© 2023 Toshkent moliya inisituti
Islom qimatli qog’ozlar bozori.
Tuzuvchi:Tursunboyev Anvarjon
learn more
© 2021 Conquero ~ Template all rights reserved
Islom taraqiyyot banki haqida:
Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti boʻlib, 1973 yilning 18 dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari moliya vazirlari yigʻilishining qaroriga koʻra taʼsis etilgan va 1975 yil oktyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan (2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik yigʻilishida Bank faoliyat boshlaganining 40 yilligi (hijriy hisob boʻyicha) nishonlandi).IHT aʼzosi boʻlgan har bir mamlakat ITB aʼzosi boʻlish huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning aʼzolari 22 ta musulmon davlatidan iborat boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib ITBga ishtirokchi aʼzo davlatlar soni 57 taga yetgan. Oʻzbekiston 2003 yildan beri ITBning aʼzosidir.
Saudiya Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, BAA, Qatar, Misr, Quvayt va Turkiya.ITBning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning hududiy vakolatxonalari 1994 yili Rabot shahrida (Marokash), huddi oʻsha yili Kuala-Lumpur shahrida (Malayziya), 1997 yili Olma-Ota shahrida (Qozogʻiston), hamda 2008 yili Dakar (Senegal)da ochilgan. Shuningdek, ITBning Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va Nigeriyada ham vakolatxonalari bor.
Bankning asosiy hissadorlari:
Islom taraqiyot bankining asosiy vazifasi aʼzo-mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashdir.
Learn More
© 2021 Conquero ~ Template all rights reserved
Islom taraqiyot bankining asosiy vazifasi aʼzo-mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq boʻlgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashdir.
Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
- Islom taraqqiyot banki – IsDB
- Xususiy tarmoqni rivojlantirish buyicha islom korporatsiyasi – ICD.
- Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi – ICIYES
- Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi – ITFC;
- Tadqiqotlar va treninglar islom instituti – IRTI.
Islom moliyasi bozorida islomiy banklardan keyin keng va tezkor rivojlanayotgan moliyaviy sektor – sukuk qimmatli qog‘ozlaridir. 2021 yil yakunlariga ko‘ra Islom moliyasining global aktivlari yillik o‘rtacha 13% o‘sish bilan 3,374 trln dollarga yetdi, shundan 767 mlrd dollari amaldagi sukuk qimmatli qog‘ozlari bozoriga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, jahonda sukuk moliyaviy sektori 2027 yilga borib o‘rtacha yillik 17% o‘sish bilan 1,98 trln AQSh dollariga yetadi. Sukuk orqali yirik loyihalarni, sanoat va biznesni moliyalashtirish fors ko‘rfazi davlatlari va Janubiy Osiyo davlatlarida tobora muhim vositaga aylanib bormoqda.
JJahon tajribasi sukuk orqali ko‘plab yirik loyihalar, xususan aviatsiya va yashil iqtisodiyotni faol moliyalashtirish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Sukukni joriy etish aholi qo‘lidagi bo‘sh mablag‘lardan samarali foydalanish, moliyaviy muammolar sabab to‘xtab turgan loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis Iskandar Tursunov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida shu haqda so‘z yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |