2022-yil uchun soliq siyosati va stavkalari. Nimalar o‘zgardi?



Download 81,03 Kb.
bet6/6
Sana06.04.2023
Hajmi81,03 Kb.
#925483
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 yil soliq stavkalari

Boshqa o‘zgarishlar
2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinmoqda:

  • “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi doirasida alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan yig‘im;

  • avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilmoqda.
2022-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi berilmoqda.
Kechiktirilgan soliqlar summasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlar qiymatidan va (yoki) maydonidan kelib chiqib hisoblangan soliqlar miqdorida belgilanadi.
2022 -il 1-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-son qarori bilan berilgan soliq imtiyozlari muddati tugamoqda.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarni qo‘llashga haqli bo‘ladilar:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

  • tibbiyot xizmatlarini (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani ozod qilish (243-modda);

  • dori vositalari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, dori vositalarini, tibbiyot mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyoni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ozod qilish (246-modda);

  • o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarni olib kirishni ozod qilish (246-modda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori);

  • foyda solig‘i bo‘yicha – nol darajali stavka belgilangan (kosmetologik xizmatlar tibbiyot muassasalaridan tashqari) (337-modda);mol-mulk solig‘i – sog‘liqni saqlash obyektlari ozod qilinishi (414-modda);

  • yer solig‘i bo‘yicha – sog‘liqni saqlash obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari ozod qilinishi (428-modda).

Shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, soliq organlariga o‘z vaqtida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinmoqda.
Mavzuga doir:

  • O‘zbekistonda 2022-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun minimal stavkalar belgilandi

  • O‘zbekistonda farzandi xususiy bog‘cha va maktablarga boradigan fuqarolarga soliq imtiyozi beriladi

  • O‘zbekistonda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i kamaytirildi

Download 81,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish