Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840 yil)
Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini
uning noibi deb tan olishga majbur
boʻlgan.
Ammo Buxoro
–
Qoʻqon
munosabatlari
bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad
Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan
xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon
-toroj qiladi. U shu
qirgʻin
-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi
Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan
Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon
xonligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar
qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga
sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar
va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni
eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish
uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning
Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur
boʻlgan.
Natijada
qoʻldan
ketgan
koʻpgina
hududlar
(Xoʻjand,
Toshkent) yana
Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi.
Sheralixonning (1842
–
45) taxtga
oʻtirishida
koʻmakchi
va
xayrixoh
boʻlgan
qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan,
harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq
yigitlari bilan
toʻldirgan.
Musulmonqul
oʻz
mavqeidan foydalanib, Sheralixonga
oʻz
taʼsirini
oʻtkazishga
intilgan. Ammo xon bunga
yoʻl
qoʻymaslikka
intiladi.
Musulmonqul xondan norozi
boʻlib,
boshqalarning
qoʻli
bilan suiqasd uyushtirishga
harakat qilgan. 1845 yil
Oʻshda
xonning soliq siyosatiga qarshi
qoʻzgʻo
-lon
boshlanadi. Musulmonqul
qoʻzgʻo
-lonni
bostirishga ketganida, uning sheriklari
Olimxonning
oʻgʻli
murodbekni
Qoʻqonga
taklif qilib taxtga
oʻtqazganlar.
Sheralixon
oʻldirilgan.
Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon
oʻzini
Buxoro
amirining noibi deb tan olishga majbur
boʻlgan.
Musulmon-qulni
mingboshi
lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning
Qoʻqonga qaytishini talab
qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli
Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi
-rib,
yoʻsh
Xudoyorni xon deb
eʼlon
qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning
yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta
lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik
hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan
boʻshatiladi.
Musulmonqul
oʻz
mavqeini tiklamoqchi
boʻlib,
ruslar
bilan aloqa
oʻrnatishga
intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy
uchrashadi. Musulmonqulning rus
qoʻmondoni
vakili bilan uchrashgani va
hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz
zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab
Qoʻrboshi,
Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar)
qipchoqlardan qutulish
yoʻlini
axtarib Xudoyorxonni
oʻzlari
tarafga
ogʻdirib,
1853 yil qipchoqlar
qirgʻinini
boshlab
yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.
Biroq Qo'qon xonligida
oʻzaro
taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy
amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz
chiqqan (qarang Yoqubbek). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan
(1852
–62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862–
63 yilda Shohmu-rodxon,
1863 yil may-iyunda yana xudoyorxon, 1863 yil iyul
–
1865 yillarda Mallaxonning
oʻgʻli
Sulton Sayidxon
xon boʻlgan).
Do'stlaringiz bilan baham: