demokratik harakat-larni bostirish edi. 60- yillaming
oxirida Prussiya Janubiy
German davlatlarini o'z tomoniga og'dirib olishga, Avstriya-Vengriyani va chor
Rossiyasini betaraf qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Shunday qilib, har ikki tomon -
Fransiya ham, Prussiya ham umshga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda
edi. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi Fransiya va Prussiya hukumatlari
o'r-tasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish
masalasida janjal chiqdi. Muzokaralar davomida Bismark Prussiya qiroli xatiga
o'zgartirishlar kiritib, Fransiya hukumatini atay-lab haqorat qildi (Bu tarixda "Ems
depeshasi" deyiladi). Uning maqsadi shunday ig'vo bilan Fransiyani urush
boshlashga majbur qilish edi. Bismark muddaosiga erishdi. 1870- yil 19-
iyulda
Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. Bismark urushni shunday ustalik bilan
boshlab yubordiki, german xalqi nazarida Fransiya hujum qilgan davlat bo'lib qoldi.
Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi dastlabki kunlarda nemislar uchun milliy-
ozodlik urushi edi. Fransiya hukumati urush boshlaganida o'z kuchlarini yetarli
hisobga olmagan edi. Armiyada yagona rahbarlik yo'q edi. Qo'shin kerakli harbiy
anjomlar bilan ta'minlanmagan, hatto urush harakatlarining xaritalari ham yetishmas
edi. Urushning birinchi kunlaridanoq Prussiya armiyasining ustunligi ma'lum bo'ldi.
Prusslar o'z qo'shinlarini fransuz-larga qaraganda tezroq safarbar qilib, chegaraga
oldinroq keltirib qo'ygandilar. Fransuz qo'shinlari mag'lubiyatga uchray boshladi.
Prusslar 160 ming kishilik qo'shin bilan fransuz armiyalaridan birini (100 ming
kishi) Mes qal'asida, 140 ming kishilik armiya bilan Fransiya imperatorining o'zi
ham bo'lgan 90 ming kishilik ikkinchi qo'shinni esa Sedan qal'asi yoni-da qurshab
oldilar. 1870- yil 2- sentabrdagi jangda Mak-Ma-gon rahbarligidagi fransuz armiyasi
mag'lub bo'lib, Sedan qal'asi qamalda qoldi. Garchi Mes qal'asi hali taslim bo'lma-
sada, Napoleon III vahimaga tushib, Sedan qal'asidagi markaziy minora ustida oq
bayroq ko'tarishni buyurdi. Fransiya armiyasi 3 ming kishini talafot berib, imperator
boshliq 82
ming askar, ofitser va generallari bilan nemislarga taslim bo'ldi. Bu
sharmandali holat amalda Ikkinchi imperiya hokimiyatining tugatilishi edi. 1870-
yil 4- sentabr -davlat to'ntarishi Sedan halokati to'g'risidagi xabar Parijning hukumat
va parlament doiralari ga 2- sentabr kechqurun yetib bordi.Lekin yuz bergan
mudhish haqiqatnieshitgan Parij xalqi 3- sentabrda g'alayon ko'tardi. Ko'chalarda
namoyishlar boshlanib ketdi, xalq harakatining tashabbuskorlari blankichilat*
bo'ldilar. 4- sentabr ertalabdan boshlab poytaxt mehnatkashlari ko'chalarga chiqib,
Respublika tuzishni talab qildilar. Namoyishchilar qonun chiqaruvchi korpusning
majlislar zali-ga bostirib kirdilar. General Troshyu
boshchiligida yangi hukumat
tuzilib, L. Gambetta Ichki ishlar vaziri, J. Favr Tashqi ishlar vaziri lavozimini
egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: