21-Mavzu: Avtomobilning xarakatlanish tenglamasi. Tenglamani yechish usullari. Avtomobilning tezlanishi. Reja



Download 0,7 Mb.
bet2/5
Sana10.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#770682
1   2   3   4   5
Bog'liq
3.1 Avtomobilning xarakatlanish tenglamasi

2. Inertsiya kuchi.
2.1.Avtomobilning tezlanishiga bo’lgan qarshilik (inertsiya kuchi).
Avtomobil ikki xil massadan iborat; ilgarilama harakatlanuvchi kuzov, kabina, yuk va aylanib harakatlanuvchi g’ildirak, tirsakli val, maxovik, shesternya, vallar. SHuning uchun, avtomobil yo’lda o’zgaruvchan harakat qilayotganda uning inertsiya Rj kuchi ilgarilama va aylanma harakatlanuvchi massalar ta’sirida bo’ladi.
Kuchlardan tashqari, avtomobilning oldingi va orqa g’ildiraklarining g’ildirashiga qarshilik momentlari hamda g’ildiraklarning inertsiya momentlari ta’sir qiladi.
Kuchlar va momentlar ta’sirida hosil bo’lgan inertsiya Rj kuchi avtomobilning og’irlik markaziga ta’sir etib, avtomobilni tezlanishiga qarshilik qiladi va yo’nalishi avtomobilning harakat yo’nalishiga teskari yo’nalgan bo’ladi. Avtomobilga ta’sir etuvchi inertsiya kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
, H (5.2)
bu yerda, g-jismning erkin tushish tezlanishi, g=9,81,m/s2;
ayl–aylaniuvchi massalarning inertsiya kuchlari va inertsiya momentlarini e’tiborga oluvchi koeffitsient;
j avtomobilning tezlanishi, ms2.


Aylanuvchi massalarni e’tiborga oluvchi ayl koeffitsient quyidagi emprik ifoda bilan aniqlanadi:
(5.3)
bu yerda, Uu.q-uzatmalar qutisining uzatish soni. Avtomobilning quvib o’tishda avtomobil tezlanishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


, m/s2 (5.4)
2.2. Reaktiv kuchlar
Avtomobil yurmasdan tinch turgan payida unga tashqi qarshilik kuchlari ta’sir etmaydi, faqat avtomobilning og’irligi Ga ta’sirida oldingi va orqa g’ildiraklarda reaktsiya kuchlari R1 va R2 hosil bo’ladi (21.2-rasm):
Avtomobilning oldingi va keyingi o’qlariga nisbatan kuchlardan hosil bo’lgan momentlar muvozanati shartidan quyidagilarni yozamiz:
oldingi o’qqa nisbatan momentlar:
- bundan, , N orqa o’qqa nisbatan momentlar
bundan, , N
bu yerda, L-oldingi va orqa g’ildiraklar orasidagi masofa (avtomobil bazasi), m.
a-oldingi g’ildirak o’qidan og’irlik markazigacha bo’lgan masofa, m.
; (5.5)
v-og’irlik markazidan orqa g’ildirak o’qigacha bo’lgan masofa, m.
; (5.6)

21.2-rasm. Gorizontal yo’lda harakatsiz turgan avtomobilga ta’sir qiluvchi og’irlik va reaktsiya kuchlari.
Avtomobil hamma ichki va tashqi kuch hamda momentlar ta’sirida balandlikka harakatlanganda g’ildiraklarga ta’sir etuvchi yo’lning normal reaktsiyalari R1, R2 avtomobilga ta’sir etuvchi kuch va momentlar ta’sirida o’zgaradi, ya’ni:




bu yerda, hw, hg,-shamol va inertsiya kuchining ta’sir balandligi, m;
MjF -hamma g’ildiraklarning inertsiya momentlari, N.

Oldingi g’ildirakdagi reaktsiya kamayadi, orqa g’ildirakdagisi esa yo’lning og’ish burchagi , avtomobil tezlanishi va qarshilik kuchlarining oshishi bilan ko’payadi.
Og’irlik kuchining oldingi va orqa o’qlarga tushgan og’irliklari G1 va G2 ga nisbatan necha marta kattaligini og’irlikni taqsimlanish koeffitsientlari orqali quyidagicha aniqlanadi:
(5.7) (5.8)
Bu koeffitsientlarning qiymatlari quyidagicha:
oldingi o’q uchun......m10,55-0,7;
orqa o’q uchun............m21,2-1,35.

3. Aylanib harakatlanuvchi massalar inertsiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient, tenglamani yechish usullari


Aylanib harakatlanuvchi massalar koeffitsienti. Har bir uzatma uchun quyidagicha aniqlanadi:
(5.9)



21.3-rasm. Avtomobillarning tezlanish tavsifi

bu yerda Uu.k uzatmalar qutisining uzatish soni. Dinamik Da omil har bir uzatmaning 8-10 tezlik qiymati uchun aniqlanganligi sababli, har bir uzatma uchun tezlanishning ham shuncha qiymatini aniqlanadi 21.3-rasm. Tezlanish o’lchamlariga tezlik vaqt va yo’l kiradi. Avtomobilning tezligi, yurgan yo’li va vaqtining maxsus mexanizmlar yordamida aniqlanadi.


4. Tortish va quvvat balansi grafigi.


Quvvatlar balansi (4.10) tenglamasining grafik usulda yechish uchun avtomobilni biror uzatmada harakatlanayotgan holi uchun ko’rib chiqamiz.
Dvigatelning tashqi tezlik tavsifnomasi grafigidan foydalanib Ne grafigini chizamiz, agar Ne qiymatdan kuch uzatmadagi qarshiliklarni yengishga sarflangan quvvat Nku ni ayrilsa, ya’ni bo’lsa yetakchi g’ildirakdagi quvvat NT kelib chiqadi. Yuqoridagi tenglamaning o’ng tomonidagi quvvatlar grafikda

chiziqlar bilan ifodalanadi. Nf, N va Nw grafiklarni chizishda ya’ni o’zgarmas deb faraz qilinadi. SHuning uchun bu chiziqlar to’g’ri chiziqlardan iborat bo’ladi (21.4-rasm).

21.4-rasm. Avtomobilning quvvatlar muvozanati va uni yechilishi.


Grafikdagi Ne –dvigatelning samaradorli quvvati, kVt, NT – avtomobilning yetakchi g’ildiragidagi tortish quvvati, kVt.
Avtomobilning har bir tezligida dvigatel quvvatinig taqsimlanishining aniq tasavvur qilish uchun quvvat muvozanati tenglamasini grafik usulda yechamiz.
Dvigatelning quvvati Ne va barcha qarshiliklarni yengish uchun sarf bo’layotgan quvvatlarni avtomobilning ihtiyoriy uzatmasidagi tezligini dvigatel tirsakli valining aylanishlar soni bilan bog’lash maqsadida rasmdagi abtsissa o’qiga ikkita ko’rsatkich (tezlik V, aylanishlar soni n)ni joylashtiriladi. Ordinata o’qiga esa, quvvatlar qiymatini joylashtiriladi.
Ihtiyoriy V1 tezlikdan yuqoriga tik chiziq chizib quvvat chiziqlari bilan kesishgan nuqtani aniqlaymiz.
Grafikdan ko’rinib turibdiki, yetakchi g’ildirakga keltirilgan quvvat bilan shamol kuchini yengishga sarflangan quvvatlar ayirmasi quvvatning sarflanmagan qismi bo’ladi, va u Ns bilan belgilanadi.
Quvvatning sarflanmagan qismi yo’lning qarshiligini yengib avtomobil tezlanishini oshirish uchun sarflanadi. NT bilan N chiziqlarning kesishgan A nuqtasida avtomobil eng katta tezlikka ega bo’ladi.
Grafikdan foydalanib yetakchi g’ildirakka keltirilgan quvvat , kVt va yo’l qarshiliklarini yengish uchun sarflangan quvvat , kVt aniqlanadi.
Kesishgan nuqtalardan foydalanib quvvatlar muvozanatidagi quvvatlarning qiymatini, avtomobilning istalgan tezligi Va1 yoki tirsakli valning istalgan aylanishlar soni uchun quyidagicha aniqalanadi:

va
A nuqtadan o’ng tomondagi tezlik har doim sekinlashadi, chunki, yo’l qarshiligi yetakchi g’ildirakka keltirilgan tortish quvvatidan katta bo’ladi ya’ni:

A nuqtadan chap tomondagi barcha tezliklarda sarflanmaydigan ortiqcha quvvat mavjud bo’lib, tortish uchun sarflangan quvvat yo’l qarshiligini yengish chun sarflangan quvvatdan katta bo’ladi ya’ni:



Bu quvvat avtomobilga tezlanish berishga intiladi. SHuning uchun sarflanmagan ortiqcha quvvat (Ns)dan avtomobilni quvib harakatlanishi uchun foydalaniladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish