kimki yomon ishni ko’rarkan ravo,
O’zin qilmishidan topadi jazo .
Shoir insonga muhabbat, insonsevarlik va uning mavjudligini borliq va hayotning ulug’ ne’mati, uning bosh mazmuni deb biladi. Shoirning fikricha, barcha odamlar, ularning dini, irqi, millati, e’tiqodidan qat’iy nazar, parvardigor bandalari sifatida tan olinishi lozim. Shoir uchun inson ruhiyatidagi erk tushunchasi muhim. Shu bois, Xusrav Dehlaviy inson ichki dunyosining ma’naviy yetukligi, uning butunligi, inson va uning qalbi yaxlitligi kuychisi sifatida namoyon bo’ladi.
IX asrning buyuk mashoyixlaridan biri Abu Zakriyo Yahyo binni Maoz shunday deydi: “ Debdur: mo’minning sandin uch nimarsa naf’i bo’lg’ay: avval ulki, manfaat yetkurgaysen, agar manfaat yetkuromasang, bori zarar ham yetkurmagaysen; ikkinchi agar xushvaqtlik qila olmasang, bori bedumog’ va hamgin qilmag’aysen; uchinchi mo’minni sitoyish qilolmasang, bori yamon ham deb g’iybat qilmag’il”.
Tarix fanlari doktori, Rossiya FAning antropologiya va etnologiya instituti direktori Valeriy Tishkov shunday deydi: “Tolerantlik – men uchun madaniyati boshqa, madaniyati o’zgalarga bo’lgan qiziqish, hurmat va hamdardlikdir. Bir misol keltiraman. Tolerantlik “sabr” va “bag’rikenglikdan” nimasi bilan farq qilishi borasida. Sabrli, bag’rikengli munosabat, bu mening cherkovim yonida, musulmonlar machiti va yahudiylarning sinagogasi ketma-ket joylashsa-yu, bu meni azoblamasa, bu sabrli munosabatdir, ammo hali tolerantlik emas. Tolerantlik, men, ya’ni xristian bilan yahudiy birlashib, musulmon machitining qurilishiga hashar bilan yordam bersak, ana shu chin tolerantlik bo’ladi. Tolerantlik, o’zga mazmunini o’zinikidek qabul qila olish falsafasidir”9
Tolerantlik tushunchasi qadimdanoq birovlarni o’zidek bilish, o’zgalarga ozor yetkazmaslik, o’zgalar xis-tuyg’ulariga quloq tutish va diqqat etish, o’zgalarni anglashga sayi-harakat aqidalari asosiga qurilgan. Turli dinlar tarkibida xuddi ana g’oyalarning qanday talqin qilinganligi barcha mavjud dinlar tarkibida tolerantlik tushunchalarining ildizlari mavjudligini isbot etadi









1

Buddaviylik

“Inson o’zining qarindoshlari, yoru-birodarlariga bo’lgan munosabatini besh vosita orqali izhor etishi mumkin: ularga e’zozli, e’tiborli, mehrli, xayrixoh, o’ziga qaragandek qarash va o’z so’zi ustidan chiqish”.






2

Konfusianlik

“Boshqalardan o’zingga qanday munosabatni istasang, o’shalarga shuni ravo ko’r”.




3

Induizm:

“O’zingni og’ritgan narsalarni birovga ravo ko’rma”.




4

Islom

“Sizlardan hech biringiz o’z birodaringizni o’zingizdek ardoqlamagunicha musulmon bo’la olmaydi”.



5

Jaynizm

“Va baxtsiz onlarda, xursandlik va g’amginlikda biz har bir jonzotga o’zimizga bo’lgani kabi munosabatda bo’lmog’imiz darkor”.





6

Iudaizm

“O’zingga yomon bo’lgan narsalarni o’z yaqinlaringga qilma”





7

Zoroastrizm

“O’ziga yomon bo’lgan narsalarni birovlarga ravo ko’rmagan odamgina yaxshi odam bo’ladi”.





8

Xristianlik

“O’zingizga qanday munosabatni istasangiz, o’shanday munosabatni o’zgalarga ham istang”.





Shunday qilib, ma’naviy va diniy bag’rikenglik aqidalari va tolerantlik tamoyillari Sharq mutafakkirarining islom madaniyati tarkibidagi falsafa, fiqh,san’at, tarix, adabiyot kabi ilmlar doirasida rivojlantirilgan, targ’ib va tashviq etilgan, inson tarbiyasi va komilligining muhim jihatlaridan deb sanalgan.




Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish